1-bob nima uchun aynan tadbirkorlik



Download 0,92 Mb.
bet30/85
Sana29.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#76149
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari fanidan ma`ruza matni

Mulk sohibi bo 'lish. Bu yerda tadbirkorlar cheklangan resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo'lishi kerak. Ular o'z mulkiga tayanib yoki o'zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.

  1. Foyda olishga intilish. Tadbirkorning hoyishdan iborat iqtisodiy mantaati bo'lib, unga foyda olish orqali erishiladi.

  2. Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani. qancha, qanday texnologiya asosida ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o'ziga sherik ropishni. xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o'z bilganicha atnalga oshiradi.

  3. Iqrisodiy mas'uliyai. Tadbirkor mas'uliyalni o'z zimmasiga olib, ko'rgan foydazarariga o'zi javob beradi.

  4. Iqtisodiy lavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib. «yo ustidan, yo ostidan» dcgan qabilida ish tutadi. iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo'rqmaydi.

  1. Qanun-qoidalarga rioya qilish Tadbirkor sa'y-harakatlarining o'z qoidalari bor, ularga Stoat qilish ham farz, ham qarz hisoblanadi.

  2. Raqobat kumshida qainashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan «kim o'zadi» qoidasiga ko'ra bellashuvi sharl.

  3. Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.

  4. Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yo'l bilan pul topishga asoslanishi zanir, qalloblik, g'irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, Hazrati Muhammad (s.a.v.) odamlarga «halol yo'l bilan nafaqa topinglar», deb marhamat qilganlar. Shu sababli «halol top» degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo'lgan.

O'zbekiston qonunlariga ko'ra, tovar ishlab chiqaruvchilar iste'molchilaniing tovar sifatiga bo'lgan lalabini qondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu qonunlar ijrosini nazorat qiladi.

O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish tog'risida»gi Qonunida: «Davlat iste'molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog'idagi huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi», deb ta'kidlab o'tilgan.

  1. Nufuz (imij)ga ega bo'lish. Nufuz xalq orasida, tadbirkorlar doirasida obro'-etiborli bolishni bildiradi. Tadbirkor o'z sha'nini avaylashi. firm a nomini e'zozlab, unga dog’ tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.

  2. Tadbirkorlikda o'z-o 'zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko'maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi.

Masalan. O'zbekiston Respublikasining qonunlariga ko'ra, davlal tadbirkorlikni qo'llab-quvvailaydi, tadbirkorlar mulkining daxlsiz-ligini ta'minlaydi.

Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko'rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi bar qanday ne'matlar, albatta, kimningdir muiki. Faqat hech kimga kerak bo'lmagan narsaning egasi yo'q. Bozor iqlisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste'mol etishga asoslanar ekan, u albatta, mulkchilikni talab qiladi.

Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan Tarlibda kishilar tomonidan o'zlashtirish shaklidir. O'zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo'lishi, mulkdan foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolailash kabilarni belgilab qo'yadi. Mamlakatimizdagi mulk O'zbekiston Konstituisiyasi va «Mulkchilik to'g'risida»gi Qonunga binoan boshqariladi.

Tadbirkorlar mulkiy munosabatning subyekti, ya'ni ishtirokchisi bo'lishadi. Ular mulk qilib o'zlashtiradigan narsalar yer, bino, inshoot, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar. yaratilgan tovarlar, ilmiy g'oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosaballarning ob’ektidir. Mulkning uch bosqichi bor:

a) egalik qilish;



b) foydalanish (ishlatish);

d) tasarruf etish.

Ularning yaxlilligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo'lib, birinchidan, ular o'z mulkiga tayanib ish yuritishadi, ya'ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o'ziniki. Ikkinchidan, ular o'zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritishadi. bunda mulkka vaqtinchalik egalik qilishadi va mulkdan foydalanishadi, ammo uni tasarruf etib xo'jayinlik qila olishmaydi. Baribir, har ikki holatda ham yaratilgan tovarlarning egasi tadbirkor bo'lib qolaveradi. Tadbirkor o'z mulkidan naf ko'rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaali yuzaga chiqadi. Tadbirkor o'z mulkini ishlatib foyda topadi, o'z mulkini qimmalga solib, daromad ko'radi. o'z mulkiga tayanib mehnal qiladi va shu yo'l bilan pul topadi va, nihoyat u o'z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo'lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o'zi hal qiladi, ya'ni buning eng maqbul yo'lini o'zi tanlab oladi. Tadbirkor o'z mulkidan naf ko'rgani uchun mulkiy mas'uliyatni, ya'ni mulkni oqilona ishlatish javobgarligini zimmasiga oladi.

Tadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va qonunga qarab, uning turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida xususiy mulk yetakchi mavqeda turadi. Xususiy mulk ayrim kishilarga tegishli va ularga naf keltiruvchi mulkdir.

Xususiy mulkka qarab, xususiy tadbirkorlik mavjud bo'ladi. Xususiy mulkning o'zi ikki ko'rinishga ega:

1. Yakka xususiy mulkbu yakka shaxsning mulki, shu mulkka asoslangan korxona yakka shaxsga tegishli korxona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga qarashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki mulkdorning shaxsan o'zi va oila a'zolari ishlaydigan korxonalar ham bo'ladi.

2. Guruhiykorporativ xususiy mulk — bu ma'lum maqsadni ko'zlab, o'zaro birlashgan mulk sohiblarining xususiy mulki. Bu mulkni harbir sohib alohida emas, balki birgalikda o'zlashtiradi. Uning namunasi korporatsiyalar bo'lib, ular amalda hissadorlar jamiyali shaklida faoliyat ko'rsatadi. Bunday tadbirkoriik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi.

Tadbirkorlik jamoa mulkiga ham asoslanadi. Bu mulk jamoaga birlashgan kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Jamoaga kiruvchilar uning mulkiga o'z hissasini qo'shishi shart. Bu yerda ham hissadorlik qoidasi bor, ammo aksiyadorlikdan farqi shuki, mulk sohibi jamoa tarkibida ishlashi shart. Bunga misol qilib, kooperativlarni, mahalla va jamoa xo'jaliklarini olish mumkin.

Davlat mulki davlatning vazifalarini bajarishga xizmat qiluvchi mulk, davlat korxonalarining va tashkilotlarining mol-mulkidan iborat. Davlat unitar korxonalari ham tadbirkorlik bilan shug'ullanib, foyda ko'radilar.






    1. Download 0,92 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish