shaxmat shakli deb yuritiladi. Asosan, kartochkalar xo‘jalik mablag‘larining butunligini to‘la ta’minlash ustidan joriy nazorat shaklida olib borishda alohida e’tiborga egadir. Analitik hisoblar bo‘yicha oy oxiriga tuzilgan oborot vedomostlari tegishli sintetik hisoblar yakuni bilan taqqoslab boriladi.
Jurnal-order shaklining bir qator korxonalarda qo‘llanilishi va yaxshi natijalar berganligini hisobga olib, 1949yilda sobiq Ittifoq Moliya vazirligi ilg‘or korxonalarning natijalarini umumlashtirib, jurnal-order shaklining namunali registrlarini ishlab chiqdi va bu shaklni xalq xo‘jaligida keng joriy qilish tadbirlarini belgiladi.
Hisobning jurnal-order shaklining umumiy chizmasi quyidagicha:
Jurnal orderi
Analitik hisoblar bo‘yicha oborot daftari
Bosh daftari
Buxgalteriya balansi Yozuvlar
Yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar jamlash va guruhlash vedomostlarida (jurnal-order) va yordamchi vedomostlarida olib boriladi. Buxgalteriyaga topshirilgan boshlang‘ich hujjatlar memorial-orderlarda aks ettirilmasdan, birdaniga jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Chunki buxgalteriya hisobining bu shaklida qo‘llaniladigan jurnallar bir vaqtda xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya provodkalari bilan rasmiylashtiruvchi orderlar hisoblanib, memorial-orderlarda aks ettirish zarurati tug‘ilmaydi.
Buxgalteriya hisobining bu shaklining jurnal-order deb atalishiga sabab, bu yerda memorial-orderlar o‘rnini, avvaldan hisoblarining korrespondensiyasi tuzilib qo‘yilgan maxsus hisob registrlari, ya’ni jurnal-orderlari egallaydi, shuning uchun buxgalteriya hisobining bu shakli jurnalorder deb ataladi.
Bu shakl xronologik va sistematik yozuvlarda birga qo‘shilib olib boriladi, ya’ni, asosan, kombinatsiyalashgan registrlar ishlatiladi. Asosiy registr bo‘lib jurnal-order, yordamchi vedomostlar hisoblanadi.
Har bir jurnal-order ikki registrdan:
— vedomostdan;
— jurnal-orderdan tuziladi.
Vedomostlardan foydalanishning mohiyati shundan iboratki, tashkilot va muassasalar oy davomida bir turdagi operatsiyalarni ko‘p amalga oshirishlari mumkin. Bunday paytda bir turli operatsiyalar vedomostlarda oy davomida yig‘ilib, oy oxirida esa jurnal-orderi to‘ldiriladi. Vedomostlar faqat jurnal-orderiga yozish uchun asos bo‘lib qolmasdan, ular analitik registrlar vazifasini ham bajaradi. Jurnal-order yozuvlari bir vaqtda shaxmat usulida, ikki tomonlama yozuvga asoslanib olib boriladi, ya’ni biri hisobning debeti bo‘yicha, ikkinchisi esa kredit bo‘yicha. Ayrim jurnal daftarlar iqtisodiy mazmuni jihatdan bir-biriga mos bo‘lgan bir necha sintetik hisoblar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin, masalan: 13 nomerli jurnal-order «Asosiy vositalar», «Asosiy vositalarning eskirishi», «Ustav fondi» kabi sintetik hisoblarning kredit orderi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangandir.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hujjatlarning aylanishi tezlashadi, memorial-orderlar kabi ro‘yxatga olish jurnallari tuzilmaydi, hisob registrlarda yozuvlar takrorlanishi yo‘qoladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli hozirgi vaqtda savdo tashkilotlarida keng qo‘llanilmoqda.
Hisobning jurnal-order shakli bir qancha fazilatlarga ega. Bu shaklda ro‘yxatga olish jurnali tuzilmaydi va hisob ishlarining hajmi qisqaradi. Jurnal-orderidagi yozuvlarning yaqqol va tushunarli bo‘lishi tufayli xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish osonlashadi va hisoblash mashinalaridan foydalanishning asosiy yo‘llarini belgilab beradi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasida buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish va buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatilgandir.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
Buxgalteriya Hisobi Nazaryasi -2013
Do'stlaringiz bilan baham: |