1-dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf 6 «A» 6 «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Download 1,44 Mb.
bet32/34
Sana07.02.2020
Hajmi1,44 Mb.
#39001
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi


Uzun tunlar yotib jim.

Ostiga chizilgan ravishlarning ma`no turini aniqlang.

A) Betinim- miqdor-daraja ravishi; jim-holat ravishi B) Betinim- payt ravishi; jim- holat ravishi

C) Ikkovi ham holat ravishi D) Ikkovi ham miqdor-daraja ravishi

7. Shu payt uydan – yotog`imizdan bolalar ham birin-ketin ko`zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. Ushbu gapdagi ravishlarning miqdori va ma`no turini aniqlang.

A) uchta; payt, holat, o`rin ravishlari B) to`rtta; payt, o`rin, holat ravishlari

C) beshta; payt, holat o`rin ravishlari D) beshta; payt, o`rin ravishlari

8. Qaddini rostlab, eshikni uzoq taqillatdi.

Ushbu gapdagi ravishning ma`no turini aniqlang.

A) Holat ravishi B) Miqdor-daraja ravishli C) Payt ravishi D) O`rin ravishi



9. Ravishlarning ma’no jihatdan qaysi turi o`zbek tilida nisbatan kam?

A) Miqdor-daraja ravishi B) Holat ravishi C) Maqsad–sabab ravishi D) Payt ravishi



10. 1. Bunisi nari ketdi, unisi beri keldi.

2. Odilsher nari-beri ovqatlandi-yu, ko`chaga otildi.

3. Stullarni nari-beri qilish uchun 15 daqiqa vaqt ketdi.

Ostiga chizilgan so`zlar ravishning qaysi ma`no turiga mansub?

A) 1- o`rin ravishi; 2-holat ravishi; 3-payt ravishi B) 1-, 2- holat ravishi; 3-o`rin ravishi

C) 1-, 3- o`rin ravishi; 2- holat ravishi D) 1-, 3- o`rin ravishi; 2- miqdor-daraja ravishi

11. Mehmondorchilik tugagach, uzundan-uzun duo qilib o`nidan turibdi.

Ravishning ma`no turini aniqlang?

A) Payt ravishi B) Holat ravishi C) Miqdor-daraja ravishi D) O`rin ravishi



12. –an qo`shimchasi qanday so`zlardan ravish yasaydi?

A) Arab tilidan o`zlashgan so`zlardan

B) Fors- tojik tilidan o`zlashgan so`zlardan

C) Sof o`zbekcha so`zlardan

D) –an qo`simchali so`zlar yaxlitlanib, bugungi kunda ma`noli qismlarga ajralmaydi

13. Ataylab, atayin, noiloj, noilojlikdan, jo`rttaga, qasddan so`zlari ravishning qaysi ma`no turiga mansub?

A) Holat ravishi B) Maqsad–sabab ravishi C) Miqdor-daraja ravishi D) Payt ravishi


14. Kunduzi o`ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan.

Ushbu gapda qanday ravish turi qatnashmagan?

A) Holat ravishi B) O`rin ravishi C) Payt ravishi D) Miqdor-daraja ravishi



15. Ravishni toping.

A) Pak-pakana bo’yi bor, yetti qavat to’ni bor. B) G’ulomjonning oppoq yuzi issiqdan qizargan edi.

C) Mana, begim, falokat! Bo’ron boshladi, - dedi yamshik. D) Vodiylarni yayov kezganda …

16. Sabab ravishini toping.

A) Mana shu mablag’ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak.

B) U qah-qah urib yuborilishidan o’zini arang tiyib, ko’zlarini suzdi.

C) U esa hamon o’sha qo’rqoqligi tufayli kechalari ko’chaga chiqmasdi. D) Hayrulla bu shratga noiloj ko’ndi.



17. Maqsad ravishini toping.

A) Men sizni olib ketgani keldim. B) Ovozingizni eshitish umidi bilan ataylab kelgan edim.

C) Umringga yuz bahor zamondosh bo’lsin. D) Feruza bilan Shahnoza Azizani o’ynatmoqchi bo’lib kelishgan edi.

18. Quyidagi gaplarning qaysi birida ichida so’zi ravish sifatida qo’llangan?

A) Zaynab uch-to’rt oyning ichida kishi tanimaydigan holga tushgan edi.

B) Hakimboyvachcha diqqat bilan ichida o’qir ekan, yuziga tabassum yoildi.

C) Pastqam uylarning qamish va yog’och bo’g’otlari tuman ichida bahaybat ko’rinardi.

D) Har uchala gapda ham ravish sifatida

19. Taqsim son qaysi gap tarkibida qo’llangan?

A) Hozir uyida shunaqa antiqa bodiringdan to’rttasi bor. B) So’rining shundoq yonida ikki dona olma tushibdi.

C) Bemorlar palatalarga to’rttadan joylashtirildi. D) Toshkent ming-minglab kishilarni o’z quchog’iga olgan edi.

20. Qaysi kelishikdagi so’zlar yaxlit holatda ravishga aylanishi mumkin?

A) jo’nalish, chiqish va o’rin-payt kelishigidagi so’zlar B) jo’nalish va o’rin-payt kelishigidagi so’zlar

C) tushum, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi so’zlar D) bosh va qaratqich kelishiklardan tashqari so’zlar

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________________________

«Ona tili» 6-sinflar uchun

6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________

Mavzu: HOLAT RAVISHLARI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda

estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.



b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda

milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.



c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

III. Yangi mavzu:

Topshiriq. Berilgan ravishlardan qanday? qay holda? qay tarzda? so'roqlariga javob bo'luvchi ravishlarni ajrating. Bu so'zlarni gap ichida keltiring.

Hozir, xomligicha, birdan, yaqqol, yangicha, yayov, o'rtacha, qardoshlarcha.


BILIB OLING. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va qanday? qay holda? qay tarzda? so'roqlariga javob bo'luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi.
ESDA SAQLANG. Holat ravishlariga jim, yayov, chindan, qo'qqisdan, to'satdan, piyoda, majburan, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo'rg'a, mardlarcha singari so'zlar kiradi.
443-mashq. Ravishlarni ajrating. Ularning yasalishiga e'tibor bering va turini ayting.

1. Shu payt uydan — yotog'imizdan bolalar ham birin-ketin ko'zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. (Sh. Xolmirzayev) 2. O'rtancha botir qo'rqmadi, jim turdi. (Ertakdan) 3. Uzoqdan, kun botish tomondan g'ira-shira uchqun ko'rinib qoldi. (Ertakdan) 4. Bular piyoda asta-sekin o'rdaga bordilar. (Ertakdan) 5. Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so'ng uning tarhini yaxshilab qog'ozga chizajagini aytdi. (Mirmuhsin)


444-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi ravishlardan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring.

l.Tinglar edim betinim, Uzun tunlar yotib ... (ataylab, jim, mardlarcha) (Hamid Olimjon) 2. Ikki oshna kechki salqin bilan ... (piyoda, ataylab, yaqqol) yo'lga tushishdi. (O’. Umarbekov) 3.... (Birdan, majburan, arang) xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi. (O'. Hoshimov) 4. Jo'raboyev ham ... (zo'rg'a, yayov, jim)gina o'tirib, hammaga razm solardi. (Sh. Rashidov)


445-mashq. Eskicha, yangicha, yonma-yon, astoydil, bafurja ravishlarini qatnashtirib matn tuzing. Ularning qanday ma'no anglatayotganini tushuntiring.
446-mashq. Quyidagi so'zlardan aynan bir qo'shimcha vositasida holat ravishlarini yasang.

Xayol, mantiq, tasodif, taxmin, javob, qalb, rasm. aql.

1. Qanday ravishlar holat ravishlari deyiladi?

2. Holat ravishlarining yasalishini tushuntiring.

3. Holat ravishlari ishtirokida birikmalar tuzing. Ularga so'roq berib, ma'nosini tushuntiring.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _______________________

«Ona tili» 6-sinflar uchun

6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________

Mavzu: PAYT RAVISHLARI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda

estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.



b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda

milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.



c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

III. Yangi mavzu:

Topshiriq. Gaplarni o'qing. Ravishlarni topib, qaysi so'roqqa javob bo'lishini aniqlang.

1. Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda yashaydi. 2. Erta-indin ta'til boshlanadi.


BILIB OLING. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib, qachon? so'rog'iga javob bo'luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi.
ESDA SAQLANG. Payt ravishlariga endi, hozircha, so'ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi.
448-mashq. Gaplarni ko'chiring. Payt ravishlarining tagiga chizing va ularga izoh bering.

1. Keyin u yoqqa o'tamiz, — deb o'n tarafdagi oynavand uyga ishora qildi. 2. Jiydazordan hozirgina keldim. 3. Ertaga chigit ekishni boshlaymiz. 4. Uni buguncha tinch qo'y. 5. Yolg'on gapga ishonmang, erta-yu kech daladaman. 6. Yarim kechadan keyin Salmon otaning uyqusi butunlay qochdi. 7. Erta-indin rejani to'ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi. (Yo'ldosh Sulaymon)


449-mashq. Gaplarni o'qing, payt ravishlarini topib, ularning ishlatilish o'rinlariga diqqat qiling.

1. Ular yerni kavlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o'yib yuboribdilar. 2. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho'kiz uni to'xtovsiz chaqirib kelyapti. 3. Ertaga uzum, qovun pishadi, bularni qo'yib yubor. 4. Dehqon jo'xorini quritibdi, to'qmoqlab, donini ajratib olibdi. Keyin bozorga olib boribdi. 5. Kun kech bo'ldi. Ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz. (Ertakdan)


450-mashq. Berilgan so'zlar orasidan payt ravishlarini toping, ular ishtirokida gaplar tuzing.

Asta-sekin, jim, endi, orqada, hozircha, yangicha, so'ngra, bittalab, dastlab, qishin-yozin, uzun-uzun, eson-omon, erta-indin.

1. Avvallari, ilgari, ertalab, keyin, so'ngra so'zlarini qatnashtirib gaplar tuzing. Ular qanday so'roqqa javob bo'lishini ayting.

2. Payt ravishlari nimani bildiradi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
«Ona tili» 6-sinflar uchun

6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________

Mavzu: O'RIN RAVISHLARI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda

estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.



b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda

milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.



c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

III. Yangi mavzu:

Topshiriq. Berilgan so'zlardan qayerga? qayerda? qayer? kabi so'roqlarga javob bo'luvchi so'zlarni ajrating.

Avval, so'ng, oldin, keyin, olg'a, ichkari, tashqari, uzoqdan, yuqori, quyi.


BILIB OLING. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o'rnini bildirgan va qayer (-ga, -da, -dan)? so'rog'iga javob bo'luvchi ravishlar o'rin ravishlari hisoblanadi.

O'rin ravishlariga olg'a, ichkari, tashqari singari so'zlar kiradi.
452-mashq. Gaplarni ko'chiring, o'rin ravishlarining tagiga chizib, izohlang.

1. Tashqariga chiqib, G'ofurjon boydan ketishga izn so'radi. 2. Sherqo'ziga ko'zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo'ydi. 3. Salmon ota gapni uzoqdan boshladi. 4. Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi. 5. Oldinda Shirinbuloq qishlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi. (Yo'ldosh Sulaymon)


453-mashq Gaplarni o'qing, o'rin ravishlarini aniqlab ularga izoh bering.

1. Bizga yaqinlashmadi. lekin nariroqda turib ish o'rgatib, bularga baqirib turdi. 2. Ichkariga kiring, bir piyola choy iching, — dedi uy egasi. 3. Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov qilib olib chiqibdi. 4. Bir chaqirim ichkariga kirib borganimizdan keyin tepada teshik ko'rindi. 5. Oldimdan bir uy chiqib qoldi, jon holatda unga o'zimni urdim. 6. Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi. Cholning yoniga kelib salom beribdi.


454-mashq. «Bizning mahalla» mavzusida matn tuzing. Unda ishlatilgan o'rin ravishlariga izoh bering.

1. O'rin ravishlariga gap ichida misollar keltiring.

2. Qanday ravishlar o'rin ravishlari deyiladi?
455-mashq. Uyga vazifa. Ravishlarni topib, tagiga chizing.

1. Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqirilib, katta ziyofat berilibdi. 2. Bu gaplar amirzoda qulog'iga borib yetganiga aslo shubha qilmasa ham bo'ladi. (Mirmuhsin) 3. G'uvillab uchayotgan bo'ron ichida yigitlar naridan-beri xashag-u bedalarni arava tagiga olib kirib, g'ildiraklarga namat yopishdi. (Mirmuhsin) 4. Hozir mol-jon o'rtada, inim, Buxoroga yetib olaylik, u yog'i bir gap bo'lar. (Mirmuhsin) 5.Avval oyog'imdan kishanlarni olib qo'yishlariga buyruq bering, — istehzoli kulib qo'ydi Namoz. (X. To'xtaboyev)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________
«Ona tili» 6-sinflar uchun

6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________

Mavzu: MIQDOR-DARAJA RAVISHLARI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda

estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.



b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda

milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.



c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

III. Yangi mavzu:

Topshiriq. Berilgan so'zlar ichidan qancha? so'rog'iga javob bo'luvchi so'zlarni ajrating.

Sal, picha, erta, indin, kecha, kunduz, tez, g'oyat, xiyol, ko'p, oz.


BILIB OLING. Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildiradigan va qancha? so'rog'iga javob bo'ladigan ravishlar miqdor-daraja ravishlari deyiladi: sal, picha, xiyol, oz, ko'p, kam, ancha kabi.
Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish