38-modda. Turizm sohasida sug‘urta qilish
Turistlar va ekskursantlarni sug‘urta qilish ixtiyoriydir, bundan ushbu moddaning
ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno hamda turistlar va ekskursantlar tomonidan
bunday faoliyatni olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan
tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Turoperatorlar va turagentlar turistik mahsulotning xususiyati hamda shakliga qarab
turistlar va ekskursantlarda sug‘urta polisi mavjud bo‘lishi to‘g‘risida talab belgilash huquqiga
ega.
Turoperatorlar o‘zining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |