Mustahkamlash:
1. Matnni tahrir qilish deganda nimani tushunasiz?
2. Matnni tahrir qilishda ishlatiladigan amallarni ayting.
3. Matndagi ortiqcha belgi qanday o'chiriladi?
4. Matnga „tushib qolgan" belgilar qanday kiritiladi?
5. Blok deganda nimani tushunasiz?
6. Matnning biror qismi qanday qilib blokka olinadi?
7. Matnning belgilangan qismi ustida qanday amallar bajarish mumkin?
8. Matnning belgilangan qismidan nusxa ko'chirish nima va u qanday amalga oshiriladi?
Uyga vazifa: Mavzuni o`rganish. 3-mashqni bajarish
Sana: ____________ Sinf: _____________
7-dars. Mavzu : Hujjatni formatlash .
Darsning texnologik xaritasi.
Mavzu
|
Hujjatni formatlash
|
Maqsad va vazifalar
|
a) ta`limiy : O`quvchilarning hujjatlarni formatlashga oid bilim, malaka, ko`nikmalarini rivojlantirish. Matnni formatlash, abzasni formatlash,
formatlash uskunalar panelidan foydalanish malakasini oshirish.
b) tarbiyaviy: O`quvchilarda mustaqil fikr yuritishga , olgan bilimlarini hoyot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did, axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
s) rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlashga va u orqali bilim olishga xotirani mustahkamlashga , tez fikrlashga o`rgatish, nutqni o`stirish.
|
O'quv jarayonining mazmuni
|
O`quvchilarning hujjatlarni formatlashga oid bilim, malaka, ko`nikmalarini rivojlantirish. Matnni formatlash, abzasni formatlash, formatlash uskunalar panelidan foydalanish bo`yicha tushunchalar berish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O`quvchilar hujjatlarni formatlashga oid: Matnni formatlash, abzasni formatlash, formatlash uskunalar panelidan foydalanish bo`yicha tushunchalarga ega bo`ladilar.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
Do'stlaringiz bilan baham: |