Konstitutsiyaviy qonunlar Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimcha- lar kirituvchi qonunlardir. Ushbu hujjat uchun Oliy Majlisda ularni qabul qil ishning oddiy qonunlarga nisbatan murakkabroq tartib-qoidalari belgilangan. Ular, parlament a’zolari umumiy tarkibining uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi.
Qonunlar, o‘z navbatida, kodekslashtirilgan va joriy qonunlarga bo‘linadi. Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks - mantiqiy tizimlashtirish xususiyatiga ega qonun bo‘lib, o‘zida ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni birlashti- radi. Masalan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |