1-dars. Mavzu: Matn muharriri



Download 0,66 Mb.
bet13/39
Sana27.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#584879
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
6-Sinf

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rab baholash.


III. Yangi mavzu bayoni.

Reja:


  1. Hujjat hosil qilish.

  2. Hujjatni saqlash.

Matnli hujjat tayyorlash uchun avvalo yangi sahifa (ishchi maydon) hosil qilinadi. Microsoft Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi:
a) Ishga tushgan dastur (Документ 1) nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi;
b) Fayl menyusidan Hosil qiliish ( Создать ) buyrug'i tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa ochiladi. Bu ishni standart STANDART uskunalar panelidagi Hosil qilish tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin. Shu bilan matnli hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi. Hosil qilinayotgan matnli hujjat xususiyatlariga qarab yuqorida aytib o'tilgan hujjat parametrlari mos ravishda o'rnatiladi.
Ba'zi klavishlarda ikkita yoki uchta belgining tasviri tushirilgan. Bunday klavishni bosganda, unda tasvirlangan belgilardan qay biri ekranga chiqarilishi kompyuter va
klaviatura qaysi holatda ishlayotganiga bog'liq.
1)kompyuter lotin alifbosi va kichik harflar holatida bo'lsa, „v" belgisi;
2)kompyuter lotin alifbosi va bosh harflar holatida bo'lsa, „V" belgisi;
3)kompyuter kirill alifbosi va kichik harflar holatida bo'lsa, „m" belgisi;
4)kompyuter kirill alifbosi va bosh harflar holatida bo'lsa, „M" belgisi ekranga chiqariladi.
Alifboning kichik harflari „quyi registr", bosh harflari „yuqori registr" belgilari deyiladi. Kompyuter ishga tushirilganda klaviatura odatda quyi registr holatida bo'ladi. Yuqori registr belgilarini ekranga chiqarish uchun kerakli klavish „Shift"
klavishi bilan birgalikda bosiladi. Demak, yuqori registr „Shift" klavishi bosib turilgan vaqtda ishlaydi. „Shift" klavishi qo'yib yuborilishi bilan klaviatura quyi registr holatiga qaytadi.
Ba'zan matnning biror qismini faqat bosh harflarda yozishga to'g'ri keladi. Bunday holda, odatda, „Caps Lock" klavishidan foydalaniladi. Bu klavish bosilganda klaviatura-ning o'ng yuqori qismida „Caps Lock" indikatori yonadi va klaviatura yuqori registr holatiga o'tadi. „Caps Lock" klavishi qaytadan bosilsa, „Caps Lock" indikatori o'chadi va klaviatura quyi registr holatiga qaytadi.
Bosh harflarni yozish uchun „Shift" klavishini bosishni unutmang!
Faqat bosh harflarni yozish kerak bo'lganda „Caps Lock" klavishini bosing!
Hosil qilingan matnni diskda saqlab qo'yish lozim. Buning uchun matnni oxirigacha yozib bo'lishni kutish shart emas. Odatda, matn kiritilishi boshlanishi bilan uni diskda saqlab, matn yozib bo'linguncha vaqt-vaqti bilan saqlab turish maqsadga muvofiq. Chunki turii sabablarga ko'ra kompyuter o'chib qolishi murhkin. Bu holda diskda matnning oxirgi marta saqlangan qismi qoladi.
Matnni saqlash uchun, agar u birinchi marta saqlanayotgan bo'lsa, Fayl menyusidan Saqlash (СохранитьI) yoki „...kabi saqlash" (Сохранить как...) buyrug'i tanlanadi. Natijada ekranda „...kabi saqlash" muloqot oynasi hosil bo'ladi. Kerakli papka (Папка) tanlanib, fayl nomi (masalan, ,,Informalikadan referat") yoziladi va Saqlash ( Сохранить ) tugmasi bosiladi. Navbatdagi
saqlashda fayl menyusidagi Saqlash buyrug'ini tanlash yoki STANDART uskunalar panelidagi saqlash tugmasini bosish kifoya.
Agar avval saqlangan faylni boshqa nom bilan yoki boshqa papkada saqlash lozim bo'lsa, u holda Fayl menyusidan faqatgina „...kabi saqlash buyrug'i tanlanadi.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish