1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi



Download 5,24 Mb.
bet3/217
Sana13.09.2021
Hajmi5,24 Mb.
#173718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
Bog'liq
@yosh ustozlar fizika 9 sinf konspekt

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. 0‘qituvchi o‘quvchilarga 9-sinfda fizika darslarida, jumladan, fizikaning «Molekular fizika va termodinamika» bo‘limida nimalar o‘rganilishi haqida ma’lumotlar beradi. Shundan so‘ng dars mavzusini o‘tishga tayyorgarlik ko‘radi.

  2. O’tilgan mavzuni eslash. 8-sinf materiali bo’yicha savol-javoblar o’tkaziladi.

  3. Yangi mavzuning bayoni. 0‘quvchilarga yangi mavzuni tushuntirishdan awal «muammoli» vaziyat hosil qilinadi. Ularga modda tuzilishining blok sxemasini 3 minut davomida chizib berish vazifasi topshiriladi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilaming chizganlarini to‘ldirib, quyidagi ko‘rinishdagi modda tuzilishining blok sxemasini chizadi va tahlil qilib beradi.





Shundan so‘ng o‘qituvchi modda tuzilishining molekular-kinetik nazariyasida asoslangan omillar tushuntiriladi.



  1. Moddalar zarralardan tashkil topgan.

  2. Zarralar xaotik harakat qiladi.

  3. Zarralar o‘zaro ta’sirlashadi.

0‘qituvchi darslikdagi 1- rasmda ko'rsatilgan tajribani o‘quvchilarga namoyish etib, uning mohiyatini o‘quvchilardan so‘rab umumlashtirib beradi.

Difiuziya hodisalari turli moddalarda sodir bo‘lishi hamda buning asosiy sababi moddalaming zarralardan tashkil topganligi, ular xaotik harakat qilishi va o‘zaro ta’sirlanishi buning isboti ekanligi tushuntiriladi.

Ingliz botanigi R.Broun 1827- yilda mikroskop orqali zarralarning to‘xtovsiz va tartibsiz harakatini kuzatgan. Zarralarning xaotik harakati R.Broun tomonidan kashf etilgani uchun u Broun harakati deb ataladi.

Broun harakatini Y. Perren mukammal o‘rganib chiqdi (Kodoskop orqali Broun harakati namoyish etiladi).

0‘qituvchi darslikda bayon etilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda Broun harakatini kuzatish va bunday harakatning sabablari haqida quyidagi- lami ham o‘quvchilarga havola qilish tavsiya etiladi.

Broun harakatini kuzatish uchun suvda erimaydigan gummigut bo‘yog‘ining zarralaridan foydalanish mumkin. Bu zarralar tinimsiz tartibsiz harakat qiladi. Temperatura ko‘tarilgan sari bu harakat yana-da jadallashadi.

Broun harakatini gazda ham kuzatish mumkin.Havoda muallaq holda yurgan chang yoki tutun zarralari xaotik harakat qiladi.

Hoziigi vaqtda «Broun harakati» tushunchasi kengroq ma’noda ishlatiladi.Masalan, sezgir o‘lchov asboblari strelkalarining titrashi Broun harakati hisoblanadi. Bu harakat asbob detallari atomlarining va atrofdagi muhit atomlarining issiqlik harakati tufayli yuz beradi.

Broun harakatining sabablarini molekular-kinetik nazariya asosidagina anglab yetish mumkin.Zarraning tartibsiz harakat qilishiga sabab shuki, molekulalaming zarraga beradigan zarblari bir-birini kompensatsiyalamaydi (darslikdagi 3- rasm). Molekulalar harakati xaotik bo£lgani sababli, ulaming Broun zarrasiga beradigan impulsi, masalan, o‘ngdan va chapdan beradigan impulslari bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun Broun zarrasining harakatini o‘zgartirishga sabab bo‘lgan natijalovchi bosim kuchi noldan farq qiladi.

0‘rtacha bosim gazda ham ma’lum qiymatga ega. Biroq hamisha o‘rtacha qiymatda arzimagan darajada bo‘lsa ham tasodifiy farqlar bo‘lib turadi. Jismning yuzi qanchalik kichik bo‘lsa, unga ta’sir qiluvchi bosim kuchining qiymati qiyosan shunchalik ko‘p o‘zgaradi. Masalan, zarra sirtining yuzi molekulaning bir necha diametri kattaligida bo‘lsa, unga molekula urilganda ta’sir etuvchi kuch noldan biror qiymatga qadar sakrab o'zgaradi.

Broun harakatining molekular-kinetik nazariyasini 1905-yiIda A.Eynshteyn yaratdi. Broun harakati nazariyasining yaratilishi va uni fransuz fizigi J.Perren eksperimentda tasdiq etishi natijasida molekular-kinetik nazariya uzil-kesil g‘alaba qozondi. Broun zarralari suyuqlik yoki gaz molekulalarining xaotik harakatida qatnashishi isbot etildi.



  1. Download 5,24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish