II. Bolalar alkogolizmining sabablari va oqibatlari
Bolalar turli mutaxassislar: tibbiyot xodimlari, pedagoglar, psixologlar turlicha baho beradilar. Alkogolizm sabablari va oqibatlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan
Bolalar alkogolizmining sabablari va oqibatlari
Yosh ko‘rsatkichlari
|
Sabablar
|
oqibatlar
|
Ilk bolalik davri
0-3 yosh
|
1. Mastlikda hosil bo‘lgan homila
2. Boshlang‘ich 3 oy davrida homiladorlikdagi ichkilik ichish
3. Emizikli davrida alkogol iste’mol qilinish
|
epilepsiya (tutqanoqlik), aqli norasolik;
jismoniy rivojlanishdagi norasolik;
ruhiy rivojlanishdagi norasolik
|
Maktabgacha va kichik maktab yoshi
3-9 yosh
|
1. Ota-onalarning pedagogik savodsizligi
2. Oilaviy alkogolizm an’analari
|
organizmning alkogol bilan zaharlanishi
spirtli ichimliklarga qiziqishning shakllanishi
|
O‘smirlik va yoshlik davri
9-18 yosh
|
1. Nosog‘lom oila
2. O‘z-o‘ziga bino qo‘yish
3. Ommaviy axborot vositalarining pozitiv reklamalari
4. Bo‘sh vaqtning ko‘pligi
5. alkogolizm oqibatlari haqida bilimning yo‘qligi
6. shaxsning psixologik xususiyatlari
7. muammodan qochish
|
alkogolga qiziqishning shakllanishi
spirtli ichimliklarni iste’mol qilish odatining shakllanishi
alkogolizmning hulqining stereotiplarini ishlab chiqish
alkogoldan mastlik holatida huquqbuzarlik holatlarini sodir etish
alkogoldan mastlik holatida huquqbuzarlik holatlarini sodir etilishining anglanmaganligi
psixik muammollarni hal etishda alkogoldan doping sifatida foydalanish
alkogolga bo‘ysinib qolish
|
Fanda to‘plangan ma’lumotlar homilador ayolning spirtli ichimliklar iste’mol qilishi qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatadi. Bunda rivojlanayotgan homila bilan alkogolning qanchalik aloqador bo‘lishi zarur moddalar bilan ta’minlanishi ona qornidagi homilani himoya pardasi orqali o‘tadi. Biroq etil spirti va zaharni himoya parda to‘sa olmaydi. Boshlang‘ich 3 oy mobaynida, homiladorlikda homilaning ichki organ va sistemalari shakllanish jarayoni sodir bo‘ladi. Homilaning alkogol bilan zaharlanishi turli norasolik va nuqsonlarga sabab bo‘ladi. Homila alkogoldan umuman himoya etilmasligi tufayli uning miyasiga zarar yetkazadi. Shu sababli bosh miyada suv to‘planishi, shishlar, grijalar bilan og‘rigan bolalar dunyoga keladi.
Bunday bolalar ilk bolalik davrida yoki nobud bo‘ladilar yoki butun umrga aqliy noraso bo‘lib qoladilar.
Ikkinchi bosqich maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bosqich. Bu bosqichda ikki sabab bo‘lib, ota onalarning pedagogik savodsizligi va oilaviy hamda maktab an’analari hisoblanadi. Pedagogik savodsizlik ota onalar alkogolni (dori darmon) shifoviy modda deb hisoblaydilar.Alkogol ishtahani kuchaytiradi, kamqonlikni tuzatadi, uyquni yaxshilaydi, Tish chiqishini osonlashtiradi. Ota-onalar bolalarga yoshlik davridan spirtli ichimlikni kichik miqdorlarda ichirib turilishi katta bo‘lganida alkogolga berilib ketishi oldini oladi degan fikrlar yuradi.
Bolalarning ichkilikbozlikka odatlanishiga yaqin qarindoshlarining spirtli ichimlik iste’mol qilishlari hamda oilaviy an’analar sabab bo‘ladi (tantanali, xursandchilik yoki yomon kunlarda spirtli ichimliklar ichishlar). Bunday bayram kunlarida bolalarga ham spirtli ichimliklar quyib beradilar. Bunday oilalarda spirtli ichimliklar ichish yomon hisoblanmaydi, bolalarni spirtli ichimlik ichishlari esa tashvish tug‘dirmaydi. Bolalar ichkilikbozlik odatlarini spirtli ichimlik ichishga boshlashdan ancha avval bilib oladilar.
Bolalar o‘yinlarida kattalarga taqlid qilib qadah so‘zlari gapiradilar, bakallarni urishtiradilar, ularning mast holatlarini o‘xshatadilar, kichik yoshdagi maktab bolalarida alkogol tantanalar va uchrashuvlarda doimiy odatiy hol degan tasavvur paydo bo‘ladi.
Alkogolning o‘zi gendan o‘tmasligi, faqatgina ota-onalaridan olgan xarakteri xususiyatlaridan kelib chiquvchi unga moyilligini o‘tishi biologik tekshirishlar bilan isbotlangan. Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishida ota-onalarining yomon odatlari, oilada ichkilikbozlik holatlari asosiy rol o‘ynaydi.
Uchinchi bosqich o‘smirlik va yoshlik davrlari. Asosiy sabablar qilib quyidagi yettitasini ko‘rsatish mumkin: oilaviy sharoitlar yomonligini; ommaviy axborot vositalarida pozitiv reklamalar; bo‘sh vaqtida hech bir ish bilan shug‘ullanmaslik; alkogolizm oqibatlarini bilmasligi; muammolarni hal etish bilan shug‘ullanmasligi; psixologik xususiyatlari; o‘zini tashkil toptirish.
Bu davrda alkogolga berilishi yuzaga kelishi sodir bo‘ladi, bu berilish odatga aylanadi, bu odat esa ko‘pchilik hollarda alkogolga qaram bo‘lib qolishi hollariga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |