Pedagogik tajriba pedagogning faoliyatini samarali tashkil qilish, ta’lim oluvchilarni tayyorlashning har bir vaziyatida mahoratning yuqori darajasiga erishishda uzluksiz ravishda olib boriladi. Pedagogik mahorat o’z-o’zicha vujudga kelmaganidek, tajriba ham hech bir harakat, qiziqish va o’rganishsiz, sinovsiz, tavakkal qilishsiz yuzaga chiqmaydi. Pedagogik faoliyatning eng zaruriy va emotsiyalarga, hissiyotlarga boy bo’lishini hisobga olsak, juda og’ir muammolar, dars jarayonlaridagi kutilmagan holatlar, endi o’rganayotgan o’qituvchining faoliyati ham o’z fanining mohir ustasi bo’lgan o’qituvchiga tajribasini tinimsiz oshirib borishiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |