1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish



Download 141,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/57
Sana22.09.2021
Hajmi141,91 Kb.
#182055
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Bog'liq
O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

35-modda. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish

O‘quv  rejalari  va  o‘quv  dasturlari  tegishli  ta’lim  bosqichlarining  maqsad  hamda

vazifalari asosida ishlab chiqiladi.

Tegishli  davlat  ta’lim  muassasalari  va  tashkilotlaridagi  o‘quv  rejalari  va  o‘quv

dasturlarining  mazmuni,  ularni  ishlab  chiqish  hamda  joriy  etish  tartibi  O‘zbekiston

Respublikasi  Maktabgacha  ta’lim  vazirligi,  Xalq  ta’limi  vazirligi,  O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish

agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Umumta’lim  fanlarining  o‘quv  dasturlari  shaxsni  har  tomonlama  kamol  toptirishga,

ta’lim  oluvchilarda  bilim,  malaka,  ko‘nikmalarni,  saviyani  shakllantirishga  va  ularning

qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Kasbga  oid  fanlarning  o‘quv  dasturlari  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  tegishli  kasblar  va

mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.

Ta’lim  jarayoniga  o‘quv  rejalari  va  o‘quv  dasturlarini  joriy  etish  ta’lim  tashkilotlari

tomonidan amalga oshiriladi.

O‘quv  rejalari  va  o‘quv  dasturlarini  joriy  etish  jarayonida  zamonaviy  pedagogik

texnologiyalar,  o‘qitishning  innovatsion  shakllari  va  usullari,  axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari qo‘llaniladi.

Ta’lim  jarayoniga  o‘quv  rejalari  va  o‘quv  dasturlarini  joriy  etish  chog‘ida  ta’lim

tashkilotlari  kredit-modul  tizimiga  asoslangan  o‘qitish  texnologiyalaridan  foydalanishi

mumkin.

O‘quv  rejasida,  qoida  tariqasida,  ta’lim  jarayonining  jadvali,  o‘qitishning  boshlanishi,

muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya,

ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar)

hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.

Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga

doir o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda tutiladi.

Ta’lim  oluvchilarning  amaliyotni  o‘tash  tartibi  va  uni  tashkil  etish  ta’lim  sohasidagi

vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.

Professional  va  oliy  ta’limga  doir  o‘quv  rejalari  davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq

mutaxassislik  fanlaridan,  shuningdek  umumkasbiy,  matematika,  tabiiy-ilmiy,  gumanitar  va

qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.

O‘quv  rejalariga  davlat  boshqaruvi  organlarining  topshiriqlariga  asosan  va  ushbu

Qonunda nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.




Download 141,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish