1 bosqich: O'rama simni uskunaga uzatish va to'g'irlash



Download 9,58 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi9,58 Kb.
#345639
Bog'liq
Qurilish hom --WPS Office


Qurilish hom - ashyolari qatori mix ham qurilish sohasida juda katta ahamiyatga ega bo'gan mahsulot turidir. Mixga doimiy katta talab bo'lib kelgan va hozirgacha ushbu talab saqlanib qolmoqda. Mix ishlab chiqarish biznesi unchalik qiyin ish emas. Bu ishlarni bir necha bosqichga bo'lgan holda o'rganib chiqishimiz mumkin.

1 - bosqich: O'rama simni uskunaga uzatish va to'g'irlash.

2 - bosqich: Simni kesish.

3 - bosqich: Kesilgan simni uchini o'tkirlash va unga qalpoq chiqarish.

4 - bosqich: Tayyor mixlarni qutilarga joylash va uni sotish.

Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish uchun bizga mix ishlab chiqarish uskunasi va sim kerak bo'ladi.

Uskunalar turlari juda ham ko'p, biroq, faoliyatimizni sifatli tashkil etish uchun bizga sifatli uskuna kerak bo'ladi. Taklif sifatida esa sizga AY-4116 mix ishlab chiqarish uskunasini aytishimiz mumkin. Chunki, bu uskuna to'liq avtomat bo'lib, uskunaga ishchi kuchi deyarli talab etilmaydi. Uskuna narxi esa "Sangzor Lux Brand" MChJdagi narxga ko'ra 80 800 000 so'mdan boshlab 120 000 000 so'mgacha baholanadi.

Keyingi ish bu ruxlangan po'lat simlarini sotib olish. Simning og'irligi 200 kilogrammdan 1.5 tonnagacha bo'lishi mumkin. 1 tonna simning narxi 4 million so'mgacha bo'ladi.

Birinchi bo'lib uskuna va sim o'ramini sotib olamiz. Keyin esa, mix ishlab chiqarishni boshlashimiz mumkin.

Ishlab chiqarishni boshlash uchun AY-4116 mix ishlab chiqarish uskunasiga o'ramdagi simning bir uchini bir marta o'tkazib olamiz. Qolgan ishni esa uskunaning o'zi bajarib beradi. Uskuna simni tortib oladi va uch tarafini o'tkirlashtiradi va unga qalpoq shaklini keltirib beradi. Bu ishlarning barchasini uskunaning o'zi bajaradi.

Uskuna 1 daqiqada 300 - 400 dona mix ishlab chiqarib berish quvvatiga ega. Shuning uchun ham uskuna to'liq avtomat rejimdagi uskuna deb ataladi. Ishchi kuchi esa mix ishlab chiqarish jarayonida simlar tugaganda ularni almashtirib turish, tayyor mahsulotni quitlarga joylash va ularni sotish uchungina kerak bo'lishi mumkin.

HISOB - KITOB

Bir dona uskuna bir kunda 8 soat, 1 oyda 25 kun ishlaganda ham siz oyiga 30 tonna mahsulot olishingiz mumkin. Agarda bir tonna mix 5 000 000 so'mga baholansa undan, sotib olinadigan sim narxini olib tashlasak 1 000 000 so'm tushum bo'lishi mumkin. Bu esa bir oyda ish kuni 25 kun hisoblanganda 20 000 000 so'mdam ortiq tushum bo'lishi mumkin degani. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning har oyda to'liq sotilishi ehtimoli kam bo'lishi mumkinligini hisobga olgan taqdirimizda ham agarda ishlab chiqarilgan mahsulotning 50 % miqdorida sotilsa bu loyiha egasiga bir oyda 10 00 000 so'mdan ortiq tushum olib kelishi mumkin. Bunday tushum bilan siz uskuna uchun sarflagan 120 000 000 so'm pulingizni 1 yilga bormasdan foydaga chiqarib olishingiz mumkin.

Endi esa sof foydani hisoblab ko'rsak.

1 oyda 30 tonna mix ishlab chiqarish mumkin bo'lsa 25 ish kuniga hisoblanganda, bu kuniga 1.2 tonna mix ishlab chiqarish mumin degani.

1 tonna mix 5 000 000 so'm deb baholansa bu kuniga 6 000 000 so'm tushum degani.

Endi bir oylik tushumni hisoblaymiz:

30 tonna mix * 5 000 000 so'm = 150 000 000 so'm tushum.

Soliq xarajatlari:

Soliq xarajatlari yuridik shaxs maqomida soliq to'lovchilar sifatida hisoblanmoqda. Ya'ni, hisob raqamdagi pul aylanmasi(daromad)dan 4 % miqdorida hisoblanadi.

150 000 000 so'mning 4 % miqdori = 6 000 000 so'm soliq to'lovi.

*Ish haqi uchun:

1 000 000 so'm * 3 nafar = 3 000 000 so'm

*uskuna to'liq avtomat rejimida ishlaganligi bois 1 nafar ishchi uskunaga simni almashtirib turishi uchun, 1 nafari buxgalteriya uchun va yana 1 nafari tayor mahsulotni sotish (marketing) uchun zarur bo'ladi.

Mahsulot olish uchun homashyo 30 tonna mix ishlab chiqarish uchun 30 tonna sim zarur bo'ladi.

30 tonna sim * 4 000 000 so'm = 120 000 000 so'm sim sotib olish uchun.

Ekspluatatsiya xarajatlari:

Elektr to'ki - oylik o'rtcha 250 000 so'm miqdorida.

Uskunaning buzilib qolish ehtimollari uchun ajratmalar bir yil uchun 3 000 000 so'm, bir oy uchun 250 000 so'm.

Ko'zda tutilmagan boshqa xarajatlar uchun: 200 000 so'm

Jami xarajatlar:

120 000 000 so'm sim sotib olish uchun + 6 000 000 so'm soliq + 3 000 000 so'm ish haqi + 250 000 so'm elektr to'ki + 250 000 so'm uskuna xavfsizligi ajratmasi uchun + 200 000 so'm ko'zda tutilmagan boshqa xarajatlar uchun = 129 700 000 so'm jami xarajat.

Sof daromad:

150 000 000 so'm tushum - 129 700 000 so'm jami xarajatlar = 20 300 000 so'm sof daromad.

Yillik tushum, xarajat va daromad:

150 000 000 so'm tushum * 12 oy = 1 800 000 000 so'm tushum

120 000 000 so'm sim sotib olish uchun * 12 oy = 1 440 000 000 so'm sim sotib olish uchun

6 000 000 so'm soliq * 12 oy = 72 000 000 so'm soliq

3 000 000 so'm ish haqi * 12 oy = 36 000 000 so'm ish haqi

250 000 so'm elektr to'ki * 12 oy = 3 000 000 so'm elektr to'ki

250 000 so'm uskuna xavfsizligi ajratmasi uchun * 12 oy = 3 000 000 so'm uskuna xavfsizligi ajratmasi uchun

200 000 so'm ko'zda tutilmagan boshqa xarajatlar uchun * 12 oy = 2 400 000 so'm ko'zda tutilmagan boshqa xarajatlar uchun

Jami yillik xarajat:

1 440 000 000 so'm sim sotib olish uchun + 72 000 000 so'm soliq + 36 000 000 so'm ish haqi + 3 000 000 so'm elektr to'ki + 3 000 000 so'm uskuna xavfsizligi ajratmasi uchun + 2 400 000 so'm ko'zda tutilmagan boshqa xarajatlar uchun = 1 556 400 000 so'm jami xarajat.

Jami yillik daromad:

1 800 000 000 so'm tushum - 72 000 000 so'm soliq - 36 000 000 so'm ish haqi - 3 000 000 so'm uskuna xavfsizligi ajratmasi uchun - 2 400 000 so'm ko'zda tutilmagan boshqa xarajatlar uchun = 243 600 000 so'm sof daromad.



Ko'rinib turibdiki ushbu tadbirkorlik faoliyati ortidan yillik 243 600 000 so'm sof daromad olish mumkin bo'ladi.
Download 9,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish