Uy vazifalarini tekshirish. O'qituvchi «Aqliy hujum» metodidan foydalanib uy vazifalarini tekshirish uchun o'quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar bilan murojaat qiladi:
Suyuqlik qanday xususiyatga ega?
Ho'llash va ho'llamaslikning farqi nimadan iborat?
Kapillar hodisasi qanday yuz beradi?
Sirt taranglik deb nimaga aytiladi?
Suyuqlikning ingichka nay bo'ylab ko'tarilish balandligi nimalarga bog'liq?
O'tilgan mavzular yuzasidan masalalar kartochkalarga yozib tarqatiladi. 3 nafar o'quvchi doskada yechib asoslab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |