Bu qanday ishlaydi: Ketma-ketlik biror elementini olish uchun indekslardan foydalandik. Ketma-ketlikning birinchi elementini olsih uchun shoplist[0] dan faydalandik. Indeks manfiy bo’lishi ham mumkin. Oxirgi elementni olish uchun shoplist[-1], oxiridan bitta oldingi elementni olish uchun esa shoplist[-2] kabi ifodadan foydalandik.
Qirqim olish ham indekslashga o’xshaydi. Buning uchun kvadrat qavsda sonlar va ikki nuqtadan foydalaniladi. Birinchi son qirqim boshlanish pozitsiyasini bildiradi, ikkinchi son esa qirqim qayerda tugashini bildiradi.
Agar ikkinchi son tushirib qoldirilsa, python qirqimni ketma-ketlikning oxirida tugatadi.
8.5 To’plam To’plam – oddiy ob’yektlarning tartiblanmagan yig’indisi. To’plamlar yordamida tegishlilikni, bir to’plamni boshqa bir to’plamdan olinganligini tekshirish mumkin.
9.1 Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash. Shu paytgacha python bo’yicha darslarimizda keltirilgan dasturlar faqat funksiyalardan tashkil topgan edi. Ya’ni ma’lum bir ma’lumotlarni qayta ishlaydigan ifodalar blokidan iborat bo’ldi. Bu prosedura ko’rinishidagi dastrulash uslubi hisoblanadi. Dasturlarni tashkil qilishning boshqa ko’rinishi ham mavjud: ma’lumotlar va funksiyalarni bir ob’ekt ostiga jamlash. Bu dasturlashning ob’ektga yo’naltirilgan modeli hisoblanadi.
Klass va ob’yektlar – ob’yektga yo’naltirilgan dasturlashning ikkita asosiy aspekti. Klass yangi tur (тип) hosil qiladi, ob’ektlar esa klassning nusxasi hisoblanadi. Masalan, “int turidagi o’zgaruvchi” deganda, butun son qiymatlarni saqlovchi o’zgaruvchilar int klassining nusxasi – ob’yekti ekanligini tushunishimiz kerak.
Ob’yektlar ma’lumotlarni o’ziga tegishli bo’lgan o’zgaruvchilarda saqlaydi. Ob’ekt yoki klassga tegishli bo’lgan o’zgaruvchilar maydonlar deyiladi. Shu bilan birga ob’yektlar klasslarga tegishli bo’lgan funksiyalarni ham o’zlida jamlaydi. Bunday funksiyalar klass metodlari deb ataladi. Maydon va metodlarni umumiy qilib klass attributlari deb atash mumkin.
Maydonlar ikki turda bo’ladi: ular aloxida ob’yektga tegishli bo’lishi mumkin yoki butun bir klassga tegishlik bo’lishi mumkin. Ular o’z navbatida ob’yekt o’zgaruvchilari va klass o’zgaruvchilari deb nomlanadi.
Klasslar class kalit so’zi bilan xosil qilinadi.