1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Download 0,92 Mb.
bet80/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

Qaytarilmaydigan xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan xarajatlar bo'lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi uchun ham firmaning qaror qabul qilishiga ta'sir qilmaydi. Masalan, firma 100 ming so'mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin tez orada firmaning qarori o'zgarib, bu uskuna umuman kerak bo'lmay qoldi, undan muqobil foydalanish varianti mavjud emas. Firma ushbu uskunani 60 ming so'mga sotib, 40 ming so'm zarar ko'rdi. 40 ming so'm qaytarilmaydigan xarajat hisoblanadi va firmaning harakatiga ta'sir qilmaydi.

O'zgarmas xarajat (FC — fixed cost) — bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o'zgarmaydigan xarajat). O'zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan. inshootlardan, ishlab chiqarish uskuna-laridan foydalanish bilan bog'liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta'mirlash, ma'muriy xarajatlar kiradi.

O'rtacha O'zgarmas xarajat (AFC — Average Fixed Cost) — bir birlik mahsulotga to'g'ri keladigan O'zgarmas xarajat bo'lib, u quyidagicha aniqlanadi:

FC
AFC(Q) = —— .


O'rtacha o'zgarmas xarajat mahsulot hajmi (Q) oshishi bilan

kamayib boradi.



O'zgaruvchan xarajat (VC — Variable Cost) — mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lgan xarajat, ya'ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o'zgaradigan xarajat. O'zgaruvchan xarajat Qga bog'liq funksiya bo'lib, VC(Q) ko'rinishida yozilishi

mumkin.


O'zgaruvchan xarajatlarga — xomashyo, elektroenergiya, gaz, yordamchi materiallarga bo'lgan xarajatlar hamda ish haqi kabilar

kiradi.


O'rtacha xarajatlar shunday xususiyatga egaki, ishlab chiqarish-ning boshlang'ich qismida uning o'sish sur'ati mahsulot ishlab chiqarish sur'atidan yuqori bo'ladi, ishlab chiqarish hajmi optimal o'lchovga erishganda O'zgaruvchan xarajatlar kamayib, undan keyin yana oshadi.

O'rtacha O'zgaruvchan xarajatlar (AVC Average Variable Cost) — bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotga to'g'ri keladigan O'zgaruvchan xarajat bo'lib, u O'zgaruvchan xarajat miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. O'rtacha xarajatlar firma optimal texnologik razmerga (optimal ishlab chiqarish hajmiga) erishganda o'zining minimal qiymatiga erishadi, ishlab chiqarish hajmi yana oshsa, o'rtacha xarajat ham oshib boradi (bu yerda boshqarishning murakkablashuvi, samarali bo'lmagan resurslardan foydalanish, O'zgaruvchan xarajatlarni oshishiga sabab bo'ladi). O'rtacha O'zgaruvchan xarajat firma faoliyatini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida firma faoliyatining samaradorligi, firmaning muvozanat holati va kelajakdagi istiqboli (ishlab chiqarishni kengaytirish, qisqartirish yoki tarmoqdan chiqish) belgilanadi.

Umumiy xarajatlar (TC — Total Cost) — qisqa muddatli oraliqda ma'lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o'zgarmas va O'zgaruvchan xarajatlarning yig'indisiga teng:

TC=FC+VC(Q),

bu yerda. TC - o'zgarmas xarajat; VC(Q) - O'zgaruvchan xarajat.

O'rtacha xarajatni ba'zi hollarda o'rniga Cbilan ham belgilaydi. O'rtacha umumiy xarajatlarni umumiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlash mumkin:

ATC =

O'rtacha umumiy xarajatlar firma faoliyatini tahlil qilishda asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. O'rtacha umumiy xarajat bilan narx o'rtasidagi farq orqali firmaning olayotgan foydasi yoki zarari aniqlanadi.

Xarajatlar funksiyasi grafiklari bir-biriga nisbatan shunday joylashganki, boshlanishda chekli xarajatlar kamayib boradi (bu yerda asosiy sabab, ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi va optimal texnologik ishlab chiqarish hajmiga chiqish hamda o'zgarmas xarajatlarning kamayishi). Optimal hajmdan keyingi ishlab chiqarish hajmining o'sishida kam samarali resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish, ishlab chiqarish masshtabi ortiqcha kengayishi natijasida boshqaruv samaradorligining kamayishi, xarajatlarning ortishi natijasida chekli xarajatlar o'sib boradi.

Tadbirkor o'z korxonasining oy va yil mobaynidagi xarajatlari umumiy miqdorini ham bilishi kerak. Bu juda muhim ma'lumot, chunki u korxona xarajatlarining tarkibini va qaysi sohada xarajatlar ortiqcha yuqoriligini ko'rsatadi. Bunday axborotga ega bo'lgan tadbirkor xarajatlarni kamaytirishga va o'z raqobatbardoshligini oshirishga intilishi mumkin.

O'z biznesini boshlayotgan tadbirkor o'z korxonasining kamida bir yillik umumiy xarajatlarini aniqlashi, sotishdan rejalashtirila-yotgan daromadlar xarajatlarni qoplay olish-olmasligini tushunishi kerak. Tadbirkor hamisha kelajakka qarashi va o'z biznesini rivoj-lantirishni hisoblashi kerak.

Sotish rejasidan kelib chiqib, u ishlab chiqariladigan va sotila-digan mahsulot hajmini hisoblashi, mavsumiy chekinishlarning, sotish hajmlarining kamayishi yoki oshishi mavjudligini ko'rishi mumkin. Binobarin, bevosita sarflar o'zgaradi, bilvosita xarajatlar esa o'z darajasida qoladi.

Xodimlar mehnatiga haq to'lash, moddiy sarflar va boshqa sarflar ishlab chiqarish xarajatlariga qo'shiladi, ularning miqdori korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga bog'liq bo'ladi. Ayni vaqtda asosiy kapital sarflari ishlab chiqarishga, umuman, bog'liq bo'lmaydi.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish