1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda.  Davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va



Download 148.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.11.2019
Hajmi148.75 Kb.
1   2   3

12-modda.  Davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va

yuridik  shaxslar  birlashmalarining  raqobatni  cheklaydigan  hujjatlari  hamda

harakatlarini taqiqlash

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining:

faoliyatning  biror  bir  sohasida  yangi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  tashkil  etishga

cheklovlar  joriy  etishi,  shuningdek  faoliyatning  ayrim  turlarini  amalga  oshirishni  yoki

muayyan tovarlar ishlab chiqarishni man etishi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar

mustasno;

shartnomalar  tuzishda  ustunlik  berish,  sotib  oluvchilarning  muayyan  doirasiga

tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablag‘larning manbalarini tanlash

va  ulardan  foydalanish  yo‘nalishlarining  afzalligi  to‘g‘risida  xo‘jalik  yurituvchi  subyektga

ko‘rsatmalar berishi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;

ayrim  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga  ularni  tovar  yoki  moliya  bozorida  faoliyat

ko‘rsatayotgan  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga  nisbatan  afzal  holatga  qo‘yadigan

imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi;


xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  aksiyalarni

(ulushlarni) olishi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  iqtisodiy  faoliyatiga  oqibatda  raqobat  cheklanishi

mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi;

o‘z vazifalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan qo‘shib bajarishi;

ayrim  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  faoliyati  uchun  boshqa  kamsituvchi  yoki

imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilashi taqiqlanadi.

Alohida hollarda, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari

tabiiy  ofatlar,  halokatlarning  oqibatlarini  tugatish  hamda  epidemiyalarning  oldini  olish

maqsadida  ushbu  moddaning  birinchi  qismida  belgilangan  hujjatlar  qabul  qilishi  va

harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

Davlat  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va  yuridik  shaxslar

birlashmalarining  tovar  yoki  moliya  bozorining  normal  faoliyat  ko‘rsatishiga,  raqobatni

rivojlantirishga  to‘sqinlik  qiluvchi  hamda  iste’molchilarning  huquqlari  va  qonuniy

manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga, shu jumladan:

narxlarni yoki tariflarni oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga;

tegishli  bozorni  hududiy  prinsip  bo‘yicha,  realizatsiya  qilish  yoki  xaridlar  hajmi

bo‘yicha, tovarlarning xillari bo‘yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar

buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;

Oldingi tahrirga qarang.

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  bozorga  kirishini  cheklashga  yoki  ularni  bozordan

chetlatishga olib keladigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

(12-moddaning  uchinchi  qismi  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  9-

yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y.,

03/18/459/0536-son)

Yuridik  shaxslar  birlashmalarining  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  iqtisodiy  faoliyatiga

pirovard  natijada  raqobatni  cheklab  qo‘yadigan  yoki  cheklab  qo‘yishi  mumkin  bo‘lgan  tarzda

aralashishi taqiqlanadi.



13-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash

Insofsiz raqobat, shu jumladan:



Oldingi tahrirga qarang.

boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektga  zarar  keltirishi  yoki  uning  ishchanlik  obro‘siga

putur yetkazishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri taqqoslashlar. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektning

tovarini xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsiflarni yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmagan

holda  tovarning  ustunligi  haqida  taassurot  hosil  qiluvchi  so‘zlardan  yoki  belgilardan

foydalanish  orqali  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  (raqobatchining)  o‘zga  tovari  bilan

taqqoslash yoxud ko‘rsatilgan so‘zlarni yoki belgilarni o‘z ichiga olgan tasdiqlar yolg‘on, noaniq

bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan hollar noto‘g‘ri taqqoslashdir;

yuridik  shaxsning  intellektual  faoliyati  natijalaridan  va  ularga  tenglashtirilgan

individuallashtirish  vositalaridan,  tovarni  individuallashtirish  vositalaridan  qonunga  xilof

ravishda  foydalanilgan  holda  tovarni  realizatsiya  qilish,  shu  jumladan  tovarni  xo‘jalik

yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovar belgisiga, firma nomiga o‘xshash bo‘lgan yoxud

adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda,

o‘rovlarda  joylashtirish  yo‘li  bilan  yoki  sotilayotgan  yoxud  fuqarolik  muomalasiga  o‘zgacha

tarzda  kiritilayotgan  tovarlarga  nisbatan  tovar  belgisidan  boshqacha  tarzda  foydalanish  yo‘li

bilan,  shuningdek  ushbu  belgidan  domen  nomida  foydalanish  orqali  qonunga  xilof  ravishda

foydalanilgan holda realizatsiya qilish;

tovarning  xususiyati,  ishlab  chiqarilish  usuli  va  joyi,  iste’mol  xossalari,  narxi,  sifati,

ishlab  chiqaruvchining  (bajaruvchining)  kafolat  majburiyatlari  xususida  iste’molchilarni

chalg‘itish,  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  (raqobatchi)  tomonidan  fuqarolik  muomalasiga

kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini,

o‘rovini,  ranglar  uyg‘unligini,  tovar  belgisini  takrorlash,  reklama  materiallaridan  yoki  xo‘jalik



yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan

nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish;



(13-moddaning  birinchi  qismi  ikkinchi,  uchinchi  va  to‘rtinchi  xatboshilari  O‘zbekiston

Respublikasining  2017-yil  18-apreldagi  O‘RQ-429-sonli  Qonuni tahririda  —  O‘R  QHT,  2017-y.,  16-son,  265-

modda)

fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni, shu jumladan tijorat sirini

egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish;

tovar  yoki  moliya  bozoriga  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  kirishiga  to‘siq

qo‘yish taqiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yuridik  shaxsni  individuallashtirish  vositalariga,  tovarni  individuallashtirish

vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqni olish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi)

tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan belgi bilan aynan o‘xshash

yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan

bog‘liq insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmaydi.



(13-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  18-apreldagi  O‘RQ-429-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)

Monopoliyaga  qarshi  organning  ushbu  modda  ikkinchi  qismining  tovar  belgisiga

bo‘lgan  mutlaq  huquqni  olish  xususidagi  qoidalari  buzilganligini  e’tirof  etish  to‘g‘risida

chiqargan  qarori  tovar  belgisiga  huquqiy  muhofaza  berish  haqidagi  guvohnomani  haqiqiy

emas  deb  topish  uchun  manfaatdor  shaxs  tomonidan  intellektual  mulk  bo‘yicha  vakolatli

organga yoki sudga yuboriladi.



3-bob. Savdolarni va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga

solish

14-modda. Tanlov (tender) savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar

Tanlov  (tender)  savdolarini  o‘tkazishda  raqobatni  cheklashga  olib  keladigan  yoki  olib

kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:

savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish;

savdolarning  tashkilotchilari  va  (yoki)  buyurtmachilari  tomonidan  savdolar

ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlardan  savdolarda  qatnashish  uchun  hujjatlarni  qabul

qilishni asossiz ravishda rad etish;

savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish;

savdolarning  bitta  yoki  bir  nechta  ishtirokchisiga  savdolarda  qatnashish  uchun

imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli

shart-sharoitlar yaratib berish, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;



Oldingi tahrirga qarang.

lotlar  tarkibiga  savdolarning  predmetiga  texnologik  va  funksional  jihatdan  bog‘liq

bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish;

(14-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  9-yanvardagi  O‘RQ-459-sonli

Qonuniga  asosan  yettinchi  xatboshi  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,

10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini ko‘rsatish, bundan tovarlarning mos kelmasligi va

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.

Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  belgilangan  monopoliyaga  qarshi  talablarning

buzilishi tanlov (tender) savdolarining qarorlarini va shu savdolar natijalari bo‘yicha tuzilgan

shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.



15-modda. Birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar

Birja  savdolarini  o‘tkazishda  raqobatni  cheklashga  olib  keladigan  yoki  olib  kelishi

mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan:


birja  savdolarini  o‘tkazish  jarayoniga  ta’sir  ko‘rsatadigan  harakatlar,  bundan  qonun

hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

birja  savdolari  ishtirokchilarining  kelishib  olingan  harakatlari  natijasida  joriy  birja

narxlarining keskin ko‘tarilishiga yoki qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;

birja  savdolarida  talabning  o‘zgarishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  yolg‘on

ma’lumotlarni tarqatish bilan bog‘liq harakatlar taqiqlanadi.

Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  belgilangan  monopoliyaga  qarshi  talablarning

buzilishi birja savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun

asos bo‘ladi.

Oldingi tahrirga qarang.

16-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir

monopoliyaga qarshi talablar

Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib

olish bo‘yicha bitimga oldindan rozilik beradi.

Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki

oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi eng kam oylik ish

haqining  yuz  ming  baravari  miqdoridan  ortiq  bo‘lsa  yoxud  ulardan  biri  tovar  yoki  moliya

bozorida  ustun  mavqeni  egallab  turgan  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  bo‘lsa,  xo‘jalik  yurituvchi

subyektlarni  qo‘shib  yuborish  va  qo‘shib  olish  bo‘yicha  bitimlar  uchun  monopoliyaga  qarshi

organning oldindan roziligini olish zarur.

Ushbu moddaning talablari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborilishi

va qo‘shib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  qo‘shib  yuborish  va  qo‘shib  olishga  oldindan  rozilik

berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda —

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

Oldingi tahrirga qarang.

17-modda. Aksiyalarni (ulushlarni) olishda monopoliyaga qarshi talablar

Monopoliyaga  qarshi  organ  shaxs  va  shaxslar  guruhi  tomonidan  xo‘jalik  yurituvchi

subyektning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  aksiyalarni  (ulushlarni)  olish  bo‘yicha

bitimlarga oldindan rozilik beradi.

Quyidagi  hollarda  monopoliyaga  qarshi  organning  shaxs  yoki  shaxslar  guruhi

tomonidan  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  aksiyalarni

(ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur bo‘ladi, agar:

bunday  shaxs  yoki  shaxslar  guruhi  ko‘rsatilgan  aksiyalarning  (ulushlarning)  ellik

foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;

bitimda  ishtirok  etayotgan  shaxslar  aktivlarining  jami  balans  qiymati  yoki  oxirgi

kalendar  yilda  tovarlarni  realizatsiya  qilishdan  olingan  jami  tushum  eng  kam  oylik  ish

haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar

yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa.

Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;

xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z aksiyalarini olishga doir bitimlarga;

aksiyadorlik  jamiyati  o‘z  ustav  fondining  (ustav  kapitalining)  miqdorini  saqlab  qolgan

taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;

ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  aksiyalar  (ulushlar)  ishonchli  boshqaruvga

berilganda,  shuningdek  aksiyalar  (ulushlar)  keyinchalik  qayta  sotish  maqsadida  investitsiya

vositachilari tomonidan olinganda;

ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  aksiyalar  (ulushlar)  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt

tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga;



xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  aksiyalari

(ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga;

ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  aksiyalar  (ulushlar)  jismoniy  shaxs  tomonidan

olinishiga  doir  bitimlarga,  agar  ariza  bilan  murojaat  etilgan  paytda  bunday  jismoniy  shaxs

biror-bir  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  aksiyalarning

(ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etmagan bo‘lsa.

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  aksiyalarni

(ulushlarni)  olishga  doir  bitimlarni  ko‘rib  chiqish  hamda  bunday  bitimlarni  tuzish  uchun

oldindan  rozilik  olish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan

belgilanadi.



(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda —

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

18-modda. Oldindan rozilik olish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  qo‘shib  yuborishga,  qo‘shib  olishga  doir  harakatlarni

amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha

bitimlar  tuzishda  shaxslar  yoki  shaxslar  guruhlari  bu  harakatlar  sodir  etilguniga  (bitimlar

tuzilguniga) qadar Davlat xizmatlari markazlariga:

(18-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi

O‘RQ-486-sonli  Qonuni  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  24.07.2018-y.,

03/18/486/1559-son)

harakatlarni  sodir  etishga  (bitimlar  tuzishga)  oldindan  rozilik  berish  to‘g‘risidagi

arizani;

Oldingi tahrirga qarang.

jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga oid ma’lumotlarni (hujjatning seriyasi

va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ);

(18-modda  birinchi  qismining  uchinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2015-yil  20-

avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan

kamroq  muddatni  tashkil  etsa,  faoliyat  amalga  oshirilgan  muddat  mobaynida  olib  borgan

faoliyat  turlari,  ishlab  chiqargan  va  realizatsiya  qilgan  tovar  turlarining  nomlari  hamda

ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini;

shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari

ko‘rsatilgan ma’lumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish

bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Monopoliyaga  qarshi  organ  zarur  hujjatlar  va  ma’lumotlar  olingan  paytdan  e’tiboran

o‘n  kalendar  kundan  kechiktirmay  arizachiga  qabul  qilingan  qaror  to‘g‘risida  yozma  shaklda

xabar  qiladi.  Aksiyalarning  (ulushlarning)  ayni  bir  turkumini  olishga  oldindan  rozilik  olish

uchun  shaxslar  yoki  shaxslar  guruhlari  bir  vaqtning  o‘zida  murojaat  etgan  taqdirda

monopoliyaga qarshi organning qarori arizachilarga ayni bir kunda yetkaziladi. Zarur hollarda,

agar monopoliyaga qarshi organda harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki

olib  kelishi  mumkin,  shu  jumladan  tovar  yoki  moliya  bozorida  ustun  mavqening  vujudga

kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin

deb  taxmin  qilish  uchun  asoslar  paydo  bo‘lsa,  arizani  ko‘rib  chiqish  muddati  bozorni  tegishli

tarzda o‘rganish uchun bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

Monopoliyaga qarshi organ, agar:

harakatlarni  sodir  etishga  (bitimlar  tuzishga)  oldindan  rozilik  berish  to‘g‘risidagi

arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning



yoki  shaxslar  guruhining  ustun  mavqei  yuzaga  kelishiga  yoki  kuchayishiga  va  (yoki)

raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;

taqdim  etilgan  hujjatlarni  ko‘rib  chiqishda  ularda  bayon  etilgan  axborotning

ishonchsizligi yoki yolg‘onligi aniqlansa, arizachiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli.



Oldingi tahrirga qarang.

Monopoliyaga  qarshi  organ  harakatlarni  sodir  etishga  (bitimlar  tuzishga)  oldindan

rozilik  berishga  va  buni  raqobatni  ta’minlashga  qaratilgan  talablarni  bajarishga  bog‘liq  qilib

qo‘yishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga

qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda ustav

fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishga oldindan

rozilik  berish  to‘g‘risidagi  qarorida  ko‘rsatilishi  kerak.  Mazkur  harakatlarning  sodir  etilishi

(bitimlar  tuzilishi)  tovar  yoki  moliya  bozorida  tegishli  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  yoki

shaxslar  guruhining  ustun  mavqei  yuzaga  kelishiga  yoki  kuchayishiga  va  (yoki)  raqobatning

cheklanishiga  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  taqdirda,  bu  harakatlarni  sodir  etish  (bitimlar

tuzish) to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi

organning  talabiga  ko‘ra  raqobatning  zarur  shart-sharoitlarini  tiklash  chora-tadbirlarini

ko‘rishi shart.

(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Monopoliyaga  qarshi  organ  tovar  yoki  moliya  bozorida  hatto  xo‘jalik  yurituvchi

subyektning  yoki  shaxslar  guruhining  ustun  mavqei  yuzaga  kelishi  yoki  kuchayishi  va  (yoki)

raqobatning  cheklanishi,  noxush  oqibatlar  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan  taqdirda  ham,  agar

xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  qo‘shib  yuborish,  qo‘shib  olish  va  ustav  fondidagi  (ustav

kapitalidagi)  aksiyalarni  (ulushlarni)  olish  bo‘yicha  bitimlar  tuzish  to‘g‘risida  qaror  qabul

qilgan  yuridik  va  (yoki)  jismoniy  shaxslar  o‘z  harakatlari  (bitimlari)  iste’molchilarga  sezilarli

darajada  naf  keltirishini  isbotlab  bersa,  harakatlarni  sodir  etish  (bitimlar  tuzish)  uchun

oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.

(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

Monopoliyaga  qarshi  organning  oldindan  berilgan  roziligisiz  sodir  etilgan,  tovar  yoki

moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga

kelishiga  yoki  kuchayishiga  va  (yoki)  raqobatning  cheklanishiga  olib  keladigan  harakatlar

(tuzilgan bitimlar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

(19-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  9-yanvardagi  O‘RQ-459-sonli  Qonuniga  asosan

o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

20-modda.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  majburiy  tarzda  bo‘lish  yoki  ajratib

chiqarish

Tovar  yoki  moliya  bozorida  ustun  mavqega  ega  bo‘lgan  xo‘jalik  yurituvchi  subyektga

nisbatan  raqobat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  buzilishini  bartaraf  etish  yuzasidan  ilgari

qo‘llanilgan  choralar  samarasiz  bo‘lgan  taqdirda,  monopoliyaga  qarshi  organ  xo‘jalik

yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish haqidagi da’vo bilan sudga

murojaat etadi, bo‘lish yoki ajratib chiqarish xo‘jalik yurituvchi subyekt negizida ikki yoxud bir

nechta alohida xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektni  majburiy  tarzda  bo‘lish  yoki  ajratib  chiqarish  quyidagi

shartlarning barchasi jam bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin:

bo‘linayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy va hududiy

jihatdan ajralib chiqish imkoniyati mavjud bo‘lganda;

uning  tarkibiy  bo‘linmalari  o‘rtasida  o‘zaro  uzviy  texnologik  bog‘lanish  mavjud

bo‘lmaganda;


bo‘lish  yoki  ajratib  chiqarish  natijasida  tashkil  topgan  tarkibiy  bo‘linmalarning  tovar

yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori

bilan  tasdiqlangan  “Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  majburiy  tarzda  bo‘lish  yoki  ajratib  chiqarish

masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

Download 148.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar