1. Buxoro amirligi tashkil topishi davridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat


Buxoro amirligining shakllanish va rivojlanish bosqichlari



Download 43,98 Kb.
bet2/4
Sana06.07.2022
Hajmi43,98 Kb.
#749231
1   2   3   4
2. Buxoro amirligining shakllanish va rivojlanish bosqichlari
Sobiq ittifoq tuzumi davrida mang'itlar sulolasi vakillariga bir tomonlama ѐndashilib, ular davrida hech qanday islohotlar amalga oshirilmagan, ushbu davlat boshliqlari asosan maishatbozlik va jangu-jadallar bilan ovora bo'lib, mamlakat haѐtida jiddiy o'zgarishlar qilishga urinmaganlar degan qarashlar hukmron edi. Mang'itlar davri tarixnavislari ma'lumotlari, tarixiy hujjatlar, dastlabki manbalar va saѐhatchilarning yo'l xotiralarini o'rganish va tahlil qilish o'z navbatida, ushbu fikrlarning asossiz ekanligini ko'rsatadi.
O'rganilgan tarixiy manbalar mang'itlar sulolasi vakillarining barchasini ham faoliyati yuqoridagi ѐndashuvlar asosida baholashga loyiq emasligidan dalolat beradi. Shu jihatdan olganda, tahlil etilgan manbalarga asoslanib, albatta, bunda jamiyat rivojlanishiga ta'sir etgan ob'ektiv va sub'ektiv omillarni hisobga olgan holda, Buxoro amirligi davlatchiligining shakllanish va rivojlanishini muayyan bosqichlarga ajratib o'rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Biz bunda mang'itlar sulolasining dastlabki vakillari tomonidan amalga oshirilgan islohotlar o'z navbatida, mamlakatni birlashtirish va aholi turmush tarzini yengillashtirishda muayyan darajada ijobiy ahamiyat kasb etganligini davrlashtirish uchun mezon sifatida belgilashga harakat qildik.
Agar Buxoro amirligi davlatchiligi taraqqiѐtini ushbu nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, uni quyidagi ikki bosqich doirasida o'rganish maqsadga muvofiqdir:
Birinchi bosqich – dastlabki to'rt mang'it hukmdorlari Muhammad Rahim, Muhammad Doniѐlbiy, amir Shohmurod, amir Haydarning davlatni shakllantirish va rivojlantirish borasidagi siѐsiyhuquqiy, iqtisodiy hamda madaniy-ma'rifiy sohadagi faoliyatlari davrini o'z ichiga oladi. Buxoro amirligi taraqqiѐtining ushbu bosqichini siѐsiy-huquqiy, diniy, madaniy haѐt, tashqi diplomatiya va tashqi savdo masalalarida ijobiy natijalarga erishilgan davr sifatida e'tirof etish mumkin.
Mang'itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahim (1747-1759) o'z hukmronligini dastlab, mamlakatni mustahkamlash hamda davlat uchun muhim bo'lgan mustaqil ѐki yarim mustaqil holatga kelib qolgan ma'muriy-hududiy birliklarni qayta birlashtirishga harakat qilishdan boshlagan.
O'z navbatida, Muhammad Rahim davlatni mustahkamlash va ma'muriy-hududiy birliklarni birlashtirish yo'lida tashqi siѐsiy to'siqlarga duch kelgan. Mahalliy tarixnavislar Muhammad Sharif va Xumuliylarning guvohlik berishicha, afg'on sarkardasi Ahmadshoh Durroniy Burgut va Miѐnqol hududlarida kechgan siѐsiy g'alaѐnlarning yuzaga kelishiga sababchi bo'lgan va mahalliy aholini Muhammad Rahim qo'shiniga qarshi kurashda chetdan turib qo'llab-quvvatlab turgan. Muhammad Rahim Buxoro amirlari orasida mamlakatning barcha hududida muayyan darajada tinchlikni saqlay olgan, davlatning chegaralarini mustahkamlagan hamda tashqi dushmanlardan himoya qilgan yagona davlat boshlig'idir. O'z navbatida, u mamlakatni birlashtirishda muayyan darajada to'siq bo'lib turgan Afg'oniston davlati bilan sulh shartnomasini (1750yil) imzolashga erishadi .
Muhammad Rahim davlatni boshqarishning eng maqbul usuli sifatida o'zi tomonidan shakllantirilgan “yangi davlat” (sulola, davlat, hukumat, hokimiyat, taqdirdagi baxtli burilish)ni ko'rsatadi. Tarixnavis Xumuliyning ma'lumotiga qaraganda, Muhammad Rahimning “yangi davlati” davlat tepasiga yangi sulola – mang'it sulolasining kelishi bilan bog'liq edi . Shu bilan birga, tegishli manbalarni chuqur tahlil etish, Muhammad Rahim davrida davlatni tashkil etish borasida jiddiy o'zgarishlar ro'y bermaganligi to'g'risida xulosa chiqarishga ham imkon tug'diradi. Bunda Muhammad Rahimning unvonlar berish va davlat mansablari tizimiga qisman o'zgartirish kiritish bilan cheklanganligini ko'rsatib o'tish mumkin, xolos. Shu bilan birga, Muhammad Rahim ashtarxoniylar davridan meros bo'lib qolgan salbiy oqibatlar, ya'ni qo'shni davlatlar bilan doimiy urushlar olib borishga qisman chek qo'ygan va mamlakatda muayyan darajada tartib o'rnatishga erishgan. Bu esa o'z navbatida, amirlikda savdo-sotiq va dehqonchilik ishlarining rivojlanishiga turtki bo'lgan.
Dastlabki manbalarga asoslangan xorij tadqiqotlarida ham Muhammad Rahimning davlat boshqaruviga ijobiy baho beriladi. Xususan, Anke fon Kyugelьgen “Muhammad Rahim mamlakatni rivojlantirdi va mamlakatda yashovchilarni baxtiѐr ayladi. U davlatni boshqarish bilan birga o'zini boshqarishni va fuqarolarni hurmat qilishni hamda ularning dardi bilan yashashni unutmadi” – deb qayd etadi. Tarixnavis Somiy ham Muhammad Rahimni saxiy, mehribon, oliyjanob hamda jazolashda qat'iy qaror qabul qiluvchi hukmdor sifatida ta'riflaydi1.
Mang'itlar sulolasining keyingi vakili Muhammad Doniѐlbiy (1759-1785) Muhammad Rahim davrida uning siѐsiy va iqtisodiy masalalar bo'yicha ѐrdamchisi va maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. U davlat tepasiga kelishi bilan oldindan mang'itlarga qarshi bo'lib kelgan o'zga urug'lar tomonidan turli g'alaѐnlar kelib chiqqan. G'alaѐnchilar Muhammad Doniѐlbiyning hukmdorligi legitim (qonuniy) emasligini ro'kach qilib, hokimiyat tepasiga chingiziy(ashtarxoniylar)lar kelishini talab qiladilar. Amirlikka qarashli bo'lgan Shahrisabz, Miѐnqol va Qarshi bekliklarida yana musstaqillik uchun kurash avj olib ketadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, Muhammad Doniѐlbiy Muhammad Rahim vafotidan keyin mamlakatda eng yuqori unvon hamda lavozimga ega shaxs edi. Shuning uchun ham Muhammad Doniѐlbiy barcha olimu-fuzalolar, din peshvolarining tanlovi asosida davlatni boshqara boshlagan.
Muhammad Doniѐlbiy birinchi navbatda davlatda tartibsizliklarni bartaraf etishga va huquqbuzarliklarni oldini olishga e'tibor qaratgan. Ikkinchi o'rinda u nafaqat Buxoro shahri balki amirlik tarkibiga kiruvchi barcha bekliklarda savdo-sotiq, hunarmadchilikni rivojlantirishga hamda fuqarolarga tinchlik va havfsizlikni ta'minlab berishga muyassar bo'lgan. Muhammad Doniѐlbiy ijtimoiy munosabatlarni huqukiy asoslarda tartibga solishning tarafdori bo'lgan. Shuning uchun u fiqh ilmi ulamolarini har taraflama qo'llab-quvvatlagan. Manbalarda keltirilishicha, Muhammad Doniѐlbiy barcha huquqiy masalalarda islom huquqshunoslaridan maslahat
2 .
olgan
Muhammad Doniѐlbiy davlat va jamiyat boshqaruvidagi turli masalalarni kengashgan holda maslahatlashib amalga oshirgan. Xususan, 1781 yilda Rossiya hukumatining Buxoroda savdo shartnomasini tuzishga oid taklifiga u dastlab 92 o'zbek urug'i vakillarining fikrini olishi lozimligini uqtirib o'tadi.
Shuni ta'kidlash joizki, Muhammad Doniѐlbiy so'fizm ta'limotiga alohida e'tibor qaratgan. Xususan, u Muhammad Rahimning vafotidan so'ng mamlakatda boshlanib ketgan turli g'alaѐnlarni oldini olish, xalq tinchligi va havfsizligini ta'minlash maqsadida so'fizm namoѐndalaridan biri hisoblangan Mahdumi A'zamning avlodlaridan biri Ishoq Xojadan maslahat olib turgan. Binobarin, Muhammad Doniѐlbiyning so'fizm ta'limotini ashaddiy tarafdori ekanligi to'g'risida to'liq ma'lumot bo'lmasada, u o'g'li Shohmurodni ushbu ta'limotning yirik namoѐndalaridan biri bo'lib shakllanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan.
Muhammad Doniѐlbiy vafotidan keyin uning o'g'li Shohmurod davlatni boshqarish vakolatini qo'lga kiritadi. U Muhammad Doniѐlbiy davrida Karmana, Qarshi bekliklarini boshqaradi va ma'lum vaqt davomida davlatdagi eng oliy mansablardan biri bo'lmish qushbegi lavozimida faoliyat yuritadi. “Boshdanoq u mamlakatda qattiq tartib o'rnatishga kirishib, ishni sulola mavqeini rasmiy jihatdan mustahkamlashdan boshlaydi. Ya'ni soxta xonlik an'anasiga chek qo'yib, taxtga rasman o'zi chiqadi, lekin xon emas, amir unvoni bilan” .
Shohmurod davlat boshlig'i – amir unvonini ta'sis etar ekan, ushbu unvonning o'zbek va mo'g'ul urug'lari an'analari bilan emas, balki shariat qoidalari asosida yuzaga kelganini asoslab beradi.
Huquqshunos olim Z.Muqimovning ta'kidlashicha, “Amir Shohmurod soliqlardan ezilgan xalqning noroziligi kuchaygan davrda taxtga o'tirganligi uchun ham birinchi islohotni soliqlarni tartibga solishdan boshladi. Butun Buxoro amirligi aholisiga tarxon ѐrlig'i berib, o'zidan avvalgi hukmdorlar joriy qilgan, shariatga to'g'ri kelmaydigan ѐrg'u, boj, tarx, tushmol, yasoq kabi soliqlarni bekor qildi” . Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan soliq islohotlari uning soliq solish va uni undirishni tartibga keltirishga oid farmonlarida aks etgan.
Amir Shohmurod tomonidan o'tkazilgan sud – huquq islohotlari o'z navbatida, mamlakatda sud ishlarini yuritishda nohaqliklarga chek qo'yilishiga, qozilar tomonidan muayyan darajada odillik, adolat va insonparvarlik ruhida sud jaraѐnlarini amalga oshirishga imkon yaratib bergan.
Ushbu sud-huquq islohotlarining yana bir muhim jihati qozining hukmidan norozi bo'lgan tarafning qozi-ul-quzzotga ѐki amirga shikoyat qilish huquqini qo'lga kiritganligida ko'rinadi. O'z navbatida, qozikalonga ѐki amir nomiga ѐzilgan shikoyatnoma o'rganib chi qilib, qozining hukmini asosli ravishda qozi-ul-quzzot bekor qilishi hamda uning qarorini faqat amir bekor qilishi mumkin bo'lgan.
Amir Shohmurod tomonidan o'tkazilgan sud-huquq islohotlari o'z davrida nafaqat Buxoro amirligi, balki boshqa xonliklar uchun ham progressiv ahamiyatga ega edi. Shu bilan birga, amir Shohmurod sudlovni tashkil etish, xususan, quyi sud qozilarining tayinlanishi borasida ham muayyan o'zgarishlarni amalga oshirgan. Binobarin, amir Shohmurodning bevosita tashabbusi bilan qirq a'lamdan
(qonunshunoslardan) iborat tarkibda oliy sud (qozixona) palatasi
1 . Ushbu palatada qozilarning hukmidan norozi bo'lib ѐziltuzilgan gan arz va shikoyatnomalar shariat normalari bilan birga, amir Shohmurod tomonidan tuzilgan qoidalar to'plami asosida ko'rib chiqilgan. Sud palatasida arz ѐki shikoyatnoma ko'rilaѐtganda da'vogarning shaxsan o'zi ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lgan.
Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan ushbu islohotlar xorij olimlari tomonidan ham e'tirof etilgan. Xususan, ingliz olimi X.Malьkolmning ta'kidlashicha, amir Shohmurod davlat va huquq islohotchisi, islom huquqi normalarining g'oyaviy va amaliy kurashchisi hamda davlat boshlig'i sifatida qirq a'lam sudi ishlarida ishtirok etganda taraflarning o'zaro kelishuvi, jabrlanuvchi va ayblanuvchi tomonlarning o'zaro yarashuvining tarafdori edi . U amirlik xazinasidan jabrlanuvchining foydasiga yetkazilgan zararning yarmini qoplash uchun ayblanuvchining kelajakda ijtimoiy tarbiyalanishi, oilasi, farzandlari qarovsiz qolib ketmasligining oldini olish maqsadida foizsiz mablag' ajratish amaliѐtini qo'llagan. Ushbu xususiyati bilan amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan yarashuv mexanizmi o'z davri uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'kidlash joizki, amir Shohmurod tomonidan o'tkazilgan ushbu islohot bugungi kunda sud-huquq amaliѐtida muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Amir Shohmurod shariat normalariga mutlaqo zid bo'lgan va uning talablariga javob bermaydigan zid bo'lgan barcha normalarning amal qilishini bekor qilgan. Tarixnavis Somiyning ma'lumotlariga qaraganda , harbiy sohadagi boshqaruv faoliyatini ulamolarning fatvosi asosida olib borgan hamda aynan uning davrida huquq manbasi bo'lmish sunnaga sezilarli darajada amal qilingan.
Shohmurod vaqf mulklari hamda ulardan tushadigan soliq va boshqa majburiy to'lovlar hisobidan eski madrasa, masjid, honaqo, maktab va mozorlarni qayta tiklaydi. Madrasa mudarrisi, muftiy, imom, qozi va boshqa diniy mansablarga nomzodlarni tayinlashda ularning shariat normalariga amal qilish darajasi, huquqiy bilimlari va huquqiy savodxonligiga e'tibor qaratgan.
U shariat normalarini chuqur o'zlashtirgan madrasa talabalariga soliqlar hisobidan qo'shimcha talabalik haqlari berish tizimini joriy qilgan. Shohmurod nafaqat ta'lim jaraѐnida, balki boshqa fuqarolarning ham islom huquqi normalarini bilishlikka da'vat etish bilan birga, ularga keng imtiѐz va imkoniyatlar yaratib bergan.
Bu borada Xumuliyning ta'kidlashicha, amir Shohmurod fiqhshunos olimlar va viloyat beklaridan amirlikning barcha hududlaridagi masjid va madrasalarda aholiga haqiqiy islom huquqi normalariga asoslangan odat va majburiyatlarni tushuntirishni hamda ularning shar'iy huquqiy bilimlari darajasini yanada oshirishni talab qilgan .
Amir Shohmurodni o'z navbatida islom fiqhshunosligi murabbiysi sifatida ham e'tirof etish mumkin. Shohmurod madrasalarda xanafiy mazhabi, xususan, Burhoniddin al-Marg'inoniyning “AlHidoya” asari, Imom Al-Moturidiyning g'oyalari, Qur'oni Karimni talqin qilish va uni sharhlash bo'yicha Andalusiyalik mashhur Ash-
Shotibiy asarlaridan foydalangan holda dars mashg'ulotlarini o'tkazgan.
Tarixnavis Miriyning ta'kidlashicha, amir Shohmurod so'fiylik ilmini, islom huquqi normalari va majburiyatlari haqidagi ilmlarni Shayx Safardan, Qur'oni Karim ilmini esa uch murabbiydan, ya'ni Hofiz Ashur, Nodir Boqi qori va Niѐzquli qorilardan tahsil olib o'rgangan .
Shu bilan birga, amir Shohmurod huquqiy masalalarga oid bo'lgan kitoblar ѐzgan. Xususan, xanafiya mazhabiga oid bo'lgan barcha fatvolar va qoidalarni mujassamlashtirgan “Fatvoyi ahli Buxoro” va “Ayn ul-Hikma” nomli to'plamlarini ko'rsatib o'tish mumkin . Shu jihatdan olganda, amir Shohmurodning ushbu asarlarini bugungi kunda milliy davlatchilik tarixini o'rganish va uni ilmiy tahlil etishda nodir va qimmatli huquq manbasi sifatida qarash lozim.
Amir Shohmurod nafaqat Buxoro shahrida balki amirlikning turli viloyatlariga borib ulardagi masjid va madrasalarda shariat huquqi normalari va ularni tadbiq etishga oid masalalar yuzasidan mashg'ulotlar o'tkazib kelgan. Masjidlarda imomlik qilib, namoz tugaganidan so'ng “oliy yig'in”(majlisi oliy)ni chaqirgan hamda unga ilm ahlini, qozilarni, hadisshunos olimlarni to'plagan. Ushbu majlislarda islom huquqi normalariga, huquqiy odatlarga asoslangan holda aholiga ularning fiqhiy muammolarga oid savollariga javob qaytargan.
Amir Shohmurod Buxoro amirligi hududida qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari va yer unumdorligini oshirish maqsadida ariqlar, zovurlar qazdirgan, darѐ va irmoqlarni qaytadan ta'mirlagan.
Amerikalik olim G. Xembli amir Shohmurod shaxsiga, uning davlat boshlig'i va davlatni boshqarish san'atining o'ziga xosligiga alohida e'tibor berib, Shohmurodning ѐshlik yillari Buxoroning qadimiy Masjidi Kalonida diniy va dunѐviy ilmlarni o'rganish bilan o'tganligini, u darvesh jamiyatining odatlari va kiyimlarini saqlab qolib, hatto o'z qo'shinlarini jangga boshlab boraѐtganda ham oddiy past bo'yli otida borishini, harbiy yo'lboshchi sifatida ajoyib tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini ta'kidlab o'tadi.
O'z navbatida G.Xembli amir Shohmurodning siѐsiy-huquqiy faoliyatiga quyidagicha baho beradi: “U Afg'onistonning Durroniy hukmdorlaridan Balxni tortib ololmasada, ammo Eronga qarshi Amudarѐni yildan-yilga muvaffaqiyatli kesib o'tdi. Uning asosiy maqsadi Eron madaniyat markazi sanalmish Marvni egallab olish edi. Shuning uchun ham Buxoro aholisi amir Shohmurodni harbiy zafarlari tufayli shariatning qat'iy talablari kabi hurmat qilardi” .
Tarixchi olim T.Fayziyev ham amir Shohmurodga davlat boshlig'i sifatida quyidagicha ta'rif beradi: “Begunoh amir nomini olgan Shohmurod shariat ishlariga keng yo'l ochgan, vaqflarni tiklagan, masjid va madrasalar ishiga katta e'tibor bergan. U zohidlarga xos haѐt kechirib, mamlakatda ro'y bergan siѐsiy-iqtisodiy vaziyat taqozosiga ko'ra, bir necha jangu-jadallarda bo'ldi. Mang'itlar saltanatida bid'at va nomashru ishlarni tag-tomiridan uzgan birinchi hukmdor bo'lgan”1.
Sobiq ittifoq davrida milliy davlatchiligimizni, xususan, adolatli hukmdorlarni hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ko'plab ezgu ishlarni o'rganish uchun yetarli tarixiy manbalar mavjud bo'lishiga qaramasdan, ularni o'rganishga deyarli rag'bat ko'rsatilmagan. Shu asosda davlatchilikni rivojlanishiga muayyan darajada o'z hissasini qo'shgan amir Shohmurodga o'xshagan hukmdorlar faoliyati ham bir tomonlama ya'ni faqat salbiy nuqtai nazardan o'rganilgan. Holbuki, o'z davrida mang'it hukmdorlarining faoliyatini tanqidiy tasvirlagan Ahmad Donish ham amir Shohmurodni xalifa Umar bilan bir qatorga qo'yib amirlik gilamini kambag'allik kiyimi bilan bezadi, jahon bog'idan dushmanlik va ѐmonlik tomirini sug'urib tashladi va adolat nihollarini o'tkazdi, - deb uning faoliyatini yuksak baholagan edi.
Amir Shohmurod faoliyati yuzasidan xulosa o'rnida aytish mumkinki, mang'itlar hukmronligi davrida Buxoro amirligida davlatchilikni taraqqiy etib shakllanishi va rivojlanishi aynan u davlatni boshqargan davrga to'g'ri keladi. O'z o'rnida yuqoridagi xislatlarga ega bo'lgan davlat boshlig'i haqida Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o'tish o'rinli deb hisoblaymiz: “Odil va oqil hokimiyat xalq kayfiyatini, uning irodasini albatta hisobga oladi. Xalqning iste'dodini, undagi barcha olijanob xislatlarni ishga soladi, xalq g'ayratini yaratuvchilik yo'liga boshqa-
2 .
radi”
Amir Shohmuroddan so'ng davlatni boshqarish uning o'g'li Qarshi bekligining hokimi amir Haydar qo'liga o'tadi. Amir Haydar davlatni boshqarish masalasida otasi amir Shohmurod siѐsatining izchil davomchisi edi. Ushbu holat ayniqsa, uning ulamolarga munosabati va tashqi siѐsatni izchillik bilan davom ettirishida ko'rinadi.
Amir Haydar o'z hukmronligi davrida asosan ichki dushmanlarga qarshi kurash olib boradi. Shahrisabz, Samarqand, Urgut bekliklarida bo'lib o'tgan g'alaѐnlar, Marv vohasi uchun Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan olib borilgan urushlar Amir Haydarni davlatda harbiy-siѐsiy islohotlar o'tkazishga majbur qildi.
U olib borgan tinimsiz kurashlar natijasida 1817-1850 yillarda Balx vohasi qo'lga kiritildi, Maymana, Badaxshon va Qunduz viloyatlari amirlik hududiga qo'shib olindi. Amir Haydar davlatni boshqarishda asosan tashqi munosabatlarga e'tibor qaratadi, xususan, u afg'on hukmdori Ahmad Shoh Durroniyning o'g'li Sho'ja alMulkom bilan ikki mamlakat o'rtasida o'zaro do'stlik rishtalarini qayta tiklashga muvaffaq bo'lgan.
Buxoroga qo'shni davlatlarning hukmdorlari amir Haydar hukmronligini zaiflashtirish maqsadida uning saroy a'ѐnlari va beklari, qarindosh-urug'lari va birodarlariga turli va'dalar berib, ularning o'zaro totuvligiga putur yetkazishga intilganlar. Markaziy hokimiyatga qarshi isѐn ko'targan Nosiriddin To'ra 4000 askar bilan Marvdan chiqib, Chorjo'yga kelganida amir Haydar unga qarshi Niѐzbek parvonachini 10 000 kishilik qo'shinga qo'mondon qilib jo'natgan.
Shuningdek, qo'shni davlatlar Buxoro amirligi ichida ko'tarilgan turli g'alaѐnlardan o'z maqsadlari yo'lida foydalanishga uringanlar. 1821-1825 yillarda amir Haydarning soliq siѐsatiga qarshi xitoy-qipchoqlar ko'targan Miѐnqol qo'zg'oloni katta qiyinchilik bilan bostirilgan. Ushbu qo'zg'olonga qo'shni davlatlardan ko'mak ko'rsatilib, shu orqali Buxoro davlatini zaiflashtirishga harakat qilingan.
Amir Haydar boshqa mang'it hukmdorlaridan farqli ravishda o'z qo'shinidagi askarlarga muntazam ravishda yaxshi maosh to'lab borgan. Bundan tashqari u mamlakatdagi soliq yig'uvchilarga yillik maosh ajratish bilan birga, ularga yiliga ikki marta sarupo ulashgan. O'z navbatida kambag'allar, yetim-esirlar, qashshoqlar, darveshlar, muhojirlar va mullalarga har yili nafaqa berish uchun katta miqdorda mablag' ajratgan. Shu bilan birga, amir Haydar amirlikda xitoyqipchoqlar tomonidan yuzaga kelib turadigan turli mojarolarni oldini olish maqsadida ushbu hududlarga nisbatan turli to'lovlar miqdorini kamaytirgan.
Amir Haydar mamlakatda muayyan darajada huquqiy tizimni mustahkamlashga ham harakat qilgan. Bu borada tarixchi olim Q.Rajabovning e'tirof etishicha, “Amir Said Haydar islom fiqhining hanafiya mazhabiga oid “Al-favoid al-alfiya” nomli asar ham ѐzgan. Amir Haydar davlat hujjatlarini tizimlashtirishga alohida e'tibor qaratgan mang'itlar sulolasining dastlabki hukmdorlaridan biri ekanligi bilan ham diqqatga sazovordir” . Tarixnavis Somiy ham amir Haydarni ziѐli davlat boshlig'i va odil hukmdor sifatida baholab, uning davlat ishlari bilan nechog'lik band bo'lishiga qaramasdan olimu-fuzalolar bilan huquqiy mavzulardagi mashg'ulotlarda doimo ishtirok etishini hamda ularning fikriga tayanib ish tutganligini e'tirof etadi.
Amerikalik olim G. Xembli ham amir Haydarning davlatni boshqarishga oid xususiyatlarini inobatga olgan holda uning faoliyatiga quyidagicha ta'rif beradi: “amir Haydar shahzodalarning rolini darveshlik bilan bir darajada muvaffaqiyatli bog'ladi”. O'z navbatida amir Haydarning maktub va nomalarini o'rgangan olim Sh.Tilavov: “savodli va ilmli bo'lmagan hukmdorning turli-tuman mavzularda shunchalar maktublar ѐzishiga ishonish qiyin”, - deb unga yuksak baho beradi.
Buxoro amirligi davlatchiligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1826-1920 yillarni o'z ichiga oladi. Ushbu davrda davlatda mang'it sulolasidan amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar hukmronlik qilganlar.
Amir Nasrullo hokimiyat tepasiga otasi amir Haydarning o'limidan so'ng olti oy o'tgandan so'ng kelgan. U milliy davlatchilik tarixida kuchli, jasur hamda qattiqqo'l davlat boshlig'i sifatida joy olgan.
Tarixchi va saѐhatchilarning ma'lumotlariga qaraganda, amir Nasrullo hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga haqiqiy zarbani berdi. Amir Nasrullo tomonidan olib borilgan harbiy-siѐsiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana borgan. Olib borilgan tinimsiz urushlar barobarida Qo'qon xonligi (1842y) hamda Shahrisabz (1856y) bekligi egallanadi.
Amir Nasrullo tashqi siѐsat masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli ravishda, Markaziy Osiѐning iqtisodiy salohiyatiga talabgor bo'lgan ikki yirik davlatlar Rossiya va Angliya bilan ochiq siѐsat olib borish dasturini amalga oshirgan. XIX asr 30 yillarining boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya kompaniyasining topshirig'i bilan kelgan leytenant Aleksandr Berns bilan olib borilgan muzokaralar asosida Angliya davlati bilan qisqa muddatga bo'lsada, o'zaro hamkorlik munosabatlari o'rnatiladi.
Shu bilan birga, ayrim tarixiy manbalarda amir Nasrullo shafqatsiz hukmdor sifatida e'tirof etiladi. Lekin ingliz olimi Uiler amir Nasrulloni: “shafqatsiz hamda mustabid hukmronligiga qaramasdan, u davlat qurilishi yo'lida bir qator ijobiy ishlarni ham amalga oshirdi. O'ziga sodiq harbiylar bilan birga professional qo'shin tashkil qildi, bir qancha sug'orish loyihalarini va ma'muriy-huquqiy islohotlarni amalga oshirdi” deb, uning davlatni boshqarish faoliyatiga ijobiy baho beradi.
Amir Nasrullodan keyin davlatni boshqargan mang'it sulolasi vakillaridan amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar davri milliy davlatchilik tarixida kam o'rganilgan davr bo'lib, tegishli manbalarda ushbu hukmdorlarga nisbatan deyarli ijobiy baho berilmagan. Istiqlol sharofati ila milliy davlatchilik manbalarini tadqiq etish jaraѐnida yuqorida nomlari zikr etilgan hukmdorlar tomonidan ham muayyan darajada islohotlarni amalga oshirishga harakat qilinganligiga guvoh bo'lamiz.
Xususan, amir Abdulahad sud-huquq tizimini tubdan isloh qilishga hamda ushbu sohani yanada insonparvarlik tamoyili asosida shakllantirishga, amir Olimxon jamiyatda poraxo'rlikni butunlay yo'qotish va ta'lim tizimini tubdan isloh etishga uringanlar.
Buxoro davlatining butunlay Chor Rossiyasi tarkibiga qo'shib olinishini oldini olish maqsadida amir Muzaffar chor hukumati bilan sulh shartnomasini tuzishga majbur bo'lgan. Ushbu shartnoma asosida Buxoro amirligi tashqi va ichki siѐsiy masalalarni hal qilishda mustaqillikdan mahrum bo'lib Rossiya davlati ostidagi yarimmustamlaka davlatga aylandi. Ayniqsa, chor qo'shinlarining 1871-1872 yillarda Zarafshon darѐsi boshqaruvini nazoratga olishlari Buxoroning bundan keyingi rivojlanishiga salbiy ta'sir o'tkazgan.
Buxoro amirligi bilan Rossiya davlati o'rtasida tuzilgan sulh shartnomasidan kelib chiqib, 1884 yilda Buxoro bilan Kattaqo'rg'on shaharlari orasida telegraf aloqasi hamda 1888 yilda Chorjo'y, Amudarѐ, Buxoro va Samarqandgacha, nihoyat 1898 yilda Toshkentgacha temir yo'llari ѐtqiziladi.
Shu bilan birga, amirlik ijtimoiy haѐtidagi o'zgarishlar davom etib borgan. Maorif sohasida amalga oshirilgan yangi o'quv usullari – “usuli jadid”ni joriy qilish maqsadida 1893 yilda Ismoilbek Gaspirinskiy shaxsan Buxoro amiri Abdulahad bilan muzokaralar olib borgan. Shu bilan birga, musulmon dini rivojiga alohida e'tibor bergan, natijada esa ulamolar soni 500 dan 150 ming kishiga ortgan.
Ma'lumki, Buxoro amirligining so'nggi hukmdori amir Said Olimxon hukmronligi davri adabiѐtlarda salbiy jihatdan ѐritilgan. Biz esa, ushbu amir davrini xolisona ravishda o'rganishga harakat qildik.
Amir Said Olimxon mamlakatda tartib-intizom o'rnatish, ma'rifatparvarlikka yo'l ochish hamda obodonchilik ishlarini jonlantirishga muayyan darajada harakat qilgan. Bu borada amir Said Olimxon o'zining “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomli memuar asarida quyidagilarni ѐzadi: Buxoro minorasining past tomonida, bozorning ichki tomonida o'z nomimdan Dor-ul-ulum – Bilim uyi bo'lgan bir madrasa qurdirdim; har xil ilmdan dars beruvchi muallimlar tayin ettirdim. Bozor va yo'l obodligiga ko'p harakat qildim, uch yil ichida Buxoro mamlakati ancha obod bo'ldi, unga zeb-ziynat va tartib-intizom o'rnatdim. Mening sa'yi-harakatimdan Buxoro aholisi va butun mamlakat mamnun bo'ldi.
Amir Said Olimxon hukmronligi davrida “Yosh buxoroliklar”ning talablari asosida bir qator islohotlar amalga oshirilishi mo'ljallangan edi. Bu esa o'z navbatida “Yosh buxoroliklar” harakatini siѐsiy-huquqiy masalalarni hal qilishdagi rolini yanada kuchaytirdi. Jumladan:
- mahalliy soliqlar 10 foizgacha qisqartirilgan;
- harbiylar oylik haqi oshirilgan (piѐda xizmatchilarga oyida 3-9 rublgacha, otliq qo'shinlarga 6-20 rublgacha);
- ѐshi ulug' bo'lgan harbiy xizmatdan ozod etilgan kishilarga oyida 3 rublgacha nafaqa tayinlangan;
- qozilarga sud jaraѐnida taraflardan aniq belgilangan miqdordagi boj haqi undirish buyurilgan;
- Rais – shahar boshlig'ining xarajatlari qisqartiriladi; - Muqaddas yerlardan foyda olishga ruxsat beriladi; - Keng qamrovli homiylik faoliyatiga asos solingan.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, amirlikda o'tkazilishi ko'zlangan islohotlar monarxiya davlat boshqaruviga hamda shariat normalariga asoslangan emas edi. Shuning uchun islohotning e'lon qilinishi bilan mamlakatda siѐsiy vaziyat keskinlashib, turli kuchlarning qarshiligi yanada kuchaydi.
Shu bilan birga, Said Olimxonning davlat boshqaruvida iqtisodiy masalalarga ham alohida e'tibor qaratgan va bir qator yutuqlarga erishgan amir sifatida baholash mumkin. F.Xo'jayevning ma'lumotlariga qaraganda, amirlikda bir qator hissadorlik jamiyatlari, banklar, sanoat va ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilgan. Olingan daromadlar temir yo'l, aloqa va maishiy xizmat ko'rsatish sohalariga ajratilgan .
Buxoro amirligi davlatchiligi shakllanishi va rivojlanishi xususida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
Birinchidan, tarixiy-ilmiy xolislikka asoslanib ushbu davrni ikki bosqichda o'rganish muhimdir; ikkinchidan, bir yarim asrdan ortiq davlatchilikka ega bo'lgan Buxoro amirligida davlat-huquqiy tartiblar muayyan darajada amal qilgan; uchinchidan, o'z davrida ijobiy xarakterlangan va bugungi kun uchun ham ahamiyatga ega bo'lgan amir Shohmurod va amir Haydarlar boshqaruv faoliyatiga ijobiy baho berish mumkin; to'rtinchidan, Buxoroning so'nggi amirlari davlat mustaqilligi va xavfsizligini ta'minlashda muyayan darajada o'z xissalarini qo'shganlar; beshinchidan, Buxoro amirligi o'sha davrda O'rta Osiѐda siѐsiy-huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda yetakchilik qilgan; oltinchidan, amirlikda parokandalik va boshboshdoqlikning kuchayib ketishiga tashqi omillar sezilarli darajada ta'sir etgan; yettinchidan, milliy davlatchilikning muhim davrida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklardan bugungi kunda rivojlanaѐtgan mustaqil O'zbekiston amaliy faoliyati uchun tarixiy saboq chiqarish lozimdir.


Download 43,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish