9-bob. Ichki ishlar organlarining boshqa soxaviy xizmatlari bilan o‘zaro xamkorlik 1-. Ichki ishlar organlarining boshqa soxaviy xizmatlari bilan o‘zaro xamkorlik qilish tartibi 137. Davlat yo‘l xarakati xizmati zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ichki ishlar
organlarining boshqa soxaviy xizmatlari bilan xamkorlik qiladi.
138. YPX bo‘linmalarining xamkorligi jamoat tartibini saqlash ko‘cha va jamoat joylarida
xuquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash jinoyat sodir etgan
shaxslarni ular xarakatlanayotgan transport vositalarini aniqlash ushlash xamda terrorchilik-qo‘porovchilik
xarakatlariga qarshi kurashish borasida yuklatilgan vazifalarni bajarishda o‘zaro amaliy yordam ko‘rsatish
orqali ta’minlanadi.
139. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida xududiy ichki ishlar organlari
raxbariyati va YPX bo‘linmalari komandirlari:
YUzaga kelgan tezkor vaziyatni birgalikda taxlil qilish baxolash va doimiy ravishda o‘zaro axborot
almashuvini yo‘lga qo‘yishi;
Jamoat tartibini saqlash va yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini xamkorlikda ishlab
chiqishi va o‘tkazishi;
Xizmat o‘tash shu jumladan xuquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etishda jinoyat sodir etgan
shaxslarni va ular xarakatlanayotgan transport vositalarini ushlash va zararsizlantirsa ommaviy tadbirlarga
tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davomida jamoat tartibini saqlash yo‘l xarakati xavfsisizligini ta’minlash
borasidagi o‘zaro tajriba almashishi lozim.
2-.Patrul’-post xizmati bilan o‘zaro xamkorlik 140. YPX bo‘linmalarining patrul’ post xizmati bilan o‘zaro xamkorlik quyidagi bosqichlarda
amalga oshiriladi:
Terroristik-qo‘porovchilik faoliyati giyoxvandlik vositalari psixotrop moddalar o‘qotar qurol va o‘q
dorilar diniy ekstremestik mazmundagi adabiyotlar xamda varaqalarni tashish 1ki boshqa xavfli jinoiy xatti-
xarakatlar to‘g‘risidagi xolatni aniqlash;
E’lon qilingan tadbir bo‘yicha xizmat o‘tash tartibini belgilash;
YUzaga kelgan tezkor vaziyatni inobatga olgan xolda kuch va vositalarni taqsimlash;
Ichki ishlar organlarining boshqa soxaviy xizmatlar bilan xamkorlik qilish tartibini belgilash.
141. Olingan tezkor ma’lumotlarni qayd etish ma’sul raxbar xodimlariga va Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIB Toshkent shaxar ichki ishlar bosh boshqarmasi viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining
navbatchilik qismiga etkazish DYHXX bo‘linmalarining kuch va vositalarini boshqarish ichki ishlar
organlarining boshqa xizmatlari bilan xamkorlikni boshqarish ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari
bilan xamkorlikni olib borish MADX tomonidan amalga oshiriladi.
142. MADX-ADX o‘z faoliyatini zamonaviy texnolgiyalardan va axborot tizimlaridan foydalangan
xolda amalga oshiradi YPX bo‘linmalarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirish yo‘l xarakati
xavfsizligini boshqarish va jamoat tartibini muxofaza qilishning kom’yuterlashtirilgan boshqaruv
tiziminingsamarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi transport oqimi yo‘nalishini kuzatishni amalga oshiradi
va ularning to‘xtovsiz xarakatlanishini ta’minlashni tashkil etadi.
143. Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari YPX bo‘linmalarining komandirlari
MADXning shoxobchalari mobil guruxlar va YPX ekipajlari PPX bo‘linmalari va tayanch punktalri bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarurat xollarda maxsus tadbirlar rejalarga muvofiq Davlat xavfsizlik xizmati favqulodda
vaziyatlar vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari xamda
qo‘shni davlatlarning xuquqni muxofaza qiluvchi organlari bilan tezkor aloqa amalga oshiriladi.
144. MADX-ADX YPX bo‘linmalarining ichki ishlar organlarining boshqa soxaviy xizmatlari bilan
xamkorlikda amalga oshirayotgan ishlarni tashkillashtiradi.
145. YPX bo‘linmalari o‘z javobgarligi sektorida yo‘l xarakati xavfsizligi va jamoat tartibini
avtomobil’ yo‘llari ularga tutashgan xududlarda xuquqbuzarliklarga qarshi kurashishni ta’minlaydi. Bunda
MADX-ADX shoxobchalari boshqa YPX bo‘linmalari ichki ishlar organlarining navbvtchilik qismlari
tayanch punktlari va PPX bo‘linmalari xamda sodir etilgan jinoyatlarini xolatlariga qarab Davlat xavfsizlik
xizmati Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat xavfsizlik xizmatining chenara
qo‘shinlari bilan o‘zaro xamkorlik qiladi va tezkor aloqa .
146. PPX va YPX mobil guruxlari ekipajlardan iborat bo‘lib ular xizmat o‘tash xudularida yo‘l
xarakati qoidalarini buzgan transport bilan bog‘liq jinoyatlar xodisa joyidan yashiringan xaydovchilarni
xamda sodir etilayotgan boshqa jinoyatlarni PPX profilaktika inspektorlari jinoyat qidiruv xodimlari bilan
birgalikda fosh etish choralarini ko‘radi.
147. YPX ekipaji o‘z javobgarligi mintaqasida yo‘l xarakati xavfsizligini ta’minlash jamoat tartibini
saqlash ishlarini tashkil qilishda MADX-ADX mobil gurux bevosita komandirlari qo‘shni ekipajlar zarurat
tug‘ilganda ichki ishlar organlarining navbvtchilik qismlari tayanch punktlari PPX ekipajlari bilan axborot
almashish yo‘li bilan xamkorlik qiladi doimiy ravishda tezkor aloqani ushlab turadi .