Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
|
O`quvchilar hujjatlarda rasmlar bilan ishlash: MS Word rasmlar kolleksiyasidagi rasmni hujjatga joylashtirish, hujjatga rasmni fayldan joylashtirish,hujjatdagi rasm formatini o`zgartirish haqida tushunchaga, bilim va malakaga ega bo`ladilar
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rab baholash..
III. Yangi mavzu bayoni.
Reja:
1. MS Word rasmlar kolleksiyasidagi rasmni hujjatga joylashtirish
2. Hujjatga rasmni fayldan joylashtirish
3. Hujjatdagi rasm formatini o`zgartirish
Word matn protsessori dasturiy ta'minotiga 100 dan ziyod rasmlar kirgan bo'lib, ulardan turli hujjatlarni bezatishda foydalanish mumkin. Bunihg uchun yurgich matnning rasm joylashtirilishi kerak bo'lganjoyiga o'rnatiladi. So'ngra Joylashtirish menyusining Rasm ( Рисунок ) bo'limidan Rasmlar (Kartinki) bandi tanlanadi. Natijada ekranga Kliplar kolleksiyasi nomli muloqot oynasi chiqadi. U Izlash (Искать), Ko'rib chiqish (Просматривать), Obyektlarni izlash (Искать объекты) bandlari hamda mavjud rasmlar aks etib turuvchi maxsus oynadan iborat.
Hujjatga rasmni fayldan joylashtirish
Hujjatga faqatgina Word kolleksiyasidagi rasmlarni emas, balki ixtiyoriy
rasmli fayldagi rasmni joylashtirish ham mumkin. Buning uchun Joylashtirish menyusining Rasm (Висунок► ) bo'limidan Fayldan ( Из файла,,. ) bandi tanlanadi. Natijada ekranga Rasm qo'shish (Добавление рисунка) oynasi chiqadi.
Word da rasmni matnga nisbatan joylashish holatini tanlash imkoniyati bor. Buning uchun rasmni belgilab, sichqoncha ko'rsatkichi'rasm ustida turgan holda o'ng tugmasi bosiladi. Hosil bo'lgan kontekst menyudan Rasm formati (Формат рисунка) bandi tanlanadi. Ekranda aks etgan Rasm formati lavhasidan Holat (Положение) bandi tanlanadi. Endi quyida keltirilgan 5 ta holatdan birini sichqoncha yordamida tanlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |