3.Ikki va uch yoshgacha bo'Igan bolalarning jismoniy tarbiyasi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olsak, chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalash imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko’proq bo’ladi, kuch va chidamlilik sifatlarini tarbiyalashda esa, aksincha, extiyotkor bo’lish zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to’xtatib qo’yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari har bir harakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachining xohishisiz ham boshqa harakat faoliyatlari davomida, xususan, yurish, sakrash, uloqtirishdek harakatlar tarkibida baribir namoyon bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalar asab tizimining egiluvchanligi jismoniy sifatlarni bir tekisda rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Chunki asab tizimidagi qo’zg’alish va tormozlanish birini ikkinchisi bilan tez almashtirish qobiliyati bilan bog’liq. Ayniqsa, harakatli o’yinlar davomida oldindan rejalashtirilmagan, o’yin faoliyati uchun zarur bo’lgan favquloddagi harakatlarni bajarishga to’g’ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biri bilan tez o’rin almashinishda namoyon bo’ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoit yaratadi.
Asab jarayoni jismoniy sifatlarning rivojlanishini tezlashtiradi. qisqa vaqt mobaynida o’rtacha tezkorlik bilan yugurish, velosipedda uchish va boshqa mashqlar tezlikning rivojlanishiga omil bo’ladi. Bu mashqlarda, albatta, me’yorni to’g’ri tanlash va ularning o’zaro o’rin almashinishi muhim ahamiyatga egadir.
Bu yoshdagi bolalarda bo’yin, qorin, orqa, bel mushaklari kuchsiz bo’lib, qomat yaxshi rivojlanmaydi. Shunga ko’ra, ushbu guruh mushaklarini rivojlantirish uchun yurish, yugurish, tanani bukib va rostlab bajariladigan mashqlarni to’g’ri tanlab olish, harakatlar tezligini orttirish va boshqa tadbirlar juda muhim. Bularsiz bola kundalik hayotida uchraydigan jismoniy mashqlarni bajarishda, jismoniy mehnatda qiyinchilikka uchragan bo’lar edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o’sha mashqning ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o’yin qoidalari, umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim. Bu yoshdagi bolalarni jismoniy mashqni yakka holda mustaqil va guruh bilan bajarishga o’rgatish kerak. Kichik guruhlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o’rgatish, o’zining sport malakasi o’sayotganiga va katta sportchilarning natijalariga qiziqish, o’zaro do’stlik, hamjihatlik, o’yinchoqlarga munosabat masalalariga, axloq me’yorlarining rivojlanishiga e’tibor beriladi. Ularda jismoniy tarbiyani shunday yo’lga qo’yish kerakki, bunda zarur jismoniy sifatlarni o’stirish aqliy, axloqiy va estetik tarbiya bilan qo’shib olib borilsin. Ularga estetikadan tana tuzilishi, qomatni to’g’ri tutib yurish, harakatlarning ravon hamda chiroyliligi, kiyim-boshni ehtiyotlash va boshqalar to’g’risida tushuncha berish kerak bo’ladi.
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, diqqat, idrok, tushuncha, tasavvur, tafakkurni o’stirish va boshqa xislatlarni mustahkamlash jismoniy tarbiya jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi.
Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari
1.Jismoniy rivojlanish.
2. Jismoniy tayyorligi.
3. Jismoniy kamolot.
4. Jismoniy tarbiya.
5. Jismoniy tayyorgarlik.
6. Jismoniy ta’lim.
7. Jismoniy mashqlar.
8.Harakat faoliyati.
9.Sport.
10.Jismoniy madaniyat.
11.Jismoniy harakatlar.
Jismoniy rivojlanish bu kishi organizmi shakl va funktsiyalarining o’zgarish jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo’llanilganda, u antropometrik va biometrik ko’rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi, o’pkalarning tiriklik sig’imi, qaddiqomatining holati) va boshqalar. «Jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda qo’llanganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko’z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi. Jismoniy tayyorligi bu harakat ko’nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko’rsatkichidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo’yiladigan Ular «Bolajon» tayanch dasturida ko’rsatib berilgan.
Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» o’sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig’indisidan iborat bo’lgan qismi;
jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |