Reja :
Kirish
1. Bozor muvozanati haqida tushuncha
2. Bozor muvozanatiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar tahlili.
3. Davlat tomonidan tovarlarga minimal va maksimal baholar o`rnatish oqibatlari
4. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish istiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklarning buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklarning kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir.
Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini- o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda.
O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida “ Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo`lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o`tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo`yicha qat’iy qadamlar qo`yildi , deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Bu islohotlarning asosiy maqsadi- aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir.
Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so`zsiz davom ettiriladi.
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni- bu Bosh vazir yoki uning o`rinbosarlari bo`ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo`ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo`lib qolishi kerak.
Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi- o`zimiz mas’ul bo`lgan soha va tarmoqda ishlarning aholining tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni ma’sulyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi” deya ta`kidlaydi .
Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda.
Hozirgi kunga kelib, O’zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot hajmi sezilarli darajada oshib bormoqda , o`z navbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Bu kabi iqtisodiy o`zgarishlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, pul-valyuta va to’lov nizomini mustahkamlanib borishiga asos bo`lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |