Xo'jalik shirkatlari, mas'uliyati cheklangau va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar
Yuridik shaxs maqomida faoliyat ko'rsatadigan tadbirkorlik subyekllari xo'jalik shirkatlari yoki jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. Fuqarolik kodeksining 58-moddasida xo'jalik shirkatlari va jamiyatlariga quyidagicha ta'rif beriladi: «Ulushlarga (qo'shilgan hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga bo'lingan ustav fondi (ustav kapitali)ga ega bo'lgan tijoratchi tashkilotlar xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari hisoblanadi. Muassislar (ishtirokchilar) qo'shgan hissalar yoki ular sotib olgan aksiyalar hisobiga vujudga keltirilgan, shuningdek, xo'jalik shirkati yoki jamiyali o'z faoliyati jarayonida ishlab chiqargan va sotib olgan mol-mulk mulk huquqi asosida unga tegishlidir».
Xo'jalik shirkatlari O’zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan «Xo'jalik shirkatlari to'g'risida»gi Qonuni bilan tartibga solib turiladi.
Muassislarning uyushlariga (hissalariga) bo'lingan ustav fondiga ega bo'lgan tijorat tashkiloti xo'jalik shirkati hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yurilishda shaxsan ishtirok etadilar.
Xo'jalik shirkati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Ro'yxati qonunlarda belgilanadigan faoliyatning ayrim turlari bilan xo'jalik shirkati faqat litsenziya asosida shug'ullanishi mumkin.
Xo'jalik shirkati boshqa yuridik shaxslarning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishi, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishi mumkin.
Xo'jalik shirkati to'liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va shirkatining joylashgan manzili ko'rsatilgan dumaloq muhrga ega bo'lishi kerak. Shuningdek, u o’zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o'z ramziga, belgilangan tartibda ro'yxatga olingan tovar belgisiga va boshqa o'z belgi-alomatlariga ega bo'lishga haqlidir.
Xo'jalik shirkatlari to 'liq shirkat yoki kommandit shirkat shaklida tuziladi,
Ishtirokchilari (to'liq sheriklari) o'z o'rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq, shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo'yicha o'zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to'liq shirkat, deb hisoblanadi.
To'liq shirkatning firma nomi yo uning barcha ishtirokchilari nomini (nomlanishini), shuningdek, “to'liq shirkat” degan so'zlarni yoxud bir, yoki bir necha ishtirokchining “va kompaniya” degan so'zlar qo'shilgan nomini (nomlanishini), shuningdek. ''to'liq shirkat” degan so'zlarni o'z ichiga olishi kerak.
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo'yicha o'zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (to'liq sheriklar) bilan bir qatorda, shirkat faoliyati bilan bog'liq zararlar uchun o'zlari qo'shgan hissalar doirasida javobgar bo'ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyalini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha ishlirokchi (hissa qo'shuvchi, kommanditchi) mavjud bo'lsa, bunday shirkat kommandit shirkat, deb hisoblanadi.
Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda to'liq sherik bolishi mumkin. To'liq shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda to'liq sherik bo'la olmaydi. Kommandit shirkatdagi to'liq sherik o'sha shirkatning o'zida hissa qo'shuvchi va boshqa to'liq shirkatda ishtirokchi bo'lishi mumkin emas.
Kommandit shirkatning firma nomi barcha to'liq sheriklarning nomlarini (nomlanishini), shuningdek. “kommandit shirkat” degan so'zlarni yoxud kamida bitta to'liq sherikning “va kompaniya” degan so'zlar qo'shilgan holdagi nomini (nomlanishini), shuningdek, "kommandit shirker” degan so'zlarni o'z ichiga olishi kerak.
Agar kommandit shirkatning firma nomiga hissa qo'shuvchining nomi kiritilgan bo'lsa, bunday hissa qo'shuvchi to'liq sherikka aylanadi.
Kommandit shirkat faoliyatini boshqarish to'liq sheriklar tomonidan amalga oshiriladi. Hissa qo'shuvchilar kommandit shirkatni boshqarishda va uning ishlarini yurilishda ishtirok etishga ishonchnomasiz boshqa har qanday farzda uning nomidan ish ko'rishga haqli emaslar. Hissa qo'shuvchilar shirkatni boshqarish va uning ishlarini yuritish bo'yicha to'liq sheriklarning xatti-harakatlari xususida bahslashishga haqli emaslar.
Yakka tadbirkorlar va tijoratchi tashkilotlar to'liq shirkatning ishtirokchilari hamda kommandit shirkatda to'lik sheriklar bo'lishlari mumkin.
Xo'jalik shirkati ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
• xo'jalik shirkatining ishlarini boshqarishda qatnashish;
• xo'jalik shirkatining faoliyati to'g'risida axborot olish, ta'sis shartnomasida belgilangan tartibda buxgalteriya daflarlari va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
• foydani taqsimlashda ishtirok elish;
• xo'jalik shirkati tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.
Shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi.
Qonunchilikda shirkat ustav fo'ndi (ustav kapitali)ning miqdori shirkatni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun hujjatlarni taqdim elish sanasidagi holatga ko'ra, qonun hujjatlarida beigilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo'lmasligi belgilangan.
Shirkat ishtirokchisining shirkat ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko'rinishida belgilanadi. Shirkat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan shirkat ustav fondi (ustav kapitalining o'zaro nisbatiga muvofiq bo'lishi kerak.
Tadbirkorlik subyektlari o'z faoliyatlarini xo'jalik jamiyatlari shaklida tashkil etishlari ham mumkin. Xo'jalik jamiyatlarining faoliyati O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan «Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'utiyatli jamiyatlar to'g’risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdoriarda ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati mas'uliyati cheklangan jamiyat, deb hisoblanadi. Mas'uliyali cheklangan jamijatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javobgar bo'lmaydilar va jamivat faoliyati bilan bog'liq zararlar uchun o'zlari qo'shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo'ladilar.
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdoriardagi ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat, deb hisoblanadi. Sunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo'lgan va qo'shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyaining ta'sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda javobgar bo'ladilar.
Mas'uliyati cheklangan jamiyatning to'liq firma nomi jamiyatning to'liq nomini va «mas'uliyati cheklangan jamiyat» so'zlarini o'z ichiga oladi. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to'liq yoki qisqartirilgan nomini hamda “mas'utiyati cheklangan jamiyat” so'zlarini yoki MChJ abbreviaturasini o'z ichiga oladi.
Qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatning to'liq firma nomi jamiyatning to'liq nomini va “qo'shimcha mas'utiyatli jamiyat” so'zlarini o'z ichiga olishi kerak. Qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to'liq yoki qisqartirilgan nomini hamda «qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat” so'zlarini yoki QMJ abbreviaturasini o'z ichiga oladi.
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta'sis etilishi mumkin bo'lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishlirokchisi bo'lgan jamiyatga aylanishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim. Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu me'yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kobperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko'rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va ishtirokchilarining soni belgilangan me'yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organning talabiga binoan, sud tartibida tugatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |