16-modda. Turistik axborot markazi
Jismoniy va yuridik shaxslarni turistik resurslar hamda turistik industriya obyektlari
to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek turistik bozorlarda turistik mahsulotlarni targ‘ib qilish
bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi markaz turistik axborot markazidir.
Turistik axborot markazlarining loyihalari hamda ularda realizatsiya qilinadigan
tovarlarning (ishlar va xizmatlarning) ro‘yxati vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.
Turistik axborot markazi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |