2-rasm. Daraxtlar
Nastarin
Maymunjon
3-rasm. Butalar
Qoraqat
Yarimbutalar poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklardir. Cho‘llarda keng tarqalgan o‘simliklardan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir (4-rasm).
Ko‘p yillik o‘tlar - yerusti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o‘simliklar. Bularga beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sal- lagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o‘simliklar kiradi (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |