ALIFBE bayrami senariysi
1. Boshlovchi: Assalom mehmonlar motabar suyuk
Assalom ustozlar, nomlari buyuk
2-Boshlovchi: Assalom otalar, baxtim posboni
Assalom onalar, fidoyi joni
1-Assalom, balajon iqboli porloq. Bugun ilk bayramga yetishgan quvnoq
2-Sizlarga aytayin bir shirin tilak. Savodxonlik bayrami bolsin muborak
- Assalomu alaykum aziz, motabar, muhtaram ota-onalar, ustozlar oquvchilar!
2- Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligi-yu quvonchi bolgan savodxonlik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
1- Sizlarga uzoq-umr, bolajonlarga baxtli davron porloq tole, nurli kelajak tilaymiz.
2- Endi esa ana shu tantanani ochish, yoshlarni qutlash uchun sozni maktabimiz direktoriga beramiz.
1-Keling azizlar endi bolajonlarimiz sizga oz bilim va sanatlarini nomoyish qilsalar siz miriqib tomosha qilsangiz.
Madhiya
2-Ayting qani azizlar
Baxtiyor ogil qizlar
Nechun keldik bu yerga
Nechun bor yosh kongilda?
1-oqituvchi: Bugun bizga zor quvonch
Yurakka shodlik tolgan
Savodxonlik bayrami
Bizni bunga keltirgan
1- Qanday qilib savodxon
Bolib oldingiz chunon?
2-oquvchi: Alifbe boldi sirdosh
Ilm yolida yoldosh
Sochdi ziyo nurini
Bolib misol quyosh
3-oquvchi: Alifbeni chaqirsak
Baravar qarsak chalsak
Kelar bizga mehmonga
Shu ajoyib makonga
Hamma: Alifbejon kelaqol
Bizga mehmon bolaqol
(Alifbe kirib keladi)
Alifbe: Assalom bolajonlar
Aqli soz bilagonlar
Bugun shodlik muborak
Savodxonlik muborak
Bolajonlar: Raxmat senga Alifbe
Ozing berding barini
Alifbe: Ayting nelar bildingiz
Ne sirlar organdingiz
Menga sovga bolsin deb
Nelar tayorladingiz?
4-oquvchi: Chiziqchalar chizishni
Oqishni va yozishni
Husnixat-u qiroat
Sendan organdik faqat
Alifbe: Qani ayting nechta harf
Nechta tovush bor menda
5-oquvchi: 29 harf bildik
30 tovush bor senda
Alifbe: Qani harflar sozlasin
Tartib bilan tizilib
Bolajonlar sozini
Eshitoy maza qilib
(Harflar chiqadi)
( o’quvchilar harflarga oid sh’erlarini aytib beradilar)
“A”- ZILOLA
“A” harfiman azaldan
Alifboning avvali
Aytsam kuch adolatda
Aqli a’lo afzali.
“B” - JOHONGIR
Baquvvat, bardam, botir,
“B” harfi bo’laman.
Bilimdonlarga balli
Bundan kuchga to’laman.