1. Buxoro, Xiva,Qo`qon xonliklarining o`zaro munosabatlari. Buxoro, Xiva,Qo`qon xonliklarining xalqaro savdo aloqalari



Download 39,89 Kb.
bet1/4
Sana10.07.2022
Hajmi39,89 Kb.
#772175
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu5


Mavzu:O`zbek xonliklarining o`zaro munosabatlari va xalqaro savdo-diplomatik aloqalari
Reja
1.Buxoro, Xiva ,Qo`qon xonliklarining o`zaro munosabatlari.
2. Buxoro, Xiva ,Qo`qon xonliklarining xalqaro savdo aloqalari.
3. Buxoro, Xiva ,Qo`qon xonliklarining diplomatiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Buxoro, Xiva ,Qo`qon xonliklarining o`zaro munosabatlari. XVII – XIX asr va XX asr boshlarida Xorazmda yozilgan tarixiy asarlarda Xiva xonligining Buxoro, Qo’qon xonliklari, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan diplomatik munosabatlari tarixiga doir ma'lumotlarni ham ko–p uchratamiz. Abulg’oziy, Munis, Ogahiy va Bayoniyning mazkur tarixiy asarlarida XVII - XVIII asr diplomatik munosabatlar tarixiga oid ba'zi ma'lumotlar keltirilsa-da, Xivada Qo’ng’irot sulolasi hukmronlik qilgan davrdan boshlab bo’lgan tarixiy voqealar, shuningdek, diplomatik munosabatlar esa batafsil bayon etiladi. Xiva va Buxoro xonliklari o’rtasida davom etib kelayotgan diplomatik aloqa Eltuzarxonning vafotidan so’ng ma'lum vaqt uzilib qolgan edi.1 Buxoro xonligi bilan Xiva xonligi o’rtasida ma’lum vaqt to’xtab qolgan bu diplomatik munosabat 1226 (1811-1812) yili Amir Haydar o’g’lining to’yi munosabati bilan Xorazmga Muhammad Rahimxon I oldiga O’roqboy Jo’ra oqosi va Avaz Muhammad yasavulboshini elchi qilib yuborishi bilan tiklangan edi. Xorazmga elchilar kelgan vaqtda Muhammad Rahimxon I Arol ustiga yurish qilgan bo–lib, u yerda edi. Qutluq Murod inoq Yormuhammadbek orqali Buxoro amirining nomasini Muhammad Rahimxonga yuboradi. Bu kelgan elchilarga Hasan Murod otaliqni va Qandum sardorni qo–shib, Buxoroga yuboriladi1. Buxorodan bular bilan birgalikda Yaqub Qo’rchi begi va Gul yasavul Xivaga elchi bo–lib keladilar. Xivadan esa Berdi inoq elchi bo–lib, bular bilan birgalikda Buxoroga boradi. Takalar masalasi bo’yicha amir bilan suhbat qiladi. So’ngra u bilan Xivaga Musoxo’ja O’roq va Muhammad Jo’ra oqosi elchi bo’lib keladilar2. Shahzoda Vali 1812 yili Xiva xonligiga o’z elchisini yuboradi. Shuningdek, shu yili O’rta Yuz qozoqning hokimi Omonboy biyning inisi Qurbonboy ham Xorazmga elchi bo’lib kelgan edi. Shu yili, ya'ni 1812 yil Mashhadga Shahzoda Vali huzuriga Buxoro – О‘zbekistonning janubiy g‘arbida, Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan shahar. Buxoro shahri bir necha ming yillik tarixga ega. Buxoroning islomga qadar bо‘lgan siyosiy tarixiga oid ma’luotlarga kо‘ra shahar Buxorxudotlar hokimligi poytaxti bо‘lgan. 709 yilda Buxoro Arab Halifaligi tomonidan bosib olingan. IX-X asrlarda Buxoro shahri Somoniylar davlati poytaxti bо‘lgan. 999 yilda Buxoroni Qoraxoniylar, 1220 yilda mо‘g‘ullar bosib olgan. 1370 yildan Buxoro Amir Temur va Temuriylar davlatining, XVI asr boshidan shayboniylar davlatining poytaxtiga aylantirilgan. 1533 yildan bu davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga kо‘chirilishi tufayli davlatning nomi ham Buxoro xonligi deb atala boshlagan va shu vaqtdan boshlab 1920 yilgacha Buxoro xonligi, keyinchalik, Buxoro amirligining poytaxti bо‘lgan. Buxoro bosqini natijasida shо‘rolar tomonidan bosib olingach, Buxoro shahri 1920 yil 8 sentabrdan 1924 yilgacha Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) ning poytaxti bо‘lgan. Buxoro shahri о‘zining mustahkam mudofaa tizimiga ega bо‘lgan va shaharning mudofaa qobiliyati doimiy ravishda mustahkamlanib, takomillashtirib borilgan, bu vazifani asosan Buxoro mudofaa qal’asi bajarib bergan. Buxoro qal’asi – shaharni tashqi hujumlardan saqlash maqsadida qurilgan mudofaa devorlari Abdullaxon II davriga kelib shahar devorlarining hozirgi shakli paydo bо‘lgan. XIX asrda shahar qal’asi devorining umumiy uzunligi 12 km, balandligi 10 m, asosining qalinligi 5 m ni tashkil etgan. Devorning yuqori qismida kengligi 2 m ga teng о‘tish joylari bо‘lib, ulardan devor orqali mudofaa qurollari olib о‘tish uchun foydalanganlar. 116 ta kichik minorachalar va 11 ta 2 minorali darvozadan iborat qal’a devorining ayrim yerlarida о‘q otish uchun mо‘ljallangan joylar mavjud bо‘lib, devorning yuqori qismi о‘tkir uchlar (dandona) dan iborat qilib yasalgan. 1920 yil sentabrda bolsheviklarning Buxoroga bosqini oqibatida qal’a devorlariga zarar yetkazilgan. Keyingi davrda shaharning kengayishi natijasida qal’a devorlari shaharning bir qismida saqlanib qolgan. Eski qal’a devorlari buzilib, uning о‘rniga yangi inshootlar barpo etilgan. Buxoro arki — Buxorodagi qadimiy shaharsozlik yodgorligi bо‘lib, shaharning miloddan avvalgi I asrda qurilgan qadimiy qal’asi. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida - IX-X asrlarda ark qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Koraxoniylar davrida - XI-XII asrlarda va mо‘g‘ullar bosqinchiligi vaqtida – XIII asrda ark bir necha bor vayron qilingan. Hozirgi ma’lum qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davrida, XVI asrda shakllangan. Ark balandligi 20 metrga yaqin bо‘lgan tepalik ustiga qurilgan bо‘lib, maydoni 4 ga teng, tarhi kо‘pburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom g‘isht, paxsalar bilan mustahkamlangan. О‘pirilib tushgan joylari dastlab
xom g‘ishtdan, keyin pishiq g‘ishtdan ta’mir etilgan. Kо‘tarilib boruvchi yо‘l (pandus) orqali XVI asrda qurilgan g‘arbdagi ulkan darvozadan ichkariga kiriladi. Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi «guldasta» va ular oralig‘idagi 3 qavatli bino bugungi kungacha yaxshi saqlangan. Arkning shimoliy-g‘arbiy burchagida tо‘pchi boshining uyi va ta’mir ishlari ustidan hududqiluvchi kishi turadigan xona bо‘lgan. Arkning g‘arb tomonidagi hovlida mirzalar va boshqa xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida — salomxona, undan sharq tomonda mehmonxonalar, amir hamda oliy mansabdorlarga qarashli boshqa binolar joylashgan (miyon hovli). Arkning markazida о‘rda hamda amir oilasi va xaram joylashgan, sharqida zodagonlar yashaydigan uylar bor. Shimoliy-sharqiy burchakda Childuxtaron masjidi va Battol G‘oziy mozori bо‘lgan. Arkning sharqiy devori bо‘ylab g‘ulombachcha (soqchilar kazarmasi), janubiy-sharqiy burchagida dorixona (о‘qdorilar ombori) joylashgan (arkning g‘arbiy devoriga taqalgan binolarning bir qismigina sakdangan). Ark darvozasining chap tomonida
lashkarboshi mehmonxonasi, shimolida esa qurol-yarog‘lar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qо‘rxona) bо‘lgan. Nodir sardorni va Dashti Qipchoqqa O’rta Yuz qozoqg’a Olloberdi xo’jani elchi qilib yuboriladi3. Munis “Firdavs ul-iqbol”da yozishicha, 1228 (1813-1814) yili Umarshayx va Amirxonkim... Xuroson bilodining xonlariga elchi qilib yubormish erdi... ostonbo’sliqqa yetib, barcha xonlarning arizadosht va ixlosnomalarin yetkurdilar... Rabi'-al-avval oyining avoyilida Hasan Murod otaliq Buxoro elchisi Boymuhammad jarchi boshi bilan... Muhammad Rahimxon mulozimatiga foyiz bo’ldi. Mohi mazkurning avoxirida Berdi inoqni elchiyi mazburg’a qo’shub, Buxoroga irsol qildi... Mazkur oyning 27 sida, yakshanba kuni Berdi inoq Amir Haydarning elchisi Podshoxoja sadr bila Buxorodin kelib, ostonbo–sliq sharafiga ixtisos topdilar. Jumodil-avval oyining 10 ida, juma kuni Kurdistondin elchilar kelib... tansuqoti mutakosira peshkash chiqdilar... Buxoro elchisi Podshoxojaga yana Berdi inoqni masxub qilib, Buxoroga yubordi. Jumodiy-as-soniy oyining 8 ida, juma kuni Xuroson elchilarin ixsoni podshohona va in'omi begarona bila bahramand qilib, o’z yurtlariga ruxsat berdi. Badirxon bek va Muhammad Husayn bekni, Sattor Kuli og’o bila mazkur bo’lg’on elchilarga qo’shib yubordi. Bu mazmun bilakim: Agar ellik va itoat izhorida sodiq bo’lsalar, kuz faslida inshoollo ul tarafga azm etkumizdir. Agar el muxolif bo’lsalar, alar samtig’a nuhzat qilg’umizdir. Agar el bo’lsalar, Saodat qulixon yanglig’ akobir va mo'tabar kishilardan ko’p kishi mulozimatga irsol qilib, zakot va xirojni kamo haqqahu yuborsinlar. Agar seshanba kuni Xuroson azimati bila, yo`lga tushub ravon bo’ldilar. 1230/1815 - 1816 yili –Berdi inoq Buxoro elchisi bila mulozimatga yetdi. Ul ovonda Ho’qand viloyatining hokimi Umarxondin Sayid Muhammad xoji elchilikka kelib, ostonbo’sliq sharafin topdi5. Xivalik tarixnavislar Munis, Ogahiy va Bayoniy tomonidan yozib qoldirilgan dalillar, shubhasiz, O’rta Osiyo, ayniqsa, O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Lekin ular o’z asarlarini yozar ekanlar, ko’p masalalar haqida gapirishsa-da, ularni tafsiloti bilan yoritmaydilar. Masalan, Xiva xonligiga atrof xonliklardan va mamlakatlardan elchilarning kelishi va kimlarning elchi bo–lib kelganini ko’rsatsalar-da, lekin ularning kelishdan maqsadlari, nima masala ustida suhbat qilganliklari haqida gapirmaydilar. 1281/1815 - 1816 yili Kandum sardorni Buxoroga elchi qilib yubordi. Ramazon oyining 10 ida, shanba kuni Buxoro elchisi Nurmuhammadbek Xivaga keldi. Mazkur Xorazmda yozilgan asarlarning mualliflari boshqa mamlakatlar bilan bo–lganidek, Qo’qon va Buxoro xonliklari bilan ham bo–lgan diplomatik munosabatlarga oid ma'lumotlarni keltirib o’tishda davom etadilar. 1259/1843 yili –zulqa–da oyining 14 ida chohorshanba kuni ul hazrat (Rahimqulixon - Q. M.) Ho’qand elchisi Qorabosh dodxohga Bobobekni 2elchilik yashirinchi bilan qo`shib muhabbatnoma bilan Ho’qand viloyatiga irsol qildi6, 1260/1844 yili jumodilavval oyining 19 ida, juma kuni Ho’qandga ketgan elchilar, ya'ni Bobobek va Yaxshimurodbek mazkur viloyatning hukmroni Sheralixonning qo–ShFon elchisi Qorabosh dodxoh va yuborgan peshkashlarin kelturub, dargohi olam panoh... peshgohiga yetkurdilar. Rajab oyining 17 ida panjshanba kuni Buxoroga ketgan elchi Rahmonberdi oxundg’a Buxoro voliysi Amir Nasrullaning qo’ShFon elchisi Fathulla xoja sudur kelib, amirning yuborgan tuhafot va savg–otin mavqufi arzga yetkurdi. Sha'bon oyining salohida, juma kuni Eron mamolikining podshohi Muhammadshohning elchisi Shahsuvorxonga ruxsat berib viloyatiga qaytardi. Ramazon oyining 6 sida chahorshanba kuni Ho’qand elchisi Qorabosh dodxohg’a... Yusufbekni elchi yo’sunliq qo’shub Ho’qand viloyatiga irsol qildi–7. Ogahiy o’z asarida diplomatik munosabatlar haqida gapirsa-da, kelgan elchilarning nima maqsadda kelganlari va yuborilganligi haqida gapirmaydi degan edik. Lekin asarning ba'zi yerlarida bu elchilarning nima masala yuzasidan suhbatlashganlari haqida aniq ma'lumotlar ham beriladi. Masalan: 1261/1845 yili Buxorodan kelgan Qo’chqorbek miroxirga Xivadan Rahmatulla Qorako’zni qo’shib Buxoroga elchi qilib yuborilgan edi. Xiva xoni Buxoro amiriga quyidagi nomani yuborgan: Amir Nasrullaning muddaosi agar musolaxa qilib borishmoq va kelishmoq bo’lsa, bizning xohishimiz uldur va agar g’arazi savosh va talosh bo’lsa muxoriba maydoniga chiqsunkim, biz ham ul amrga muhayyo va amodadurmiz. Bu ikki ishning qaysisini ixtiyor qilsa, ul ishga bel bog–lasunkim, ikkisi ham bizning maqsadimizdur. Bu so’z bila elchilarni Buxoro viloyatiga irsol qildi–8. Shuningdek, bu masala yuzasidan Ogahiyning –Jomi– ulvoqioti sultoniy– asaridagi ma'lumotlardan ba'zilarini olib ko’raylik. –Muhammad Aminxon o’zining xorazmshohlig avrangig–a julusi izhori uchun atrof va javonibdagi viloyatlarga elchilar irsol qildi. Ul jumladin Eshmurod rais bila... Olloberdi so–fini 1262/1845–1846 yili rabi' ul avval oyining to–rtida yakshanba kuni Buxoro viloyatining podshohi... Amir Nasrulloga... irsol qildi–9. –Buxoro podshohi Amir Nasrulloning... qo’shib yuborgan ikki elchisi kelib ostonbo’slig sharafin topdi. Mazkur bo’lg’on oyning 23 ida, shanba kuni hamul elchilariga... Bikish xalifani saforat rasmi bila qo–shib, Buxoroga irsol qildilar. Jumodil avval oyining 13 ida, juma kuni... Abdulhalim... Ho’qand viloyatidan kelgan elchiga saforat tariqasi bila hamroh bo’lib, mazkur viloyatga bormish erdi, hamul viloyat hokimining qo’shib yuborgan elchisi kelib, yakjihatlik izhori uchun topshurg–on muhabbatnomasin... yetkurdi. Jumodiy as-soniyning avositida Mashhad hokimi Olloyorxonkim... Eron mulkining podshohi Muhammad shoh tarafidan nayobatan jami' Xuroson viloyatining hokimi hukmronidur... yuborgan elchisi kelib... kelturgan ixlosnomasin nazari kimyo asar mutolaasi sharafiga musharraf qildi–10. –Hamul yil shavvol oyining 11 ida chahorshanba kuni ba’zi masolixi mulkiya jihatidin... Shukrilla og’a bila... Qilichjon boyni elchi qilib urus mamlakatining podshohiga irsol qildi.

Download 39,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish