3.
Yangi mavzuning bayoni. 0‘qituvchi o‘tilgan awalgi mavzuni xulosalaydi. Moddaning
molekulalardan, molekulalar atomlardan tashkil topganligini yana bir bor ta’kidlaydi. So'ngra
yangi mavzuni bayon etishni boshlaydi. Bunda «molekula» so‘zining ma’nosini tushuntirib
beradi.
«Molekula» lotincha «moles» - «kichik massa» ma’nosini anglatadi.
Shundan so‘ng darslikdagi 6- rasm tushuntiriladi.Molekulalaming o‘lchami esa 7- rasmga
asosan tushuntiriladi. Aniq o‘lchashlarga ko‘ra, molekulalaming o'lchami 10‘
t0
- 1£H m tartibda
bo‘ladi.
Molekulalar konsentratsiyasi deb, hajm birligidagi molekulalar soniga aytiladi van harfi
bilan belgilanadi. Bunda n= N/V. Uning asosiy birligi 1/m
3
= nr
3
. Undan tashqari, srrr
3
va dm
3
kabi birliklarda ham o‘lchanadi.
Molekulalar massasini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: m
0
= m/N yoki m
0
=
(1000 kg/m
3
)/(3,7*10
28
nr
3
) »2,7*10'
26
kg.
Darslikda keltirilgan massaning atom birligi, uning qiymati, molekular massa haqida batafsil
ma’lumotlar beriladi.
Odatda o‘quvchilar molekular massa va atom massani tushunishlari qiyinroq bo‘ladi.
Shuning uchun bu tushunchalami misollar orqali oddiy ravishda tushuntirish tavsiya etiladi. Bu
tushunchalami anglab olishlari uchun o‘quvchilarga qo‘shimcha ravishda azot (N
2
), osh tuzi
(NaCl) kabi moddalaming molekular massasini aniqlash topshirig‘ini berish mumkin.
Darslikda berilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda molekulalar mavjud ekanligining
isbotiga oid quyidagilami ham bayon etish tavsiya etiladi:
Atom va molekulalar borligining garchi bilvosita boisa ham birinchi ishonchli isbotini ingliz
olimi D.Dalton bergan. Dalton doimiy nisbatlar qonunini topgan. Bu qonunga muvofiq har
qanday kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishida reaksiyaga kirishuvchi moddalaming massalari
tayinli bir nisbatda bo‘ladi. Masalan, vodorod va kisloroddan suv hosil bo‘lishida reaksiyaga
kirishgan vodorod va kislorod gazlari massalarining nisbati hamisha 1:8 ga teng. Bu faktni
tushunish uchun suvning nihoyatda mayda zarrasi, ya’ni suv molekulasi hosil bo‘lishida
vodorodning tayinli bir miqdordagi atomlari kislorodning tayinli miqdordagi atomlari bilan
qo‘shiladi, deb faraz qilishga to‘g‘ri keladi. Suv molekulasi vodorodning ikki atomi va
kislorodning bir atomidan iborat. Shuning uchun suv hosil bo‘lishida vodorod va kislorod
massalarining nisbati vodorod atomi ikkilangan massasining kislorod atomi massasiga nisbatiga
teng. Hech qanday sharoitda bu nisbat o‘zgara olmaydi.
XX asrda atom va molekulalarning o‘lchamlari mukammal asboblar ishlatilib, turli usullar
bilan bevosita o‘lchangan. Alohida atomlar tasvirini hosil qilishga va ulaming o‘lchamlarini
baholashga imkon beradigan ionli mikroskopni ko‘rib chiqaylik.
Bu asbob radiusi 10 sm chamasida bo‘lgan sferik shisha idishdan va volfram ninadan iborat.
Volfram ninaning uchi idishning markaziga to‘g‘ri keladi. Nina uchining egrilik radiusi
metallarga ishlov berishning hozirgi zamon texnikasi imkon beradigan darajada kichik qilib,
ya’ni 5x10
-6
sm chamasida qilib ishlanadi.Sferaning ichki yuziga elektr o‘tkazadigan yupqa
parda qoplanadi.Bu parda, televizion trubka ekraniga o‘xshab, tez harakatlanuvchi zarralar zarbi
ta’siridan yorug‘lik chiqaradi.Musbat zaryadlangan uch (ninaning uchi) bilan manfiy
zaryadlangan yupqa parda o‘rtasida bir necha yuz voltli kuchlanish hosil qilinadi. Shisha idish
ichidagi havo so‘rib olinib, vakuum hosil qilinadi va unga geliy qamaladi.
Nina uchidagi volfram atomlari mikroskopik «g‘adir-budurliklar» hosil qiladi. Geliyning
xaotik (tartibsiz) harakat qilib yurgan atomlari volfram atomlariga yaqinlashganda nina uchidagi
atomlar yaqinida, ayniqsa, kuchli bo‘lgan elektr maydon geliy atomlaridan elektronlarini yulib
olib, bu atomlami ionga aylantiradi. Geliy ionlari ninaning musbat zaryadli uchidan itariladi va
sferaning radiuslari bo‘ylab katta tezlik bilan harakat qiladi. Bu ionlar sfera yuziga uiilib, undan
yorug‘lik chiqaradi. Buning natijasida nina uchidagi volframning alohida atomlari
joylashishining kattalashgan manzarasi shisha idish sirtida ekrandagi kabi ko‘rinadi.
www.hasanboy.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |