fuqarolarning murojaatlarini kwrib chiqish kiradi.
Uzbekiston Respublikasining 6 may 1994 yilda qabul qilingan «Fuqarolarning murojaatlari twg`risida»gi
qonunga binoan Wzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ishtirok eta borib,
Wzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida wzlariga berilgan huquqlar va erkinliklarni
rwyobga chiqara borib: wzlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoyalab murojaat qilishga; davlat va
jamoat birlashmalarining vakolatli organlari buzilgan huquqlarini tiklashiga haqlidirlar.
Murojaatlarning kwrib chiqilishi vaqtida davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan fuqarolarning wz roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga doir
ma`lumotlarning yoki davlat siri yoxud qonun muhofazasidagi boshqa sir hisoblangan ma`lumotlarning,
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur etkazadigan wzga axborotlarning oshkor etilishiga ywl
qwyilmaydi. Shuningdek murojaatga daxldor bwlmagan, fuqaroning shaxsi twg`risidagi ma`lumotlarni surishtirib
bilishga ham ywl qwyilmaydi. Fuqaroning iltimosiga binoan uning shaxsiga doir har qanday ma`lumot oshkor
etilmasligi kerak.
Takliflar fuqarolarning davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning
faoliyatini yaxshilashga qaratilgan murojaatlaridir. Davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilot
taklifni har tomonlama kwrib chiqishi va fuqaroning iltimosiga binoan kwrib chiqish natijalari twg`risida unga
ma`lum qilishi shart.
Arizalar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini rwyobga chiqarish twg`risida iltimos bayon
etilgan murojaatlardir. Arizalarni kwrib chiqish wz vakolatiga kiradigan davlat organlari, jamoat birlashmalari,
ularning mansabdor shaxslari, mulkchilik shaklidan qat`i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari
hamda boshqa mansabdor shaxslari: arizalarni har tomonlama, xolisona va wz vaqtida kwrib chiqishlari; qonunga
asoslangan qarorlar qabul qilishlari va ularning ijrosini ta`minlashlari; arizalarni kwrib chiqish natijalari twg`risida
fuqarolarga ma`lum qilishlari shart. Arizada bayon etilgan talablarni qondirishning rad etilishi fuqaroga rad
etishning sabablari kwrsatilgan holda yozma tarzda ma`lum qilinadi.
Shikoyatlar davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, mulkchilik shaklidan qat`i nazar korxonalar,
muassasalar, tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari yoxud qarorlari tufayli fuqarolarning
buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash talab qilingan murojaatlardir. Davlat organining, jamoat
birlashmasining, korxona, muassasa, tashkilotning, mansabdor shaxsning xatti-harakati yoki qarori ustidan shikoyat
bwysunuv tartibiga qarab, yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga beriladi. Yuqori turuvchi
davlat organiga, jamoat birlashmasining organiga yoki mansabdor shaxsga davlat organi yoki jamoat
birlashmasining organi tomonidan xatti-harakat sodir etilganligi yoki qaror qabul qilinganligi fuqaroga ma`lum
bwlib qolgan vaqtdan e`tiboran bir yildan kechiktirmay shikoyat bilan murojaat qilinishi mumkin. Uzrli sabablarga
kwra wtkazib yuborilgan muddat shikoyatni kwrib chiqayotgan organ tomonidan tiklanadi. Yuqori turuvchi davlat
organining, jamoat birlashmasining, mansabdor shaxsning qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatda
sudga shikoyat qilinishi mumkin. Fuqaro shikoyatni shaxsan berishga yoki bu ishga boshqa shaxsni vakil qilishga
haqlidir. Fuqaroning manfaatlarini kwzlab boshqa shaxs ham shikoyat berishi mumkin. Voyaga etmaganlar va
muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini kwzlab ularning qonuniy vakillari shikoyat bilan murojaat qiladilar.
Shikoyatga fuqarolarning murojaati bwyicha avval qabul qilingan qaror yoki uning kwchirmasi, shuningdek
shikoyatni kwrib chiqish uchun zarur bwlgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Fuqarolarning shikoyatlarini xatti-
harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan organlar yoki mansabdor shaxslarning wziga jwnatish
taqiqlanadi.
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, mulkchilik shaklidan qat`i nazar korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar, ularning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari wz vakolatlari doirasida: shikoyatlarni xolisona, har
tomonlama va wz vaqtida tekshirishlari; shikoyatga sabab bwlgan noqonuniy qarorni bekor qilishlari yoki
wzgartirishlari, g`ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar kwrishlari,
qoidabuzarliklarga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashlari; fuqarolarning buzilgan huquqlari
tiklanishini, shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror amalda ijro etilishini ta`minlashlari; fuqaroga shikoyatni
tekshirish natijalari va qabul qilingan qarorning mohiyati twg`risida yozma tarzda ma`lum qilishlari shart.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda rahbar yoki uning wrinbosari, jamoat
birlashmalarida esa saylab qwyiladigan organlar yoki ular vakolat bergan shaxslar shikoyat bwyicha qaror qabul
qilishga haqlidirlar.
Fuqarolarning takliflari taklif tushgan kundan e`tiboran bir oy muddat ichida kwrib chiqiladi, qwshimcha
wrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bwlib, bu haqda taklif kiritgan shaxsga ma`lum qilinadi.
Arizalar va shikoyatlar davlat organiga, jamoaat birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan
kundan e`tiboran bir oy muddat ichida hal etiladi, ular masalani mohiyatan hal etishlari, qwshimcha wrganishlar va
tekshirishni talab qilmaydigan masalalarni esa 15 kundan kechiktirmay hal etishlari shart.
Ariza yoki shikoyat hal etish uchun maxsus tekshiruvlar wtkazish, qwshimcha materiallarni swrab olish
yoki boshqa chora-tadbirlar kwrish zarur bwlsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki
rahbarining wrinbosari ariza yoki shikoyatni hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu
muhlat bir oydan oshmasligi lozim bwlib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma`lum qilinadi. Bunda
murojaatni kwrib chiqish umumiy muddati ikki oydan oshmasligi kerak.
Fuqarolarning murojaatlari twg`risidagi qonun hujjatlarini talablariga rioya etilishi usidan nazoratni
davlat hokimiyati organlari, shuningdek wzlariga bwysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda -
vazirliklar, davlat qwmitalari va idoralar ta`minlaydilar.
Davlat boshqaruv organlarining boshqaruv jarayonida amalga oshiradigan ikkinchi yuridik ahamiyatli
harakatlari - bu
Do'stlaringiz bilan baham: |