1. Bola huquqlari va uning kafolatlari



Download 0,55 Mb.
bet11/46
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#204528
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
Bog'liq
8-sinf huquq

7-BILET

1. Huquq normalari nima va u qanday elementlardan tashkil topadi?

2. Bezorilik nima va uning oqibatlari qanday?


1. Biz huquq bilan huquqbuzarlikni, qonuniylik bilan qonunbuzarlikni bir-biridan ajratib olishimiz uchun muayyan me’yorlar, usullar, vositalar va hujjatlar zarurdir.

Bunday imkoniyatni bizga huquq normalari beradi.

Huquq normasi - bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi. Huquqiy normalar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilan belgilanadigan, davlat tomonidan o‘rnatilgan, bajarilishi jamiyatning barcha a’zolari uchun umummajburiy bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalardir.

Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi huquq normasi deyiladi.



Huquq normasining asosiy vazifasi - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan.

Huquqiy norma tuzilishiga ko‘ra bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi uch tarkibiy qism (element)dan: gipoteza, dispozitsiya, sanksiyalardan tash kil topishi mumkin.

Gipotezada norma harakatga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharo- itlar bayon etiladi.

Dispozitsiyada xulq-atvor qoidalarining o‘zi ifodalanib, huquq subyekt- larining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi.

Sanksiyada huquq normalari bajarilmagani uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov chorasi bayon etiladi.

“Norma”so ‘zi lotinchadan tarjima qilinganda “qoida ”, “namu-

na” ma’nosini anglatadi.

Gipoteza - yunoncha so‘z bo‘lib, faraz qilish, fikr yuritish degan ma ’noni anglatadi.

Dispozitsiya - lotin tilidan olingan bo‘lib, bayon qilish degan ma’noni angla tadi.

Sanksiya - lotin tilidan olingan bo‘lib, majburiy chora degan ma’noni angla tadi.



Ayrim qonun hujjatlarida huquq normasi bu uch tarkibiy elementdan emas, balki 2 ta tarkibiy elementdan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin. Ma- salan, har qanday mamlakat Konstitutsiyasidagi moddalar asosan gipoteza va dispozitsiyadan iborat bo‘lib, sanksiya elementi deyarli ko‘zda tutilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6- moddasini oladigan bo‘lsak, u yerda, “O‘zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shah­ri” deb e’tirof etilgan. Bu modda huquq normasiga misol bo‘la oladi va bu modda faqatgina dispozitsiyadan iborat.

Huquq normasining quyidagi belgilari mavjud:

  • davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi;

  • davlat tomonidan normativ hujjatlarda aks ettiriladi;

  • davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo‘lgan hollarda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi;

jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo‘lgan ijtimoiy muno- sabatlarni mustahkamlaydi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish