Vektorli grafikaga mo’ljallangan muharrirlardan biri Corel Draw dasturi hisoblanib, Kanadaning Ottava shahridagi Corel korporatsiyasi tomonidan yaratilgan va hozirgacha takomilashtirilib kelinmoqda. Kompaniya o’zining gragik mahsulotlari bilan shuhrat qozongan bo’lib, Corel Draw bularning asosiysi hisoblanadi. Bu dasturning asoschisi doktor Maykl Kaupland hisoblanadi. Corel Draw dasturi ko’p funksiyani bajaruvchi va ko’p sohalarda qo’llanuvchi vositaga aylanib bordi. Corel Draw dasturiy paketi yordamida turli grafik ko’rinishlarni yaratish, shuningdek, inshootlarni loyihalash, foto, matn, tasvirlar ustida ishlash, badiiy ko’rinishdagi kompozitsiyalarni taqdim qilish, geometric shakllarni ya’ni tekislikdagi va fazodagi shakllarni yaratish bilan bog’liq amallarni mukammal bajarish mumkin. Bu dastur boshqa grafik muharrirlarga qaraganda matnlar bilan yaxshi ishlaydi, ya’ni nashriyot tizimlarda, masalan, yumoristik yoki boshqa kitoblarni har xil, turli o’lchamdagi harflar bilan yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |