1-dars. Morfologiya va uning o’rganish ob’yekti. So'Z turkumlari dars maqsadi



Download 0,51 Mb.
bet3/5
Sana20.04.2017
Hajmi0,51 Mb.
#7197
1   2   3   4   5

Dars maqsadi: olmoshlarning ma'no xususiyatlari haqidagi talabalarning bilimlarini mustahkamlash.
R e j a:

1. Olmosh va uning vazifalari.

2. Olmoshlarning ma'no turlari.
Barcha mustaqil so'z turkumlari va hatto yordamchi so'zlar hamda gap o'rnida almashinib kelgan so'zlarga olmosh deyiladi.

Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe'l o'rnida va ba'zan yordamchi so'z, gap o'rnida almashinib keladi. Masalan, Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat hag'ishladi. Gullarning ko'pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi. Va bog'lovchisi o'zaro teng ma'noli gaplarni boglaydi. Bu teng bog'lovchilar sirasiga kiradi. Bu gaplarning birinchisida gul (ot) o'rnida u, ikkinchisida pushti (sifat) o'rnida ana shu, uchinchi gapda uza boshladi (fe'l) o'rnida bu so'zlari, to'rtinchi gapda va bog'lovchi o'rnida bu olmoshi almashinib kelyapti.

Olmoshlar bevosita atash ma'nosiga ega bo'lmaganligi uchun «ichi bo'sh so'zlar» deb ham yuritiladi.

Olmoshlar qanday so'zlaming o'rnida ahnasbinib kelishi va qanday ma'noni ifodalashiga ko'ra bir necha ma'no turlariga bo'linadi. Buni quyidagi jadvalda ko'ring:




T/r

Olmoshlarning ma'no turlari

Ma'nolari va ta'rifi


Misol lar


1

Kishilik olmoshlari


Shaxs ma'nosini bildiruvchi otlar o'rnida almashinib keladi va ularga ishora qiladi. Shaxs ma'nosini bildiruvchi so'zlar o'rnida qo'llanib, unga ishora qiluvchi olmoshlarga kishilik olmoshlari deyiladi.

men (kamina) - biz sen - siz u — ular (alar)


2

Ko'rsatish olmoshlari


Mustaqil so'zlar yoki gaplar o'r­nida kelib, ularni ko'rsatib keladi. Mustaqil so'zlar orqali ifodalangan shaxs, prodmet belgi, harakatlarni ko'rsatib kelgan olmoshlarga ko'rsatish olmoshlari deyiladi.

u, bu, shu, o'sha, mana bu (manavi), mana shu, ushbu


3

So'roq olmoshlari

So'zlovchiga noma'lum bo'lgan shaxs narsa, belgi-xususiyatlarni so'rash ma'nosini bildiradi. Shaxs, narsa, belgi-xususiyat, harakat- holatlarni so'rash uchun ishlatila- digan olmoshlarga so'roq olmoshlari deyiladi.

kim? nima? qachon? qaysi? qancha? necha? nimaga? qani? nima qildi? nima bo'ldi?


4

Birgalik - ajratish olmoshlari


Shaxs, narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'rnida almashinib, ularning ma'nosini umumlashtirib, jamlab keladi. Musiaqil so'zlar o'rnida kelib, uning ma'nosini jamlab, umumlashtirib keluvchi olmoshlarga birgarlik olmoshlari deyiladi.

1) jamlik olmoshlari: hamma, barcha, bari

2) ajratish olmoshlari: har kim, har nima, har qancha, har qanday, har qaysi, har bir, har narsa




5

Bo'lishsizlik olmoshlari

Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bil­diruvchi mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning inkorini bildiradi. Mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning inkorini bildirgan olmoshlarga bo’lishsizlik olmoshlari deyiladi.

hech kim, hech nima, hech qancha, hech qanday, hech qanaqa, hech narsa, hech bir

6

O’zlik olmoshi

Uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari o'rnida qo'llanib, ma'nosini ta'kidlab keladi. Kishilik olmoshlari ­ o'rnida kelib, uning ma'nosini ta'kidlab ko'rsatuvchi olmoshga o'zlik olmoshi deyiladi.


o’z

7

Gumon olmoshlari

Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bil­diruvchi mustaqil so'zlar o'rnida kelib, uning ma'nosini taxminlab, gumonlab keluvchi olmoshlarga gumon olmoshari deyiladi.

  1. allakim, allanarsa, allaqanday, allaqancha kabi

  2. kimdir, nimadir, qaysidir





Savol va topshiriqlar
1. Olmosh deganda qanday so'z turkumini tushunasiz?

2. Ot, sifat, son, ravish, fe'llarning har biri o'rnida almashib kelgan olmoshlarga misollar keltiring.

3. Yordamchi so'zlar va gap o'rnida qo'llangan olmoshlarga misollar keltiring.

4. Olmoshlarning ma'no turlarini ayting.

9-dars. FE'L VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: fe'l haqida talabalarning o'rta umumiy ta'limdan olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish, fe'llardan o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
Reja:

1. Fe'l haqida ma'lumot.

2. Fe'llarning mazmuniy turlari.

3. Fe'llarning uslubiy xoslanishi.


Harakat-holat ma'nosini ifodalab, nima qildi (bo'ldi)?, nima qilyapti (bo'lyapti)?, nima qiladi (bo'ladi?) singari - so'roqlarga javob bo’luvchi so'z turkumiga fe'l deyiladi. Masalan: Talaba o'qidi (nima qildi?). Mashinalar guvullaydi (nima qiladi?) kabi.

Fe'l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra bir qancha turlarga

bo'linadi.

1. Yumush fe'llari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar.

2. Tafakkur fellari: o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi kabi.

3. Sezgi fe'llari: sezdi, his qildi.

4. Ruhiy holat fe'llari: kuldi, xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi.

5. Nutq fe'llari: gapirdi, so'zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming'irladi, do'ng'illadi.

6. Ishora fe'llari: imo qildi, labini burdi, ko'zini qisdi va boshqalar.

7. Jismoniy holat fe'llari: og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, kuchaydi, charchadi kabi.

8. Tabiiy holat fe'llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi va boshqalar.

9. Ko'rish fe'llari: qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi.
Yuqoridagi fe'l turlarining har qaysisi bir necha fe'llarni o'z ichiga oladi. Bu fe'llar harakat-holat ma'nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi farqlanishlarni kuzatish mumkin:

1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko'ra farqlanishi: jilmaymoq — kulimsiramoq — kulmoq.

2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo'lishligiga ko'ra: kulmoq — tirjaymoq; so'zlamoq — to'ng'illamoq, ming'irlamoq.

3. Uslubiy xoslanishiga ko'ra: kulmoq (umumiste'moldagi so'z) — tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so'zlamoq (umum­iste'moldagi so'z) — nutq ijod etmoq (badiiy uslubiga xos) kabi.

Yuqoridagi fe'llarning har qaysisini o'z o'rnida ishlatish nutqning ravonligi aniqligi va ifodaliligini ta'minlaydi.
Savol va topshiriqlar
1. Fe’l deb qanday so'z turkumiga aytiladi?

2. Fe'llarning qanday ma'no turlarini bilasiz?

3 Bir ma'no guruhiga mansub fe'llar qanday belgilarga ko'ra farqlanadi?

10-dars. NISBAT VA MAYL QO'SHIMCHA­LARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI

NISBAT SHAKLLARI USLUBIYATI
Dars maqsadi: nisbat shakllari haqida o'rta umumiy ta'limda olgan bilimlarni mustahkamlash.

Nisbat shakllaridan o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.


R e j a:

1. Nisbat shakllari haqida ma'lumot.

2. Nisbat shakllari tasnifi.

3. Nisbat shakllarining o'zaro vazifaviy almashinuvi va uning uslubiy xususiyatlari.


Fe'ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasidagi munosabatni ifodalovchi fe'l shakllariga nisbat shakllari, shunday shakllar tizimiga esa nisbat kategoriyasi deyiladi.
Nisbat shakllari va ularning ma'nolarini quyidagi jadvalda ko'ring:


T/r

Nisbat turlari

Nisbat shakllari

Ma'nolari

Misollar

1.

Bosh nisbat

Ø

Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi

o'qidi, kelyapti

2.

Birgalik nisbat

-ish, -ish

Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilganini ifo­dalaydi

o'qishdi, kelishyapti

3.

Orttirma nisbat

-dir (-tir),

-giz,


(-qiz,

-g'iz),


-kaz -qaz),

-t, -iz, -ar,

-sat


Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatga da'vat qilingan shaxs ma'nosini bildiradi

qoldirdi, keltirdi, kirgizdi, o'tkazdi (o'tkizdi), o'qitdi, tomizdi, qaytardi, ko'rsatdi

4.

O'zlik nisbat

-l(il), -n

(-in)


Harakatni bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda bo'ladi

yuvindi, kiyindi, qo'zg'aldi

5.

Majhul nisbat

-l(-il),

-n (-in)


Harakatni bajaruvchi shaxs noma'lum bo'ladi

yuvildi, qilindi, bajarildi

Ba'zan bir nisbat ma'nosi o'rnida boshqa nisbat shakllaridan foydalaniladi. Xususan, bosh nisbat ma'nosida birgalik nisbat shakllari ishlatilishi mumkin. Masalan, keldi — kelishdi, kelyapti — kelishyapti, Shuningdek, bosh nisbat ma'nosida majhul nisbat shakllaridan foydalaniladi: qildim o'rniga qilindi, bajardim o'rniga bajarildi, kiring o'rniga kirilsin kabi. Bunday holat ma'lum uslub-emotsional ma'no talabi bilan ro'y berdi. Ko'pincha keyingi holat hurmat, kamtarlik ma'nolarini ifodalaydi.




Savol va topshiriqlar


  1. Nisbat kategoriyasi nima?

  2. O’zbek tilida nechta nisbat bor?

  3. O’zlik va majhul nisbat orasidagi tafovutni tushuntiring?


MAYL QO'SHIMCHALARINING USLUBIY

XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: mayl shakllari yuzasidan talabalarning o'rta umumiy ta'limda olgan bilimlarini mustahkamlash.

Mayl shakllaridan nutqda o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.


R e j a:

1. Mayl shakllari haqida ma'lumot.

2. Mayl shakllari tasnifi.
1. Bordim, bording, bordi; 2. Boray, borgin, borsin; 3. Borsam, borsang, borsa; 4, Bormoqchiman, bormoqchisan, bormoqchisiz, singari bormoq fe'lining turli shakllari ma'nosiga e'tibor bering. Bulardan birinchi guruhdagilar bilan ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi guruhdagilar zamon ma'nosi bilan farq qiladi. Birinchi guruhdagilar o'tgan zamonni, qolgan guruhdagilar kelasi zamonni bildiradi. Ular o'rtasidagi farq faqat shu bilangina cheklanmaydi.

Yuqoridagi to'rt guruhdagi fe'llar so'zlovchining harakatga bo'lgan munosabatiga ko'ra ham farq qiladi. Birinchi guruhdagi fe'llar harakat- holatni uning bajarilgan vaqti bilan bog'liq holda ifodalaydi. Harakat - holatning bajarilish-bajarilmasligi aniq bilinib turadi.

Ikkinchi guruhdagi fe'llarda harakatni bajarishga buyruq ma'nosi, uchinchi guruhdagi fe'llarda harakatning bajarilish sharti ma'nosi, uchinchi guruhda esa harakatning bajarilish ma'nosi ifodalanadi va bu guruhning har qaysisi ana shu ma'nolariga ko'ra o'zaro farqlanadi.


So'zlovchining fe'ldan anglashilgau harakat-holatiga munosabatini bildirgan fe'l shakllariga mayl shakllari, shunday shakllar tizimiga esa mayl kategoriyasi deyiladi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida yuqoridagi ma'nolarga muvofiq keladigan to'rt turdagi mayl shakllari mavjud. Ularni quyidagi jadvalda ko'ring:


T/r

Mayl turlari

Mayl ko'rsatkichlari

Misollar

Ma'nolari

1.

Ijro mayli

Ø

Ko'rdim, ko’ryapman, koraman, ko'rding, ko'ryapsan, ko'rasan, ko'rdi, ko'ryapti, ko'radi


Harakatning ijro qilish-qilinmasligini bildiradi

2.

Buyruq-istak mayli

-y(-ay) -ylik

(-aylik), -ng

(-ing), -ing,

-ngiz (-inglar), -sin, -sinlar



Yozay, to'qiy, yoz, yozing, yozgan, yozingiz, yozsin, yozsinlar

Harakatni ba­jarishga da'vat etish ma'no­sini bildiradi

3.

Shart mayli

-sa

Yozsam, yozsang, yozsa

Shart bo'lgan harakatni ifo­dalaydi

4.

Maqsad mayli

-moqchi

Yozmoqchiman, yozmoqchisan, yozmoqchi

Harakatning biror maqsadda bajarilishini bildi­radi

Bu fe'l shakllaridan o'rinli foydalanish nutqingizni aniq, ravon ifodalashga yordam beradi.


Savol va topshiriqlar
1. Mayl kategoriyasi nima?

2. Mayllarni sanang?

3.Buyruq-istak mayli ishtirokida gap tuzing?
11-dars. SHAXS-SON VA ZAMON QO'SHIMCHALARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Dars maqsadi: talabalarning shaxs-son qo'shimchalari yuzasidan o'rta umumiy ta'limda olgan bilimlarini mustahkamlash. Shaxs-son qo'shimchalaridan o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
R e j a:

1. Shaxs-son qo'shimchalari haqida ma'lumot.

2. Shaxs-son qo'shimchalarining o'zaro vazifa jihatidan almashinuvi va uning uslubiy xususiyatlari.
Fe'ldan ifodalangan harakatning shaxslarga munosabatini bildirgan qo'shimchalarga shaxs-son qo'shimchalari deyiladi. Masalan, keldim, yozding, boraman so'zlaridagi -m, -ng, -man qo'shimchalari.
Bunday qo'shimchalarning shaxs-son qo'shimchalari deb yuritilishiga sabab shuki, shaxs qo'shimchalari ayni paytda sonni ham bildirib turadi: yo birlik, yo ko'plik shaklida bo'ladi. Masalan,

Birlik Ko'plik

yozdi-m yozdi-k

yozdi-ng yozdi-ngiz (laring)

yozdi- yozdi-lar (yozishdi)


Ba'zi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo'shimchasi, shuningdek, birlik ma'nosini ifodalash uchun ko'plik qo'shimchalari qo'llanishi mumkin. Bunday holatlar ma'lum uslubiy maqsadda ro'y beradi. Masalan, Yurasan, yurasan, hech masofa kamaymaydi — yuraman, yuraman, hech masofa kamaymaydi.

Ikkinchi va uchinchi shaxs birlik shakllari o'rnida ko'plik shakli qo’llanilsa, shaxs ko'pligi emas, balki shaxsga hurmat ma'nosi ifodalanadi. Masalan, Dadam keldilar. Siz juda yoqimli kuyladingiz. So'zlang. (A. Qodiriy)

Ayrim o'zbek shevalarida shart maylidan keyin qo'shiladigan shaxs-son shakllari o'rniga o'tgan zamonning — gan shakli, hozirgi va kelasi zamon shakllaridan keyin ishlatiladigan shakl qo'llaniladi. Masalan, borsa o'rniga borsamiz, borsavuz.

Shaxs-son qo'shimchalarini quyidagi jadvalda ko'ring:




T/i

Shaxs-son asos;

Saxs

Shaxs son

shakllari



Misollar

birlik

ko'plik

birlik

ko'plik

1.

a) o'tgan zamon

aniq maylining — di

shakli

b) kelasi zamon



shart mayli

I

II

III



-m

-ng


-o

-k

-ngiz


-lar

keldim

kelsam


kelding

kelsang


keldi

kelsa


keldik

kelsak


keldingiz

kelsangiz

keldilar

kelsalar


2.

a) o' tgan zamon

aniq maylining

-gan shakli

b) hozirgi zamon

aniq maylining

shakllari

d) kelasi zamon

aniq mayli



I

II

III



-man

-san


-adi

-miz

-siz


-adilar

kelganman
kelyapman

kelaman


kelgansan

kelyapsan

kelyapti

kelaman


kelasan

keladi


kelganmiz

kelyapmiz

kelamiz

kelgansiz



kelyapsiz

kelyaptilar


kelamiz

kelasiz


keladilar

3.

kelasi zamon

buyruq-istak mayli



I

-ay, -y

-gin,


-sin

-aylik,

-ylik,


-hgiz

(lar),


-

sinlar


kelay

kelgin


kelsin

kelaylik

keling (iz)

kelsinlar

II shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq mayli qo'shimchasi ishlatiladi. Masalan, kiring o'rniga kirsinlar, o 'tiring o'rniga o'tirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki obro'li kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma'nosi ifodalanadi.




ZAMON QO'SHIMCHALARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: zamon qo'shimchalari yuzasidan o'rta umumiy ta'limda olgan bilimlarni mustahkamlash. Zamon qo'shimchalaridan nutqda o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
R e j a:

1. Zamon qo'shimchalari haqida ma'lumot.

2. Zamon qo'shimchalarining tasnifi.

3. Zamon qo'shimchalarining o'zaro vazifaviy almashinuvi va uning uslubiy xususiyatlari.


Keldim, kelyapman, kelaman fe'llarining uchalasi ham I shaxsni bildiradi, lekin ular harakatning nutq momentiga nisbatan qachon bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan farq qiladi.

Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan hajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga zamon kategoriyasi deyiladi.

Zamon turini belgilashda so'zlanayotgan nutq vaqti asosiy tayanch nuqta bo'lib hisoblanadi. Ana shunga ko'ra uch zamonga bo'linadi: 1) o'tgan zamon, 2) hozirgi zamon, 3) kelasi zamon.

Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan oldin bo'lib o'tganligini bildirgan shakllar o'tgan zamon shakllari sanaladi. O'tgan zamon shakllariga quyidagi shakllar kiradi: -di, -gan, -ib, (-man, -sun, -di) kabi. Masalan, keldi, kelgan, kelibman, kelibsan va boshqalar. Bu shakllar garchi «o'tgan zamon» umumiy ma'nosi asosida birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma'lum ma'nosiga ko'ra farq qiladi: -gan shakli -di ga nisbatan harakatning nutq so'zlangan vaqtdan ancha oldin ro'y berganini bildiradi.

-ibdi -ibman, ibsan shakllari esa so'zlovchi nutq momentidan oldin ro'y bergan harakatni boshqa shaxsdan eshitganligini voki oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligini bildiradi. Masalan, O'g'rini eshakka teskari mindiribdi. (Ertakdan)

-di shakli, umuman, harakatning nutq momentidan oldin bajarilganligini bildiradi.

Solishtiring:



Keldi

Kelgan

Kelgan edi

Kelibdi

Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtda ro'y berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday shakliar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon ma'nosi -yapti, -yotir, - moqda singari qo'shimchalar qo'shish orqali ifodalanadi. Masalan, yozyapti, yozmoqda, yozayotir. Bulardan -yapti, -moqda, fe'l asoslariga, -yotir esa fe'lning ravishdosh shakliga qo'shiladi.

Hozirgi zamon shakllari ma’lum uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi, -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl bo'lsa, -moqda, -yotir vozma nutq uslubiga xosdir.

Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan so'ng ro'y berish-bermasligini bildirgan zamon shakllariga kelasi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa kelasi zamon kategoriyasi deyiladi.

Kelasi zamon ma'nosi fe'lning -a ravishdosh shakliga -di, -jak; fe'l asoslariga -ar, -ur, -gusi qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil bo'ladi. Masalan, keladi, kelajak, kelar (ur), kelgusi kabi.

Bulardan -adi, -ar uslubiy betaraf shakllar bo'lsa, -jak, -gay, -ur, -gusi shakllari badiiy va publitsistik uslubga xosdir.

Uslubiy betaraflik belgisiga ko'ra -adi va -ar shakllari bir guruhni tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma'nosini bildirish-bildirmasligiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday ma'noga betaraf bo'lsa, ikkinchi shakl gumon- taxmin ma'nosiga ega.

Solishtiring: keladi — kelar.

Ba'zan turli zamonga mansub bo'lgan shakllar o'zaro almashinishi mumkin. Masalan, Tanklar, zambaraklar ag'anab yotibdi. Bir jangchining peshonasi boglangan, bir jangchining esa yelkasidan qon oqmoqda. (Shuhrat)


O'tgan zamonda bo'lib o'tgan voqealarga tinglovchini olib kirish, ularni uning ko'z oldiga olib kelish maqsadida hozirgi zamon shakli ishlatilgan.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish