Yangi mavzuni mustahkamlash.
O'tilgan mavzu yuzasidan quyidagi savollar asosida savol-javob o'tkaziladi:
Ideal gaz holat tenglamasi qanday ifodalanadi? Ularning 3 xil ko'rinishini yozib bering.
Universal gaz doimiysi nimani ifodalaydi?
Izojarayon deb nimaga aytiladi?
Izojarayonlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Mavzuga oid quyidagi masala birgalikda yechiladi:
Masala. Porshenli silindr ostidagi 1 l hajmli gaz izobar ravishda 273°C dan 0°C gacha sovitildi. Gaz sovitilganda qanday hajmni egallaydi?
Berilgan: p = const; V1 = 1 l. T1 = 273°C + 273 = 546 K;
T2 = 273°C + 273 = 546 K.
Topish kerak: V2 -?T
Formulasi: V1/T1=V2/T2=V1T2/T1
Yechilishi: V2 = 1· 273/546 l = 0,5 l.
Javob: V2 = 0,5 l.
8- mashqning 2-masalasi ham o'quvchilar bilan birgalikda yechiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |