1. Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari


Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi



Download 115 Kb.
bet6/10
Sana18.02.2022
Hajmi115 Kb.
#453419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
boshqaruv birnim tashkil qilish ty

3. Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi

O'zini o'zi boshqarish bu rahbarning kundalik amaliyotda ishning zamonaviy usullaridan maqsadga muvofiq va izchil foydalanishini o'z ichiga oluvchi shaxsiy ishini tashkil qilish, hamda uning o'zini o'zi rivojlantirishidir.


O'zini o'zi boshqarishning asosiy maqsadlari qo'yidagilardan iborat:
- menejment tomonidan vaqtdan va o'z imkoniyatlaridan ko'proq foydalanish;

  • uning o'zining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash;

  • hayotni borishini ongli ravishda boshqarish;

- ham ishdagi va ham shaxsiy hayotidagi tashqi holatlarni yengib o'tish.
O'zini o'zi boshqarishning ichki doirasida birlashtiruvchi vazifa-axborotlar bilan ishlash joylashgan. Qolgan vazifalar ma'lum darajada uni atrofida aylanadilar, chunki axborotni almashish o'zini o'zi boshqarish jarayonining barcha pallalarida zarurdir.
Aniq maqsadlarni shakllantirish. Bunda shuni hisobga olish kerakki, har bir maqsad faqat uni amalga oshirilishi muddatlari va istalgan natijalar ma'lum bo'lgandagina ma'noga ega bo'ladi. Keyin o'zining istalgan va amaliy maqsadlariga qo'llash bilan shakllantirish va o'z rejalarini ularni qanchalik haqiqiyligi nuqtai nazaridan qayta tekshirish maqsadga muvofiqdir.
Malaka va madaniy darajani oshirish haqida ham esdan chiqarmaslik kerak.
O'ziga judayam ko'p narsani olish kerak, chunki bu haqiqiy bo'lmagan vazifalarni bajarilishiga imkonlar kamdir. O'z oldimizga qanchalik ko'p maqsadlarni qo'ysak, oldingi hayotni shunchalik ko'proq o'zgartirish va o'z faoliyatini ko'proq fao llashtirishga to'g'ri keladi.
Uzoq muddatli global maqsadlardan kelib chiqqan holda, yana aniq qisqa muddatli maqsadlarni ham belgilash zarur.
Ko'rib chiqilgan mavqsadlar hayot va martabaning rejasida qayd etiladi, u muntazam ravishda qayta tekshirilishi, faollashtirilishi va to'ldirilishi kerak. Qo'yida shunday rejadan parcha beriladi (7.2-jadval).
Maqsadlarni qo'yish uzluksiz jarayondir, chunki ular qoidaga ko'ra, bir marta va butunlay berilmaydi. Ular vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin, masalan, agar ularni amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida oldingi tasavvurlar noto'g'riligi yoki so'rovlar oshirilgan yo pasaytirilganligi aniqlanganda.
SHunday qilib maqsadlarni qo'yish jarayoni uchta pallaga bo'linadi:

  • maqsadni topish: "Men nimani xo hlayman?", vaziyatli tahlil: " Men nima qila olaman?", maqsadlarni shakllantirish: "Men aniq nimaga kirishayapman? ".

Rejalashtirish maqsadlarni amalga oshirishga tayyorgarlik va vaqtni turkum lashtirish (tartibga solish)ni bildiradi.


Keyin menejer tomonidan ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirilishi kerak. Rahbar mehnatini ratsional tashkil qilish ishlarini bajarishda ustivorliklarni belgilashni ko'zda tutadi. Bu har xil ishlar ahamiyati bo'yicha katta farqlanishlari bilan bog'liqdir.
Ko'pincha rahbarlar birdagina ishning judayam katta hajmini bajarishga harakat qiladilar yoki, aksincha, o'z vaqtlari va kuchlarini alohida, ko'pincha muhim bo'lmagan, ammo zaruriy bo'lib ko'ringan ishlarga sarflaydilar. Buning natijasida shiddatli ish kunining oxiriga kelib, ko'p narsa qilinganga o'xshasa ham, muhim ishlar yo tugallanmay qoldilar, yoki joylaridan umuman siljimaydilar.
Pareto tamoyiliga ko'ra menejerning barcha ishlarini uchta guruhga bo'lish mumkin:

  • eng muhim ishlar (A kategoriyasi) ishlarning umumiy sonidan 15% yaqinni tashkil qiladi, ularning ahamiyati esa (maqsadga erishishga qo'shilgan ulush ma'nosida) 65% ga yaqinni tashkil qiladi;

    • kamroq muhim bo'lgan ishlar (B-kategoriyasi) - ularning umumiy sonidan 20% ga yaqin, ularning ahamiyati 20% ni tashkil qiladi;

  • muhim bo'lmagan ishlar (V-kategoriyasi)-ularning umumiy sonidan 65%, ammo ularning ahamiyati ishlarning umumiy ahamiyatliligidan faqat 15% ga yaqin.


Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish