REJA 1 Tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o‘rni va ahamiyati. 2 Moliyaviy tahiil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari. 3 Moliyaviy tahiil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 4 Moliyaviy tahiil: ichki moliyaviy tahiil, tashqi moliyaviy tahiil. 1.Tahlilning zamonaviy boshqaruvdagi roli, o‘rni va ahamiyati.
Iqtisodiyotni globallashuvi, integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va kuchli raqobat muhitidagi talablar hisob-kitoblarga oid fanlar tizimini ham zamonaviy biznes qoidalariga mos tarzda takomillashtirishni talab etmoqda. Negaki, manfaatlar ustuni sifatida tan olingan bozor modeli avvalo, aniq hisob-kitoblar algoritmini, ularni baholashni va chuqur tahliliy yechimlarni talab etadi.
Zamonaviy iqtisodiyot avvalo chuqur tahliliy yechimlar asosida doimo o'zini yangilab boruvchi, tartibga soluvchi va turli tahlikalarga ta’sirchan murakkab tizimga aylanib bormoqda. Xo‘sh iqtisodiyotda, uning makro va mikro ko'lamdagi boshqaruvida tahlilning
roli, o‘mi va ahamiyati nimada?
Makroko’lamda tahlil fan sifatida shakllanmagan. Lekin bu bilan makroko’lamda tahlil amalga oshirilmaydi degani emas. Uning muhim jihatlari boshqa fanlar (iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, marketing, statistika va h.k.) doirasida amalga oshiriladi.
Mikroko’lamda esa tahlil oldiga bir qator murakkab vazifalar qo’yiladi va ulami hal etish orqali quyi bo’g‘in hisoblangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya xo‘jalik faoliyatining tashxisi qo‘yiladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o ‘rganish va tahlil etish
orqali ularning samarali faoliyatini yo’lga qo‘yish va uni o‘stirish
imkoniyatlarini baholashda, korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya
faoliyatidan moliyaviy resurslarning kirimiga va ulardan moliyaviy
holatni o‘stirishda foydalanish darajalariga, raqobatdoshlik, moliyaviy
natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo‘jalik
faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning
Yo’llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali
foydalanishning chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.
Bugungi kun iqtisodiyoti xo‘jalik subyektlari oldiga texniktexnologik
taraqqiyotga, ilm fanga asoslangan iqtisodiyotni yo’lga
qo‘yishga undamoqda. Bu esa o‘z navbatida boshqaruvchilardan
samarali faoliyat shakllarini yo‘lga qo‘yishni, tadbirkorlikni
faollashtirishni, individuallik va namunaviylikni kuchaytirishni talab
etadi. Bu vazifalarning birontasini iqtisodiy, moliyaviy tahlilsiz amalga
oshirib bo’lmaydi. Bu borada avvalo, boshqaruvning o’zini ham
takomillashtirish masalasiga alohida ahamiyat qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |