O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha, umumiy o‘rta,
o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek maktabdan tashqari ta’limni,
oliy ta’limdan keyingi ta’limni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni
amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga
hamda o‘quv dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish besh yil
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish ta’lim
tashkilotlarining arizasiga ko‘ra Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ariza
akkreditatsiya muddati tugashidan uch oy oldin beriladi.
Attestatsiya ikki bosqichda — ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash va tashqi
baholash bosqichlarida amalga oshiriladi.
Tashqi baholash ichki baholash o‘tkazilganidan keyin Ta’lim inspeksiyasi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari,
idoralari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilgan ta’lim tashkilotlari
tashkil etilgan kundan e’tiboran besh yil mobaynida akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran besh yil davomida
akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu Qonunda belgilangan
tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish maqsadida Ta’lim inspeksiyasi
huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi tuziladi.
Davlat akkreditatsiyasi ta’lim tashkilotining attestatsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi ta’lim tashkilotining maqomini
va uning faoliyati davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga va o‘quv dasturlariga
muvofiqligini aniqlaydi.
Ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan
taqdirda, unga davlat akkreditatsiyasining amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda belgilangan
namunadagi sertifikat beriladi.
Ta’lim tashkiloti qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hollarda davlat akkreditatsiyasi
to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishi Ta’lim inspeksiyasining qarori bilan tugatiladi.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari yoki sertifikatda ko‘rsatilgan shartlar
buzilganligi aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar ta’lim tashkiloti tomonidan bartaraf
etilmagan hollarda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi
sertifikatning amal qilishini bekor qilish xaqida qaror qabul qilinadi.
Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlari Ta’lim tashkilotlarining reyestriga
kiritiladi va bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: