Silikatoz - tarkibida bog'langan holatdagi kremniy (IV) oksid bo'lgan changning ta’sirida kelib chiqadi (silikatlar - qurilish materiallar chiqariladigan korxonalarda bo'ladi). Antrakoz - ko'mir changi ta’sirida paydo bo'ladi. Sideroz - temir changi ta’sirida kelib chiqadi. Qurilishda ishlaydigan kishilar o'pka shamollashi, dermatitlar. ekzemalar kabi kasalliklarga duchor bo'lishlari mumkin. Ekzemalar sintetik smolalar, ohak changi ta’sirida paydo bo'ladi. Serchang havoda teriga tushgan chang zarrachalari yo'q va teri bezlariga kirib ularni berkitib qo'yishi va ularning mikroblar kirishiga qarshilik ko'rsatish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. O'tkir qirrali chang zarrachalari ko'zni shikastlashi mumkin. Ko'zga tez-tez chang lushishi ko'z jildining yalliqlanishi va ko'z pardasining o'zgarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |