I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rab baholash..
III. Yangi mavzu bayoni
Reja:
1. Formulalar muharririni ishga tushirish
2. Formulalar muharriri imkoniyatlari
3. Mashqlar bajarish
Avval yurgich formula yozilishi kerakbo'lgan joyga joylashtiriladi. So'ng formulalar muharriri quyidagi ketma-ketlikda ishga tushiriladi:
Joylashtirish menyusidan Obyekt ( Объект,.,) bo'limi tanlanadi.
Ochilgan Obyektni joylashtirish (Вставка объекта) oynasidan Microsoft tenglamalari (Microsoft Equation 3.0) bo'limi tanlanadi.
Natijada yurgich turgan joyda formula yozish joyi lavhasi va formulaga amal belgilarni tanlash imkonini beruvchi quyidagi Formula oynasi aks etadi
Agar uskunalar panelida formulalar muharriri uskunasi belgisi joylashtirilgan bo'lsa, u holda formulalar muharririni ishga tushirish uchun shu uskunani tanlash kifoya.
Formulalar muharridan chiqish uchun sichqoncha ko'rsatkichini ish maydonining bo'sh joyiga olib kelib chap tugmasi bir marta bosiladi.
Formulalar muharriri imkoniyatlari
F ormulalar muharririning imkoniyatlari juda keng. U 19 ta bo'limdan iborat bo'lib, har bir bo'lim ma'lum bir amallar belgilari majmuyidan iborat. Masalan, turli ko'rinishdagi munosabat belgilari, kasrlar va radikallar belgilari, qavslar shablonlari shular jumlasidandir.
Agar yozilgan formulada xatolik bo'lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Natijada yozilgan formula lavhasi ochiladi va ekranda Formula oynasi aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli joyga sichqoncha yoki yo'nalish klavishlari yordamida joylashtirish va xatolikni tuzatish mumkin bo'ladi.
Mustahkamlash:
Wordda formulalar qanday yoziladi?
Formulalar muharriri qanday ishga tushiriladi? Amalda ko'rsating.
Formulalar muharririda qanday chiqiladi?
Formulalar muharririda qanday boiimlar bor?
Formuladagi xatolikni tuzatish jarayonini amalda ko'rsating.
Formula lavhasida qanday harakatlanish mumkin? Amalda ko'rsating.
Matndagi formuladan qanday nusxa ko'chiriladi? Amalda ko'rsating.
Mashqlar.
2.Fizika fani darsligidan 5 ta ifoda yoki formulani formulalar muharriridan foydalanib yozing.
3. Matematika fanidan o`zingiz bilgan 5 ta formulani formulalar muharriridan foydalanib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |