3.3. Uzun tolali chigitli paxtani quritish texnologiyasi
Uzun tolali chigitli paxta navlarini quritish usullari o‘rta tolali chigitli paxtani quritish texnologiyasiga o‘xshash boMib, ulami quritish 2СБ-10; СБТ quritkich barabanlari yordamida paxta tozalash zavodi yoki paxta tayyorlov maskanining quritish-tozalash sexlarida amalga oshiriladi. Uzun tolali paxtalami quritish tartibi 6- va 7-jadvallarda berilgan me’yoriy ko‘rsatkichlar asosida bajariladi. Quritish agenti hajmi 5+5,5 m3/c ish unumdoligi 4500+6000 kg/ soat bo‘lgan 2СБ-10 va СБТ quritish barabanlarini ishlash jarayoni quyidagi jadvalda berilgan.
Paxta tayyorlov maskanlarida quritish barabanlarini kerakli issiq havo bilan ta ’minlash uchun ТЖ -1,5, ТД va ТГ-1,5 issiqlik generatorlaridan foydalaniladi. Uzun tolali chigitli paxta I-II-I1I sanoat navlarini quritishda СБО rusumli quritkich barabanlaridan foydalanish ma’n etiladi. Faqat 2СБ-10 bo‘lmasa СБТ quritkichlarini ishlatish mumkin.
Uzun tolali chigitli paxtaning IV va V sanoat navlarining quritilishi quritish sexlarida o‘rta tolali chigitli paxtani quritish kabi olib boriladi. Quritish agenti hajmi 6,5—7,5 m3/s, ish unumdorhgi I—II sanoat navi uchun 6000 kg/soat; III sanoat navi uchun 4500 kg/soat bo‘lgan, СБТ quritish barabanining ishlash jarayoni esa quyidagi jadvalda berilgan.
3.4. O‘rta tolali chigitli paxtani tozalash texnologiyasi
Tozalash sexining asosiy vazifasi ishlab chiqarishga qo‘yilgan chigitli paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda, chigitli paxtadan mayda va yirik iflosliklami begona aralashmalami maksimal (to‘lig‘i bilan) ajratish, ya’ni tozalashdan iborat. Tozalangan chigitli paxtaning sifat ko‘rsatkichlari davlat standartiga muvofiq ko‘rsatilgan me’yoriy talablarga javob berishi asosiy maqsad bo‘lib qoladi. Paxta tozalash zavodlarida namligi 14 % gacha bo‘lgan chigitli paxtalami, quritish-tozalash sexlaridan o‘tkazmasdan to‘g‘ri tozalash sexlariga ishlab chiqarishga beriladi. Shu sababli, «Paxtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologiyasi» (ПДК.И 41-2002)ga muvofiq tozalash sexlarida ham paxtani quritish uskunalarini o‘rnatishga ruxsat etilgan. Paxtani quritish yoki quritish uskunalarining ishlash jarayoni, chigitli paxtaning sanoat va seleksion naviga, dastlabki namligiga, namlik olish miqdori hamda uskunalaming ish unumdorligiga bog‘liq. Tozalash sexida quritish jarayoni quyidagi jadvalga muvofiq tashkil qilinadi. Chigitli paxta iflosliklardan tozalanishiga qarab oddiy (normal) va qiyin tozalanadigan turlariga bo‘linadi. Qiyin tozalanuvchi turi — tola tarkibida nuqsonlarining ko'payishi hamda tolaga chiqindi va iflosliklarning yopishishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, qiyin tozalanadigan paxtaning ayrim seleksiya navlari tolasini ajratayotgan (jinlanayotgan) paytda yuqori namlikka ega bo'lib, keyinchalik bu hoi tolada maydalangan chigit va chigit qobig‘i aralashgan tola miqdorining ko'payishiga olib keladi. Hozirgi paytda Respublikada ishlab chiqarishga qo‘yilgan qiyin tozalanadigan seleksion naviga quyidagilar kiradi: «An-Bayovut2», «Namangan-7», «Omad», «С-6524», «С-6530», «С-6532», «Toshkent-б», «С-9070», «Termiz-24», «Termiz-31» va «Oqqo‘rg‘on-2».
Do'stlaringiz bilan baham: |