Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
V Yangi mavzu bayoni
1887-yilda S. Arrenius elektУolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasini taklif etdi.
Bu nazariyaning zamonaviy talqini quyidagicha:
Elektrolit moddalarning suvda eriganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajralishi dissotsiatsiya deyiladi. Ionlar manfiy va musbat bo‘ladi.
NaCl ► Na+ + Cl-
Elektr toki ta’sirida musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlanganlari anionlar deyiladi.
NaCl ► Na+ + Cl-
Kation anion
Dissotsiatsiya jarayoni qaytar jarayondir. Dissotsiatsiya natijasida hosil bo‘lgan qarama-qarshi zaryadli ionlar bir-biri bilan to‘qnashib, qayta- dan molekulaga aylanadi va bu assotsiatsiya deyiladi.
Na+ + Cl-*- NaCl
Elektrolit va noelektrolitlar haqida tushunchaga ega bo‘lishdan oldin bir tajribani ko^ib chiqamiz. Buning uchun rasmda ko‘rsatilgan asbob yorda- mida osh tuzining konsentrlangan eritmasidan tok o‘tkazib ko^ramiz.
i-
Natijada lampochka yorug‘ yonadi. Suyultirilgan holatda ham lampochka yorug‘ligi deyarli o‘zgarmaydi. Shu tajribani NaOH, HCl, KCl, KOH, HNO3 eritmalarida takrorlaganimizda lampochka yorug‘ yonadi. NH4OH, H2SO4, CH3COOH bilan bajarilgan tajribalarda ularning konsentrlangan eritmalaridan tok o‘tkazilsa lampochka yonmaydi, ularning eritmalari suyultirilsa lampochka yonadi va qanchalik suyultirib borilsa shunchalik lampochka yorug‘ yonadi, ya’ni ravshanlashib boradi. Demak, bunday eritmalar faqat o‘ta suyultirilgandagina to‘liq dissotsiatsiyalanadi va o‘zidan elektr tokini yaxshi o‘tkazadi.
Agar bir xil konsentratsiyali har xil eritmalarni elektr o‘tkazuvchan- ligini solishtirib ko‘rilsa, ularning dissotsiatsiyalanish qobiliyati turlicha ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Masalan, NaOH, KOH, HCl, HNO3 larning 0,1M li eritmalarida molekulalarning ko‘proq qismi ionlarga ajralgan bo‘lsa, NH4OH, H2S, CH3COOH larning 0,1 M li eritmalari deyarli dissotsiyalanmaydi yoki juda oz qismi ionlarga ajraladi.
Moddalarning elektr tokini o‘tkazish yoki o‘tkazmasligiga qarab ikki guruh- ga bo‘lish mumkin.
Elektrolitlar.
Noelektrolitlar.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga suvda eriydigan kislotalar, ishqorlar va tuzlar kiradi.
Elektrolitlar faqat suvda eritilganda yoki yaxshilab suyuqlantirilgan- dagina elektr tokini o‘tkazadi. Kristall holda ular elektr tokini yomon o‘tkazadi yoki butunlay o‘tkazmaydi.
Elektrolitlar
|
Kuchli
|
Kuchsiz
|
1. Kuchli kislotalar: H2SO4, HCl, HCIO4, HCIO3, HBr, HMnO4,
HJ, HNO3 Kislorodli kislotalarda (HnEOm) kislorod sonidan (m) vodorod soni (n) ayiriladi. Natija 2 ga teng yoki katta bo‘lsa, kuchli elektrolit hisoblanadi. (m-n>2)
|
1. Kuchsiz kislotalar: H2CO3, H2S, HNO2, H2SO3, HF, HCN Natija 2 dan kichik bo‘lsa, kuchsiz elektrolit hisoblanadi. (m-n<2)
|
|
|
2. Ishqorlar (davriy sistemadagi IA va IIA guruh elementlarining (Be va Mg dan tashqari) gidroksidlari)
|
2. Kuchsiz asoslar: NH4OH, Mg(OH)2, Fe(OH)2, Fe(OH)3
|
3. Suvda yaxshi eriydigan tuzlar: NaCl, K2SO4, KCIO3, CH3COO NH4 (Eruvchanlik jadvali asosida)
|
3. Suvda yomon eriydigan tuzlar (Eruvchanlik jadvali asosida)
|
|
Barcha organik kislotalar, suv
|
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar (noelektrolitlar) deyiladi.
Elektrolitmaslarga qutbsiz kovalent bog‘lanishli moddalar, metan, kar- bonat angidrid, shakar, spirtlar va distillangan suv kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |