1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda



Download 0,88 Mb.
bet1/13
Sana11.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#542811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O‘RQ-742 30.12.2021




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 26-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 15-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan (bundan buyon matnda respublika budjeti deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan mablag‘lardan faqat 2022 moliya yili davomida foydalaniladi va kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) bilan kelishgan holda o‘zining joriy xarajatlari tarkibidagi tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini (bundan buyon matnda rivojlantirish dasturlari deb yuritiladi) amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan quyi tashkilotlariga o‘zlariga respublika budjetidan ajratilgan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini 10 foizigacha Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yo‘naltirishga haqli.
Vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmati tegishli rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida chet el manbalaridan (chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan) grant tarzida ajratilgan mablag‘larni (miqdori va sohalari O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mustaqil belgilash shartlari (imkoniyatlari)da taqdim etilgan grant mablag‘lari bundan mustasno) birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun ajratilishi belgilangan miqdorlari ushbu Qonunga o‘zgartirish kiritilmasdan ko‘paytiriladi.
2-bob. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti parametrlari
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari va xarajatlari
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2023-2024-yillarga budjet mo‘ljallari 1-ilovaga muvofiq, ularni tayyorlashda asos bo‘lgan 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2023-2024-yillarga maqsadli mo‘ljallar 2-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi va xarajatlari
2022-yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda ularning xarajatlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5-modda. Respublika budjeti daromadlari prognozi va xarajatlari
2022-yil uchun respublika budjeti daromadlari prognozi 4-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2022-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga soliqlar, davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar hisobidan kelib tushadigan mablag‘larning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan respublika budjetiga o‘tkazilishi mumkin.
6-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari
2022-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2022-yil uchun respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga va viloyatlarning viloyat budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7-modda. Ayrim to‘lovlar stavkalari
2022-yil uchun:
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 8-ilovaga muvofiq (soliq solish maqsadlari uchun);
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari 9-ilovaga muvofiq;
chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
8-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish
2022-yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi 708,9 mlrd so‘m miqdorida belgilansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining 2022-yil uchun zaxira jamg‘armalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetini, viloyatlar viloyat budjetlarini va Toshkent shahri shahar budjetini, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etishda yuqori turuvchi budjetdan ularga ajratiladigan budjetlararo transfertlar miqdori oshgan hollarda tegishli budjetlar zaxira jamg‘armalarining belgilangan miqdorlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga o‘zgartishlar kiritilmaydi.
9-modda. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi barqarorligini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromad prognozlari bajarilmagan va joriy moliya yilining oxirigacha ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda:
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizi va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan;
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizidan kam miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha qarorlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Budjetlar xarajatlarini qisqartirishda budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning budjet mablag‘larini o‘zlashtirishi, shuningdek qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi. Bunda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni kamaytirish O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 120-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash
O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun — 2,5 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 2,0 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilansin.
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 6,0 trln so‘m miqdorida belgilansin. Bunda moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda so‘ndiriladigan O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari cheklangan sof hajmga kiritilmaydi.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdorini belgilash
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligi cheklangan miqdorining oshib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar faqat qo‘shimcha daromad manbai mavjud bo‘lganda yoki boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi.
2023-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining yuqori cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak.
3-bob. Budjetlararo munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
12-modda. 2022-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha deklaratsiya asosida to‘lanadigan soliqlar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagilar to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
aylanmadan olinadigan soliq;
qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yig‘imlar;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig‘imlardan hamda g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imidan, shuningdek avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lovdan tashqari);
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;
davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar;
mobil aloqa xizmatlari, tamaki va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar tegishincha 2021-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagi ulushlarda:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslar mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 63 foizi, Toshkent viloyatida 42 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi;
foyda solig‘idan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 63 foizi, Toshkent viloyatida 40 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari:
tegishli darajadagi mahalliy budjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni (shu jumladan ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan daromadlarni) hamda budjetlararo transfertlarni taqsimlashga;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i tushumlarini tumanlar va shaharlar budjetlariga yo‘naltirishga;
daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablag‘larning bir qismini tumanlar va shaharlar budjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berishga haqli.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritishga haqli.
Agar qonunchilikda mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, daromadning ushbu turi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi.
Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan 2022-yilning 1-iyuliga qadar 2021-yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida, oltin qazib oluvchi korxonalar tomonidan esa 100 foizi miqdorida ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanadi hamda 2022-yilning 1-sentabridan kechiktirmay tegishli darajadagi budjetlarga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2022-yil uchun dividendlar (sof foydadan ajratmalar) to‘lash miqdori va davriyligini qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlashga haqli.
13-modda. 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli budjetlarini birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar uchun xarajatlar rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi.
Choraklar yakuni bo‘yicha ushbu Qonunning 6-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish ehtimoli bo‘lmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan ko‘rilgan choralar bilan birga tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qiladi hamda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Tumanlar va shaharlar hokimlari ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga xuddi shunday tartibda murojaat etadi.
2022-yilda:
Toshkent shahrining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar Toshkent shahrining shahar budjetidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklashga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan va viloyatlarning viloyat budjetlaridan;
advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to‘lashga doir xarajatlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan;
ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlarini va qozonxona uskunalarini mukammal ta’mirlashga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi.
Hududlardagi barcha issiqlik ta’minoti tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari xulosalariga ko‘ra, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan ma’qullanganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil davomida qayta ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra issiqlik ta’minoti tashkilotlari aholiga pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi natijasida ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Barcha tumanlar va shaharlar budjetlarining tasdiqlangan xarajatlarining (bundan zaxira jamg‘armasi mablag‘lari mustasno) 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Barcha tumanlar va shaharlar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14-modda. “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini buzganlik uchun javobgarlik
“2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
15-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
16-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
17-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-dekabr,
O‘RQ-742-son
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-742-son Qonuniga
1-ILOVA
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2023-2024-yillarga budjet mo‘ljallari

mlrd so‘m


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish