1-boshlovchi: Mustaqil yurtimda yangrar tarona
Yangi hayot baxtin kuylaylik shodon
Bizga kulib boqmoqda nurli zamona,
Aziz Vatanimiz-hur O`zbekiston.
2-boshlovchi: Istiqlol, bunchalar go`zal bu noming
Non kabi e’zozli, jondek shirin bol
Yer shari yo`lladi otashin salom
Assalom o`zbegim qutlug` istiqlol.
3-boshlovchi: Assalom maktabim muqaddas dargoh
Assalom ustozlar kasb-kori saboq
Assalom do`stlarim menga qo`sh qanot
Maktabdosh, hayotga ishonch bilan boq.
4-boshlovch: Ushbu sherni bitdim ozingga atab
Tugata olmadim ta’rifing maqtab
Abadiy nur sochib obod bo’laver
Bizlarni voyaga yetkazgan maktab.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, davramizning ko`rki, hayotimizning mazmuni, mehri daryo ustozlar.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, mana shu tantanali kechaga tashrif buyurgan aziz mehmonlar, qadrli ota-onalar, bilimga chanqoq o`quvchilar.
3-boshlovchi: Bugungi “ Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik “ shiori ostidagi Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda ,,Bilimlar kuni ‘’munosabati bilan o`tkazilayotgan bayram tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz
.
4-boshlovchi: O`z Vatani, o`z poytaxti
O’z uyi bor o’zbekning
Yangrar har tong madhiyasi
O`z kuyi bor o`zbekning
Madhiya
1-boshlovchi: Bugun biz maktabimiz bag`rida qo`shaloq bayramni nishonlagani yig`ilganmiz. Biri Vatanimiz – O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30yilligi, ikkinchisi “Bilimlar kuni” 2021-2022 o`quv yilining boshlanishi “Birinchi qo`ng`iroq” bayramlaridir.
1-boshlovchi:Bugungi tadbirimizga bir qancha mehmonlar tashrif buyurishgan.Ular:
1.
2.
3.
4.
2-boshlovchi: Hozirgi tabrik so`zi maktabimizning jonkuyar ijodkor rahbari Yuldosheva E.R. ga.
3-boshlovchi: 30 yil mobaynida Vatanimiz – O`zbekiston jahon miqyosida yetuk davlatlar qatoridan o’rin oldi. Bunga xalqimizning birdamligi, yoshlarimizning shijoati ,intilishlari, ijodkorligi tufayli erishildi. Biz o`quvchilar ham shu aziz Vatanimizga munosib farzandlar bo`lib yetishishimiz va puxta bilimga ega bo`lishimiz zarur.
4-boshlovchi: Senga atay bir qo`shiq
O`zbekiston jonimsan.
Ko`ylagin jo`shib-jo`shib
Etiqod iymonimsan.
Raqs. 1-sinf .Shokirova Gulchehra
O`quvchi: Men tug’ilgan o’lka, go’zal bir bo’ston,
Abdulla, Boburlar she’rida doston,
Ajoyib go’shasan, ajib guliston,
Men suygan Vatanim O’zbekistonsan.
Sen Beruniy yo’lida yongan chirog’im
Sen Ibn Sinoning qo’lida mayog’i,
Daraxt bo’lib o’sgan o’sha tayog’i,
Men suygan Vatanim O’zbekistonsan.
O`quvchi: Chamanda gullagan gulimsan Vatan
Bog’da sayragan bulbulsan Vatan,
Temur yuragida yongan otashsan
Men suygan Vatanim O’zbekistonsan.
Ayyoming qutlayman baxsh etib she’rim.
O’ttiz yosh muborak bo’lsin ey yurtim
Mathingni kuylaydi qo’ldagi torim
Men suygan Vatanim O’zbekistonsan.
Navbatni yana jajji ukajonlarimizga beramiz 1-,,v”sinf Qo’chqorova Gulnora ,,Prezident sovg’asi”qo’shig’i
1-boshlovchi: Bu yil maktabimizning ochilganiga 60 yil to`ldi. Maktabimizda ta`lim olgan o`quvchilar Vatanimiz ravnaqi tarraqiyotiga turli xil sohalarda o`z hissalarini qo`shib kelmoqda. Bitiruvchilarimiz orasida olim-muhandislar, san`atkoru-shifokorlar, oddiy ishchilaru-davlat arboblari bor.
Shunday insonlardan biri ‘’Do’stlik’’ o’rdeni va’’ Shuhrat’’ medali sohibi, xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputati, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Chilonzor mahalla fuqarolar yig’ini raisi Mutalov Omonulla akaga so’z beramiz.
Navbatni 1-‘’B’’sinf o’quvchilariga beramiz. Raqs.
O’quvchi: Muallim dunyoda eng ulug’ inson,
Jannatlar oyog’i ostida uning
Ta’zimlab bosh egsa arziydi jahon,
Mehnat, zahmat ila o’tar har kuni.
Muallim xizmati halol beminnat,
Shogirdlar kalomin ko’rsa bas unga.
Alloh to’rt muchasin aylasa sihat,
‘’O’zingga shukur’’ deb quvonar shunga.
O’quvchi: Muallim tebratar dunyo beshigin,
Opichlab dunyoning bor bilimlarin
Muallim ochadi hayot eshigin,
Bor bo’lsin basharning muallimlari
Deydilar dunyoda asli kim aziz
Aytdilar, ustozdir,ustoz begumon
Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz,
Ustozin qadriga yetolgan inson.
4-‘’A’’ sinf o’quvchilariga beramiz. Rasulova M
O’quvchi: Bahorlarda bog’ingda unib chiqqan lolang bor,
Madhingni kuylaguvchi o’g’il-qizing, bolang bor,
Istiqlolga yetguncha qancha chekkan nolang bor,
Mustaqil O’zbekiston 30 yoshing muborak.
Asrlarga tenglashgan bu bardoshing muborak.
Bugun har o’g’il-qizing zafarlarni quchmoqda,
Aqli-donish bobolar izlaridan bormoqda,
Mehnati ahli bilan jahonga yuz tutmoqda.
Ozod yurtim bu kungi 30 yoshing muborak.
Asrlarga tenglashgan bu bardoshing muborak.
1-boshlovchi: Maktab bag’riga yig’ildik yana,
Ustozlar yo`l ko`rsatar ilm bog`iga .
Kelajak barkamol avlodlarimiz,
Yurtimiz ravnaqiga hissa qo`shamiz.
2-boshlovchi: Chalaqol ukajon qo’ng’irog’ingni,
Jarangi borliqni larzaga solsin.
Sog’inib-sog’inib kutgan dargohga,
Ustozlar qoshiga boshlasin bizni.
3-boshlovchi: 2021-2022 o’quv yilida birinchi qo’ng’iroqni chalish vazifasini 11-‘’B’’sinf o’quvchisi fransuz tili fani bo’yicha tuman,shahar bosqichlari g’olibi G’ayratova Nilufarga beramiz.
4-boshlovchi: Qani yangra maktab qo`ng`irog`i,
Birinchi qo`ng`iroq, birinchi undov,
Birinchi yo`llanma, birinchi saboq,
Birinchi USTOZIM ilk alifbegim
Birinchilik uchun eng jiddiy sinov.
Qani, jaranglagin birinchi QO`NG`IROQ!
“Tasdiqlayman”
162-maktab direktori:
__________ E.R.Yuldosheva
Chilonzor tumani 162-umumta`lim
maktabida o`tkaziladigan Mustaqillik
bayrami va Bilimlar kuniga bag`ishlangan
“Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik”
shiori ostida o’tkaziladigan bayram
ssenariysi
Do'stlaringiz bilan baham: |