Darsning borishi
Tashkiliy qism. Dars jihozlarini tayyorlash, uy vazifalarini tekshirish maqsadida foydalaniladigan «Aqliy hujum» metodidan foydalanishga hozirlik ko'rish.
Uy vazifasini tekshirish. O'qituvchi «Aqliy hujum» metodidan foydalanib uy vazifalarini tekshirish uchun o'quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar bilan murojaat qiladi:
Suyuqlik va qattiq jism molekulalari orasida qanday farq bor?
Sirt taranglik hodisasi qanday hosil bo'ladi?
Sirt taranglik kuchi nima?
Sirt taranglik kuchi formulasi qanday ifodalanadi?
Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsienti haqida nimalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |