1. O‘zbekiston Respublikasining hukumati boshchiligida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimi amal qiladi. Mazkur tizimga:
Vazirlar Mahkamasi;
vazirliklar;
davlat qo‘mitalari;
boshqaruv funksiyasini amalga oshiruvchi agentliklar, konsern va uyushmalar;
viloyat, tuman va shahar hokimliklari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amal ga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Bosh vazir taqdim etgan nomzodlar ichidan tanlab olinadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga quyidagi mansabdor shaxslar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri; Bosh vazir o‘rinbosarlari; vazirlar; davlat qo‘mitalarining raislari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i .
Vazirlar Mahkamasi bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga oladi, ya’ni iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida 0‘zbe- kiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgar hisoblanadi.
Oliy Majlis yangi saylanishi bilan Vazirlar Mahkamasi to‘laligicha iste’foga chiqadi.
Vazirlar Mahkamasi yana quyidagi vazifalarni bajaradi:
Davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi;
Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi; yagona moliya, pul-kredit siyosati yuritilishini ta’minlaydi; madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Hukumat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida va ularni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Prezident hukumat majlisida raislik qilish huquqiga ega.
2. 149-modda. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish
Tafakkur mulki obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish - eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
|