1-Boshlovchi:
Buyuk shoir, g'azal mulkining sultoni Hazrati Mir Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda tavallud topgan. Yurtimizda ushbu buyuk mutafaakir, davlat arbobi Hazrati Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlab, turli kechalar, tadbirlar, Navoiyxonliklar o'tkazib kelinadi. Yurtimizdagi hech bir shaxs ushbu kunni yodidan chiqarmaydi. G’azal mulkining sultoni , buyuk mutafakkir A.Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan “ Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha dasturi va shu kabi ssenariylar bilan tanishing.
Bugun qalbimizda quvonch o`zgacha,
Charaqlar quyosh bu tong o`zgacha.
Keksa yosh qalbida, iftixor g`urur,
Kuyu qo`shiq baralla g`azal o`zgacha.
2-Boshlovchi:
Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq zo‘r istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.
Buyuk tog‘lar ichra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ichra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening
Assalomu alaykum davramiz mehmonlariyu bilimga chanqoq o’quvchilar. Mana bugun biz buyuk o’zbek shoiri mutafakkir va davlat arbobi Hazrati Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “G’azalxonlik ” kechasi o’tkazmoqdamiz.
Endigi navbatni “Hazrati Mir Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha dasturini ochib berish uchun ilk so`zni Fizika matematika fakulteti dekani G`oziyev Qobiljon Solijonovich ustozimizga beramiz. Marhamat ustoz.
1-Boshlovchi:
Tantanamizga qimmatli vaqtlarini ayamay qadam ranjida etgan aziz mexmonlarga hush kelibsiz deymiz.
2-Boshlovchi:
Xalqimiz ona tilimizga befarq bo`lmagan o`zbek farzandi borki , bugun chuqur iftixor va extirom bilan buyuk bobokalonimiz hazrat Mir Alisher Navoiyni esga oladi, bu insonning avlodi ekanligidan dili cheksz quvonchga toladi.
Endigi navbatni hazrat Mir Alisher Navoiyning g`azallariga beramiz
________________________________________
1-Boshlovchi:
Ey ash`yor mulkining buyuk sultoni
Ey o`zbek xalqining suyuk o`g`loni
Nomin dimoqqa ming xil gul isi
To abad atrli hush havo kelur
2-Boshlovchi:
Ulug’ bobokalonimiz yoshlik chog’laridayoq buyuk istedodi bilan butun ijod ahli orasida shuhrat qozonadi. O’z davrining shunday buyuklaridan bo’lgan Lutfiy ham yosh Alisherning istedodiga tan berganlar, marhamat hozir aynan shu haqidagi sahna ko’rinishiga
1-Boshlovchi:
O’zbekiston Oybek bilan xayrlashgan kun
Mangulikdan bir lahzaga keldi Navoiy, —
Tiriklarga sezdirmasdan siladi beun
Oybekning manglayini ruhi samoviy
Va so’ng uni olib ketdi bosib bag’riga
Abadiyat deb atalgan ruhlar shahriga.
2-Boshlovchi:
“Sabbai Sayor ” dan ko`p hikmat topdim,
“Hayrat ul - abror” dan hayratda qoldim.
“Lison ut - tayr” dan dil sirim bildim,
Navoiyni o`qidim o`zimni bildim.
Navoiy ijodini O`rganish o`z davridayoq boshlanadi bu o`rganishlar 20- asrlarda ayniqsa yaxwi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek “Navoiy” poemasini, Navoiy romani yaratdi.
Saxna korinish Navoiy va Guli
1- Boshlovchi:
O`zbekning uyimas Navoiy yo`q uy
Dunyoga shavq berar bu muqaddas kuy
Ulug` bobomizga beraylik salom
Ming yilda bir kelur malikul kalom
2- Boshlovchi:
Endigi navbatni iqtidorli talabalarimizi ijrosidagi raqsga beramiz. Marhamat.
1-Boshlovchi:
Endigi navbat saxna korinishga Shoh G`oziy saxna ko`rinishiga
Boshlovchi: Kunlarning birida Shoh G`oziy saylga chiqadilar. Yo`lda ketayotganida yonidan bir telbanoma kampir uning etagidan mahkam tutdi. Nolayu avg`on chekdi.
------------------------------------------------------------------
Vahh bu odamni qanday hijolatga solish bo`ldi. Bunisi qanday luftu adolat o`zi. Kampir o`zining davoyu dostobidan kechib. Hatto o`g`lining qonidan, o`zining jonidan o`tdi. Qizig`I shuki odil podshoh uni o`sha vaqtda boy ham qildi. Yulduzlardek ko`plab oltin kumushlar, uni ko`xna falakdek yoshartirib yubordi. Kumushning kuchidan u kumushdek bo`ldi/ Xalq unga tilla kampir deb laqab qo`ydi.
1-Boshlovchi:
Yuksak tog’ oralab o’kirgan sherning
Na’rasiga tengdir aksi sadosi,
Besh yuz yil yangradi tog’day Vatanda
Buyuk Alisherning asriy nidosi.
2-Boshlovchi:
Besh asrkim nazmiy saroyni,
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig’I yetmagan joyni,
Qalam bilan oldi Alisher!
Dunyo bo’ldi, chamanim manim,
O’zbekiston – vatanim manim!
Endigi navbatni iqtidorli talabalarimizdan biri ijrosidagi mumtoz qushiqga beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |