Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, test sinovi.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism - 2 minut.
O'tilgan mavzularni takrorlash - 15 minut.
Test sinovini o'tkazish - 20 minut.
Uyga vazifalar berish - 3 minut.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. Takrorlash uchun savollar tayyorlab qo'yiladi, test sinovini o'tkazishga tayyorgarlik ko'riladi.
O'tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida o'tilgan IV bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan xulosa va qonuniyatlar o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
Test sinovini o'tkazish. Kamida ikkita variantda tuzilgan 12 tadan test topshiriqlari o'quvchilarga beriladi va test sinovi o'tkaziladi.
Uy vazifalari.
17-18-§ larni takrorlash.
«IV bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o'quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni yechish ham uqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |