1-boshlovchi: Bugun shodiyona Navro’zi olam



Download 31.09 Kb.
Sana08.11.2019
Hajmi31.09 Kb.
1-boshlovchi:

Bugun shodiyona Navro’zi olam,

Orziqib kutilgan navbahor to’yi!

Assalom yangi yil! Assalom bayram!

Senga atalgusi yuraklar kuyi.

 

 



2-boshlovchi:

Yuraklarga solib hayajon,

Eshik qoqar biz kutgan mehmon.

Yelkasida bayram libosi,

Qo`llarida ochil dasturxon.

Dala dashtga bag`ishlab chiroy,

Yurtga keldi yana ko`klamoy.

 

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, davramizga tashrif buyurgan aziz ustozlar va qadrli o’quvchilar, bahor ayyomingiz muborak bo’lsin.



 

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz mehmonlari va ishtirokchilari. Sizlarni Navro’z — bahor bayrami, yasharish, poklanish bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz. Bugungi kuy-qo’shiqlarimiz sizlar uchun.

 

1-boshlovchi:



Darhaqiqat, Navro`z  –  yashnash  va  yasharish  bayrami,  tabiatning  uyg`onishiga  guvoh bo`lmish yangi kunning boshlanishidir.

 

2-boshlovchi:



“Navro`z  “  forscha  so`zi  bo`lib,  “  yangi  kun  “  degan  ma’noni  anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun  yangi  yil,  Navro`z  bayrami  sifatida  keng  nishonlanadi.  U  dehqonlar  uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:

Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,

Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.

 

1-boshlovchi:



Yurtboshimiz Islom Karimov xalqqa va uning ma’naviyatiga qarshi qaratilgan    xurujlarga  dadil  qarshi  chiqib,  Navro`zni  umumxalq  bayrami  sifatida keng  nishonlash  lozimligini  qat’iy  aytganidan  keyingina  bu  ko`hna  bayramning ikkinchi  umri  boshlandi.  Mustaqillik  yillarida  esa  Navro`z  bayrami  ilgari  hech qachon  ko`rilmagan  ko`lam  va  shukuh–la  madaniy  hayotimizdan  munosib  joy oldi.

 

2-boshlovchi:



Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktab direktori vazifasini bajaruvchi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Furqat Yaxshiyev ustozga bersak.

 

 



1-boshlovchi:

Bugun Navro’z bayrami

Zo’r tantana, hamma shod.

Ona yurtga quvnaymiz,

Baxtiyormiz umrbod.

 

 



2-boshlovchi:

Yayrab-quvnar bolalar,

Qaldirg’ochday chug’urlab.

Navro’z keldi yurtimga.

Dalalarga shoshaylik,

Keling do’stlar barchamiz

Kuy, qo’shiqlar kuylaylik.

 

1-boshlovchi:    Menimcha, bugungi bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun har bir sinf o’quvchilari astoydil tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa ajabmas. Navbatni Navro’z, Bahor haqidagi she’rlarga bersak. Marhamat tinglab dam oling.



2-boshlovchi:

Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan,

Hamma bir-biriga shirin so’z ekan.

Olam ham barobar kecha-kunduz ekan.

Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan.

Endi davramizga xushnudlik ulashish uchun navbatni birin-ketin raqslar guldastasiga bersak.

 

She’rlardan namunalar:



 

1.Osmonni uyg’otgan Navro’zman, Navro’z,

Iymonni uyg’otgan navro’zman, Navro’z.

Borliqni uyg’otgan oddiy irodam,

Insonni uyg’otgan Navro’zman, Navro’z.

 

2.Sening iltifoting, ehsoning bilan



Do’stlar diydoriga bir-bir to’yaylik

Adirlar qo’ynida aytib sho’x o’lan

Shaddod bolakayday yayrab kulaylik.

 

3.Tabiatda bugun o’tli uyg’onish.



Nur bilan kiradi dilga orzular.

Yurakda shodlik etadi xonish

Labdan labga ko’char mayin kulgilar.

Quyosh kirib kelar, ham xonadonga

Barobar ulashar yog’dusin bugun.

Quyosh tabassum etar jahonga

Ushalar dildagi orzular bugun.

 

4. Navro’z keldi yurtimga



Navbahorni etaklab.

Dala-dashtu qirlarga,

Boychechaklar savatlab

Novdalarni qitiqlab,

Shamol o’ynar qitiqlab.

 

 



Fikrlardan namunalar

 

1. Navro’z yil boshi, Navro’zda kasal bemorlardan, qariyalardan xabar olinadi. Navro’zda bekalarimiz uylarini tozalaydilar. Momolarimiz undirish uchun yoyib qo’yilgan bug’doyga suv sepadilar.



2-boshlovchi: Navro’z 21-martdan 22-martga o’tar  kechasi qozon to’ldi udumi bilan boshlanadi. Qozon to’ldi oilaviy udum bo’lib, har bir oila o’z imkoniyatiga qarab taomlar va bo’g’irsoqlar tayyorlangan bobo dehqonlarimiz haqiga is chiqarilgan ekinlarimiz, bug’doylarimiz mo’l bo’lsin deb is chiqarilgan yog’dan bug’doy ekish uchun qo’shga qo’shiladigan ho’kizni shoxini moylashgan.

 

3. Aziz o’quvchilar. Sizlarni Navro’z haqidagi bilimingizni sinab ko’rmoqchimiz. Aytingchi, Navro’zda qanday taomlar pishiriladi? (ko’k somsa, ko’k chuchvara, sumalaklar, halimalar pishiriladi)



 

4. Yaxshi bilimingizga tassanno. Keyingi savolni men beraman. Bilasizmi, Navro’zda qanday o’yinlar o’ynaladi? (Varrak uchiriladi, ko’pkari, arqon tortish, xo’roz o’yinlari,kurash, chuchmomo o’yini va hokazolar)

 

1-boshlovchi: O’quvchilar Navro’z bayrami udumlarimiz an’analarimizdan nimalarni bilasiz?



( Navro’z kuni tug’ilgan o’g’il bolaning ismini Navro’z, qiz bolaning ismini Navro’zoy qo’yadilar.

Qadimda navro’z kunlari qush osh pishirilgan. Navro’z dasturxoniga etti xil daraxt shoxidan namuna keltirib qo’yiladi, ular majnuntol, zaytun, behi, anor, bodom, pista, katiq, sut, pishloq, tuxum, baliq va yonib turgan shamlar qo’yilgan.)

 

2-boshlovchi: Bolajonlar sumalak haqida nimalarni bilasizlar?



1-bola: Sumalak bibi Fotimaning oshlari.

2-bola: Sumalak ko’pchilik bo’lib tayyorlanadi, aytishlaricha bir qozondan taom eganlar bir-biriga yaqin bo’lib qolar ekanlar

3-bola: Sumalak tagiga olmaslik uchun qozonga 7 yoki 13 dona tosh tashlab qo’yiladi.

(Sahna ko’rinishi)

2-boshlovchi: aytishlaricha qadim zamonlarda bir kambag’al ayol yashagan ekan. Uning Xasan va Xusan degan o’g’illari bor ekan.

Xasan: Oyijon qornimiz och qolib ketdi.

Xusan: Oyijon ovqat egim kelayapti.

Ona: Bolalarim bir ozgina o’ynab turing, men sizlarga ovqat pishirib beraman.

2-boshlovchi: Ona bug’doy poyadan o’tgan  yilgi bug’doy boshoqlaridan tushib nish ura boshlagan maysalarni terib kelib yazshilab yuvibdi, qozonga solibdi un xaltasidan bir xovuch unni olib qozonga solibdi va qaynatibdi.

Xasan: Oyijonim ovqat pishirayaptilar.

Xusan: Hozir mazza qilib eymiz.

Ona: Ey Xudo shu pishirayotgan ovqatimga o’zing nazar tashla ikki norasidani rizqini o’zing etkaz, shirinlikni ato qilgin. (Bolalariga qarydi) Bolalarim ham uxlab qoldi. Qozonni og’zini ham yopib qo’yay.

Xasan: (Og’zini ochib) Voy shunday xushbuy taom.

Xusan: Oyi,oyi turing. Ovqatingizni nomi nima. (Yalaydi)



Ona: Bolalarim bu malaklarning karomati bilan pishdi. Uni nomi sumalak.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa