Мен турли синов ва курашларда тобланган, иймон-иродаси мустаҳкам халқимизнинг ақл-заковати ва азму шижоатига ишонаман.
Мана шундай буюк инсоний фазилатлар соҳиби бўлган, айниқса, бугунги синовли кунларда ўзининг матонати ва ҳамжиҳатлиги билан чинакам жасорат кўрсатаётган қаҳрамон халқимизга фарзандлик меҳри ва садоқати билан бош эгиб таъзим қиламан.
Азиз ва муҳтарам ватандошларим!
Сизларни Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллик байрами билан яна бир бор чин дилдан табриклайман.
Барчангизга сиҳат-саломатлик, оилавий бахт ва омад ёр бўлсин!
Фарзандлар, набиралар камолини кўриб юриш ҳаммамизга насиб этсин!
Гўзал ва бетакрор юртимиз ҳамиша тинч ва фаровон бўлсин!
Меҳнаткаш ва олижаноб, бағрикенг халқимиз доимо соғ-омон бўлсин!
Яратганнинг ўзи барчамизни паноҳида асрасин!
Мустақиллигимиз абадий бўлсин!
3-босқич (15 дақиқа)
KOMILLIKKA INTILISH VA MA’NAVIYATINI
BOYITISH TALABA QOBILIYATLARINING BIRI.
Inson har doim o’zining oldiga maqsad qo’yib,shu maqsadlarga qarab intiladi.Ammo inson o’z oldiga qanday maqsadlar qo’yishi kerak? va shu maqsadlar yo’lida qanday qoidalarga asoslanib yashashi kerak?degan savollarga hamma vaqtda tortishuvlarni keltirib chiqaryapti.Bu savollarga javob falsafadagi ma’naviyat masalasi bilan bog’liq.Ma’naviyat masalasining murakkabligi uning qarama-qarshi tabiati bilan bog’liq.Sababi u bir tarafdan insonning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi,unga yo’nalish beruvchi qoidalar sifatida qaralsa, ikkinchi tarafdan ma’naviyat insonga tashqaridan berilgan qoida sifatida emas,bunga o’zining xohishi bo’lishi kerak.Boshqacha aytadigan bo’lsak ma’naviyat insondan yuqori turuvchi boshqaruvchi, ammo u insonga yuqoridan berilsa ma’naviyat bo’la olmaydi.Bu qoidalar insonning o’zidan kelib chiqishi lozim.Inson o’ziga o’zi qarshi chiqib,o’zini o’zi taqiqlab borishi lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan murakkablik insonning,tabiati bilan bog’liq.Bu yana bir bor insonning ulug’ligi,uning dunyodagi boshqa narsa va hodisalarning ulug’ligidan darak beradi. Inson o’ziga qoidalar qo’yib,o’ziga qarshi chiqib,o’zini o’zgartirib o’tiruvchi jonzot va bu xususiyat uning asosiy mazmunini tashkil etadi.Inson shu xususiyati bilan ulug’,agar inson shu xususiyatini yo’qotsa hatto boshqa jonzotlardan ham quyi darajaga tushishi mumkin.
Ma’naviyat insonning oldiga qo’yadigan qoida va maqsadlar bilan bog’liq ekan,demak uning mazmunini odob-axloq tashkil etadi. Sababi odob-axloq deganimizda odam faoliyatini tartibga solib turadigan,ammo huquq,dastur qoidalari insonning o’zi tomonidan tushunib amal qilinishi bilan ajralib turuvchi qoidalarni tushinamiz.Bu odob-axloq bilan ma’naviyat bir degan fikr kelib chiqishi mumkin.
Ammo odob-axloq yoki insonning o’z oldiga qo’yadigan qoidalarni tushunadigan bo’lsak,ma’naviyat esa shu qoidalarni amalga oshirishimiz to’g’ri keladi.Sababi odob-axloq qoidalari inson tomonidan tushinilib,maqullanadi,ammo u xatti-harakatga o’tmasdan faqatgina niyat bo’lib qolishi mumkin.Buni har bir inson o’zining xatti-harakatlarini boshqalarning harakatlarida,xarakterlarida namoyon bo’ladi. Biz qanday bir yaxshi niyatni ish-harakatlarni maqullaganimiz bilan, uni bajarishga kelganda “mening qo’limdan nima kelar edi” , “ammo zamonning o’zi shunday” degan fikrlar bilan undan chetlashamiz.Boshqacha aytganda odob-axloq qoidalarini aytganimiz bilan uni amalga oshirishga kelganda ikkilanamiz.
Ma’naviyat bo’lsa shu maqsadlarni so’zsiz bajarishni anglatadi.Ma’naviyatli kuchli inson deganimizda o’zining oldiga qo’ygan maqsad va niyatlarini har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan amalga oshira olgan odamlarni nazarda tutamiz.Ma’naviyati yo’q deb o’zining oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishga qo’rqqan odamlarni aytamiz.Hatto odob-axloq haqida aytib,ularni ulug’lash bilan shug’ullanadigan,ammo buni amalga oshirishni o’ziga vazifa deb bilmaydigan odamlarni “ikki yuzli” odam deb qoralaymiz.Bu hodisalar islom dinida ham maqsad va ish-harakatning o’zaro bog’liqligi ko’rsatilgan.Agar inson yaxshi niyatlarni ko’zlamagan bo’lsa unda ish-harakat savob sanalmasligi nazarda tutilgan.Maqsad ko’zlanib ammo harakat holati amalga oshirilmagan bo’lsa maqsadi to’liq amalga oshirilmagan hisoblanadi.Maqsad bilan ish-harakatning birlashishi ixlos atamasi bilan beriladi.
Bunda ma’naviyatning oddiy lekin tushunib bo’lmas , inson faoliyatining odob-axloq qoidalari degan xulosa kelib chiqadi.Bu ko’satma ma’naviyatning bir tomondan odob-axloqning jamiyatda pand-nasihatlarini amalga oshirishga shart-sharoitlar bilan bog’liq ekanligini ko’rsatadi.
Ma’naviyatning yuqori ya’ni har qanday qarshiliklarga qaramasdan o’zining faoliyatida milliy g’oyalarni amalga oshira olgan insonlar jamiyatda ideal shaxs sifatida ko’satiladi.Ozbekiston Respulikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch”asarida “Eng buyuk jasorat bu-ma’naviy jasorat” deb ko’rsatilgan.Amir Temur,Jaloliddin Manguberdi,Allayor Dosnazarov,Alisher Navoiy,Berdaq meroslari bizga yuksak ma’naviyatni egallashimizga xizmat qiladi.
Bugungi kunda oliy ta’limda bilim bilan tarbiyaning birligiga erishish,yetuk mutaxassislarni tayyorlab chiqarish maqsad qilib olinar ekan,ta’limda kelajakni belgilovchi strategik ahamiyatga ega yo’nalishga aylanganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |