1-bob: metallarni kesib ishlash


KESISH REJIMI ELEMENTLARI



Download 391,5 Kb.
bet5/6
Sana23.02.2017
Hajmi391,5 Kb.
#3151
1   2   3   4   5   6

KESISH REJIMI ELEMENTLARI


Teshik parmalashda va teshikni parmalab kengaytirishda sodir bo’ladigan kesish sxemasi tasvirlangan.

S u r i sh s—parma bir marta to’la aylanganda o’z o’ki bo’ylab siljishi, mm/ayl xisobida. Parma bir vaktning o’zida ikkita kesuvchi qirrasi bilan ishlaganligi uchun xar bir kesuvchi qirrasiga to’gri keladigan surish kiymati kuyidagicha bo’ladi.

Kesib olinadigan qatlam kalinligi (a) — parma bir marta to’la aylanganda shu parma kesuvchi qirrasining ketma-ket keladigan ikki vaziyati orasidagi eng kichik masofa. Kesikning kalinligi parmaning kesuvchi qirrasiga perpendikulyar yo’nalishda o’lchanadi. khe uchburchakdan kesik kalinligi bitta - kesuvchi qirraga nisbatan kuyidagicha aniqlanadiz

Kesib olinadigan qatlamning eni (b) parmaning asosiy kesuvchi qirrasi uzunligiga baravar. tkp uchburchakdan kesikning eni parmaning bitta kesuvchi qirrasiga nisbatan (teshik parmalashda) kuyidagicha aniqlanadi:




Teshik parmalashda kesib olinadigan qatlam ko’ndalang kesimining ikkala kesuvchi qirraga to’gri keladigan yuzi kesish chuko’rligi bilan surish kiymati ko’paytmasiga teng:

teshikni parmalab kengaytirishda esa kuyidagicha bo’ladi;

Binobarin, teshik parmalashda kesib olinadigan qatlam ko’ndalang kesimining bitta kesuvchi qirraga to’gri keladigan yuzn kuyidagicha topiladi:

Kesish tezligi — kesuvchu qirraning parma o’kidan eng uzokdagi nuktasining aylana tezligi; u kuyidagicha topiladi:



bu erda D— parmaning sirtki diametri, mm xisobida; n— parmaning minutiga aylanishlar soni.

Vintsimon arikcha kiyalik burchagi ω ning 25—30° gacha ortishi bilan oldingi burchak γN ortadi, kesib olinayotgan qatlamning plastik deformatsiyalanishi kamayadi va parmaning oldingi yuzasi bo’ylab qirindi chikish protsessi osonlashadi, ω burchakning ortishi o’k bo’ylab yo’nalgan kuchning va burovchi momentning kamayishiga olib keladi.

Ko’ndalang qirra tigining uzunligi o’k bo’ylab yo’nalgan Pu kuchga katta ta`sir ko’rsatadi. Ko’ndalang qirra uzunligining ortishi bilan o’k bo’ylab yo’nalgan kuchning ortishi, burovchi momentning zsa juda oz o’zgarishi aniqlangan.

Ko’ndalang qirraning o’k bo’ylab yo’nalgan kuchga ko’rsatadigan ta`sirini kamaytirish uchun parmaning peremichkasi (o’zagi) charxlanadi.

P18 markali tezkesar po’latdan tayyorlangan peremichkasiz parma tasvirlangan, bu parmaning uchidagi burchaklari uch xil tarzda charxlangan: 2φ =116—118°, 70° va 50°. Parmaning peremichkasiga eni 3 mm va chuko’rligi 2 mm bo’lgan paz yo’niladi, bu esa qirindi xosil bo’lish protsessini osonlashtiradi. Parmaning bunday konstruktsiyasi o’k bo’ylab yo’nalgan kuchni, burovchi momentni, parmaning eyilnshini kamaytiradi va parmaning turgunligini 2—3 baravar oshiradi.

SHu narsa aniqlanganki, surish kiymatining ortishi bilan burovchi moment va o’k bo’ylab yo’nalgan kuch ortib boradi. Surish kiymatining o’zgarishi burovchi momentga o’k bo’ylab yo’nalgan kuchga ko’rsatadigan ta`siridan ko’ra kuchlirok ta`sir etadi.

PARMALARNING TURGUNLIGI VA KESISH TEZLIGI


Parmalashda kesish tezligi kuyidagi formuladan topiladi:

bu erda υ— kesish tezligi, m/min xisobida; Sυ — parmalanadigan materialga, parma materialiga, parmaning ish qismi geometriyasiga va parmalash sharoitiga (parmalash chuko’rligi, sovitilish-sovitilmasligi va boshkalarga) boglik o’zgarmas-koeffitsient; D—parmaning diametri, mm xisobida; K — parmalashning konkret sharoitini xisobga oluvchi koeffiiient:



bu erda KL , Ka , Kmss— parmalanayotgan teshik chuko’rligining napma diametriga, parma kesuvchi qismining ta`sirini xisobga oluvchi koeffitsientlar.

Po’lat va cho’yanni tezkesar po’latdan tayyorlangan parmalar bilan parmalashda daraja ko’rsatkichlarining va o’zgarmas koeffitsientning kiymatlari - jadvalda keltirilgan.

Parmalanadigan materialning fizik-mexaniqaviy xossalari. Po’latning mustaxkamlik chegarasi σv, cho’yanning esa qattiqligi NV qanchalik katta bo’lsa, parmalanadigan materialning mexaniq xossalari shunchalik yukori. Parmalanadigan material mexaniq xossalarining ortishi bilan parmalash ishining bajarilishi uchur xam, tsirindi ajralishi uchun xam shuncha ko’p energiya sarf bo’ladi, buning natijasida parmaning kesuvchi qismiga tushadigan nagruzka ortadi, ko’p mikdorda ajralib chikadigan issiklik esa parmani kizdiradi, bu xol kesuvchi asbobning tez eyilishiga sabab bo’ladi. Binobarin, parmaning xisoblash turgunligini saklab kolish uchun kesish tezligini pasaytirish zarur.



Parmalash chuko’rligi.

Parmalash chuko’rligining ortib borishi bilan kesish zonasidan qirindini chikarish va kesish zonasiga moylash-sovitish suyukligini qiritish kiyinlashadi, parmannng parmalanayotgan teshik yuzasiga ishkalanishi ortadi, parmaning ishlash sharoiti yomonlashadi. SHu sababli chuko’rligi (3—5) dan ortik teshiklar parmalashda (bu erda D — par-maning diametri, mm xisobida) chuko’r parmalash uchun ishlatiladigan maxsus parmalardan foydalanish tavsiya etiladi.



Parma kesuvchi qismining materiali. Parma materiali kesish tezligiga katta ta`sir ko’rsatadi. Parma kesuvchi qismining xar xil materiali uchun yo’l ko’yiladigan kesish tezligi ( ) formulaga Ka koeffitsient qiritish yo’li bilan xisobga olinadi.

Parmaning diametri. Parma diametrining ortib borishi bilan kesish tezligi oshadi. Buning sababi shuki, parmaning turgunligi va biqirligi shu parma massasining ortishi xisobiga ortib boradi, kesuvchi qirralardan issiklikning chikarilishi yaxshilanadi, kesish zonasiga sovitish suyukligining

Surish. Parmalashda ish unumini oshirish uchun imkoni boricha katta surish bilan ishlash ma`kul. Surish kiymatining oshirilishi kesik ko’ndalang kesimi yuzining ortishiga olib keladi, natijada parmaning eyilishi ortadi va ko’p issiklik ajralib chikadi, kesish kuchlari ortadi. Bundan tashkari, surish kiymati parmaning puxtaligiga va stanok mexa-nizmlarining (surish mexanizmining) mustaxkamligiga, parmaning turgunligi va SMAD sistemasining bikrligiga xam boglik. Binobarin, surish kiymatining ortishi bilan kesish tezligi pasayadi. Tezkesar po’latdan tayyorlangan parmalar uchun yo’l ko’yiladigan eng katta surish kiymati Smax kuyidagi formuladan xisoblab topiladi:

bu erda Smax — teshik parmalashda eng katta surish kiymati, mm/ayl xisobida; teshikni parmalab kengaytirishda surish kiymatini ikki baravar oshirish mumkin; D — parmaning diametri, mm xisobida.

Qattiq kotishma bilan ta`minlangan parmalarda Brinell bo’yicha qattiqligi 200 dan kam cho’yanlarni parmalashda Cs =0,1 kilib, Brinell bo’yicha qattiqligi 200 dan ortik cho’yanlarni parmalashda esa Cs =0,07 kilib olinadi. Uzgarmas koeffitsient Cs ning kiymatlari - jadvalda keltirilgan.

Buning sababi shuki, parmaning chekkasida kesish tezligi ko’ndalang qirra yonidagiga karaganda katta bo’ladi. CHo’yanni parmalashda parmaning burchaklari eyiladi. Parmaning yukorida aytib o’tilgan eyilish elementlaridan eng xavflisi burchaklarning va lentalarning eyilishidir. Parmaning burchaklar va lentalar bo’yicha eyilishi natijasida to’gri konus xosil bo’ladi, bu esa parmaning teshikka kadalib kolishiga va sinishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’idalang qirraning eyilishi, Ru kuchning ortib ketishiga sabab bo’ladi. Po’latni parmalashda parmaning ketingi yuzasi ko’prok eyiladi; tezkesar po’latdan tayyorlangan parmalar uchun eyilish kriteriysi hx =1—1,2 mm. CHo’yanni parmalashda parmaning burchaklari ko’p-rok eyiladi; o’tmaslanish kriteriysi hx =0,5—1,2 mm. CHo’yanni qattiq kotishmali parma bilan parmalashda eyilishning yo’l ko’yiladigan kiymati, parmaning diametriga qarab, hx = 0,4 - 1,3 mm bo’ladi.


Nazorat savollari:

  1. Parmalashda kesish chuko’rligi qanday xisoblanadi?

  2. Parmalashda kesish elementlarini sxema orkali ifodalang

  3. Parma utishining xisoblash uzunligini sxema orkali ifodalang

  4. Parmalashda kesish tezligi qanday xisoblanadi?

  5. Kesib olinadigan qatlam eni nimaga teng?

  6. Parmaning turganligi kesish tezligiga qanday ta`sir etadi?

  7. Parmalashning konkret sharoitini xisobga oluvchi koeffitsient kaysi formula bilan topiladi?

  8. Parma kesuvchi qismining materiali kesish tezligiga qanday ta`sir kiladi?

  9. Parmaning diametri kesish tezligiga qanday ta`sir kiladi?

Tayanch iboralari:

Parmalash, parma utishi, kesib olinadigan qatlam eni, parmaning turganligi.



12-BOB : ZENKERLASH, RAZVYORTKALASH.

  1. Zenkerlashda va razvyortkalashda kesish elementlari

  2. Zenkerlashda va razvyortrkalashda kesish rejimi elementlari

Foydalanilgan adabiyotlar:

Avagimov V.D. Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash stanoklar va asboblar. –T: O’qituvchi, 1971-b.62-81.



ZENKERLASHDA VA RAZVYORTKALASHDA KESISH PROTSESSI ELEMENTLARI

Zenkerlash zagotovkada oldin parmalangan yoki kuyish vaktida, shtamplashda yoki boshka usullar bilan xosil kilingan teshikning diametrini zenker yordamida kengaytirish pro-tsessidan iborat. Zenkerlash yo’li bilan to’gri geometrik rasmli va yuzasi juda toza teshiklar xosil kiladi.Zenker bilan ishlov berib, 3—4- va Ra=1,6 mkm tozalikdagi teshiklar xosil kilish mumkin. Parmalashda zenkerlash uchun teshikning xar tomonidan 0,5—3 mm ko’yim koldiriladi. 3enker elementlari. Zenker o’z rasmiga ko’ra spiral parmaga o’xshaydi, ammo unda asosiy kesuvchi qirra ikkita emas, balki uchta yoki to’rtta bo’ladi.

R9 va P18 markali tezkesar po’latdan tayyorlangan zenkerlarda plandagi asosiy burchagi φ =45—60°, T15K6 va VK8 markali qattiq kotishma plastinkalari kavsharlangan zenkerlarda esa φ =60—75° bo’ladi. Zenkernkng kesuvchi qismi kesish protsessida ishtirok etadi, tsilindrik qismi esa tishlardagi faskalar (lentalar) yordamida zenkerning teshikda to’gri bo- rishini va teshikka aniq ishlov berilishini ta`minlaydi. Zenkerda ko’ndalang qirra bo’lmaydi. bu esa zenkerning ishlash sharoitini yaxshilaydi.

Zenker stanok shpindeliga yoki patronga kuyrugi bilan maxkamlanadi. Diametri 35 mm gacha bo’lgan teshiklar uchun mo’ljallangan zenkerlar yaxlit kilib ( -rasm.), diametri 24 dan 100 mm gacha bo’lgan teshiklar zenkerlash uchun (ishlatiladigan zenkerlar esa ko’yma tishli kilib tayyorlanadi. Qattiq kotishma plastinkalari bilan ta`-minlangan zenkerlar o’z konstruktsiyasi jixatidan olganda, yaxlit va ko’yma tishli bo’lishi mumkin.

Po’lat zagotovkalarga parmalangan teshiklarni zenkerlash uchun zenkerning tishlari T15K6 markali qattiq kotishmadan, cho’yanni zenkerlash uchun esa VK8 markali qattiq kotishmadan tayyorlanadi.

Zenkerning oldiigi burchagi γ kesuvchi qirraga tik bo’lgan asosiy kesuvchi tekislik NN da o’lchanadi. Oldingi burchak kiymati zenkerlanadigan materialning xossalariga qarab tanlab olinadi. Tezkesar po’latdan tayyorlangan zenkerlarda po’lat zagotovkalardagi teshiklarni zenkerlash uchun γ =8—15° kilib, cho’yandagi teshiklarni zenkerlash uchun γ =0—8° kilib, rangdor metallardagi teshiklarni zenkerlash uchun esa γ =25—30° kilib olinadi; qattiq kotishma plastinkalari kavsharlangan zenkerlarda po’lat zagotovkalardagi teshiklarni zekkerlash uchun γ burchak — 5 dan 0° gacha, cho’yan zagotovkalardagi teshiklarni zenkerlash uchun esa γ = 0—5° kilib olinadi.

Kesuvchi qirraning kiyalik burchagi λ asosiy kesuvchi qirra bilan tish uchidan o’tuvchi o’k bo’ylab yo’nalgan tekislik orasidagi burchak bo’lib, po’lat va cho’yandagi teshiklarni zenkerlash uchun 0 dan +5° gacha kilib olinadi.

Zenkerlar, odatda, oldingi va ketingi yuzalaridan, burchaklari va lentalaridan eyiladi. Tezkesar po’latdan yasalgan zenkerlarning eyilish kriteriysi sifatida po’lat zagotovkalardagi teshiklarni zenkerlashda ketingi yuzasining eyilishi kabo’l kilinadi; bu eyilish, zenkerlanadigan materialning sifatiga va zenkerning diametriga qarab, hK = 0,4—1,5 mm bo’ladi. Qattiq kotishma bilan ta`minlangan zenkerlar uchun ketingi yuzasining lenta oldidagi eyilishi hK =0,6—1,6 mm bo’ladi.

Pazvyortkalash — teshikni aniq uzil-kesil o’lchamlarga keltirish uchun razvyortka yordamida teshik yuzasidan yupka qirindi kesib olish protsessi. Teshikni razvyortkalash aniqligi 2- klassga, razvyortkalangan yuzaning tozaligi esa 7—9- klasga to’gri keladi. Xomaki razvyortkalash uchun diametrga 0,15—0,5 mm, tozalab razvyortkalash uchun esa diametrga 0,05— 0,25 mm ko’yim koldiriladi. Razvyortkalar, ko’pincha, uglerodli asbobsozlik po’latidan (U10A va U12A markali yo’latlardan), legirlangan asbobsozlik po’latidan (9XS markali po’latdan) va tezkesar po’lat (R9) dan, shuningdek, T15K6 va VK8 markali qattiq kotishmalardan tayyorlanadi.

Razvyortqaning ish qismi kuyidagi elementlardan: uchidagi burchagi 90° bo’lgan yo’naltiruvchi konusdan, kesuvchi qism, kalibrlovchi qism va teskari konusdan iborat. Razvyortqaning kesuvchi qismi asosiy kesish ishini bajaradi. Plandagi φ burchak konus kesuvchi qismining yasovchisi bilan surish yo’nalishi orasidagi burchak bo’lib, kesuvchi konus burchagi 2 φ ni tashkil etadi. Plandagi φ burchakning kiymati razvyortkalashdan ko’zda tuti-ladigan maksadga qarab tanlanadi.

Xar xil materiallardan tayyorlangan zagotovkalardagi berk teshiklarni razvyortkalashda dastaki razvyortkalar uchun φ =45°, mashina razvyortkalari uchun esa φ =60°bo’ladi. Razvyortqaning kalibrlovchi qismi kesish protsessida va teshikning o’lchamini talab etnlgan darajaga etkazishda razvyortqani yo’naltirish uchun xizmat kiladi. Teskari konus razvyortka tsilindrik qismining ravzyortkalanayotgan teshik yuzasiga ishkalanishini kamaytirish va teshikning buzilishiga yo’l ko’ymaslik uchun kilikadi. Dastaki razvyortkalarda konusning bo’yin oldidagi diametri kalibrlovchi qismi diametridan 0,005—0,008 mm kam, mashina razvyortkalarida esa 0,03—0,06 mm kam bo’ladi.

. Razvyortqaning kesib olinadigan qirindi chikadigan arikchalari, ko’pincha, to’rri bo’ladi. Ammo razvyortkalash tozaligini oshirish, shuningdek, shponka yoki shlitsa pazlari bo’lgan teshiklar uchun vintsimon arikchali razvyortkalar ishlatiladi. Vintsimon arikchalar kiyaligi razvyortqaning aylanish yo’nalishiga teskari bo’lishi kerak. Razvyortkalanayotgan teshik devorlari qirrali bo’lib kolmasligi uchun va razvyortkalangan yuzaning tozaligi yukori bo’lishi uchun razvyortka tishlari orasidagi kadamni aylana bo’iicha o’zgartirish tavsnya etiladi. Masalan, sakkiz tishli razvyortka uchun tishlar orasidagi burchak -rasmda keltirilgan (ω1 =42°, ω2 =44°, ω3 =46° va ω4 =48°).

Razvyortka tishlarining soni. Razvyortqaning ish qismida kesuvchi tishlar soni, razvyortqaning diametri va qanday materiallarni ishlashiga qarab, 6 ta va undan ortik bo’ladi. Razvyortka tishlarining soni kuyidagi formulalar yordamida taxminan xisoblab topiladi: mo’rt metallar (cho’yan, bronza) va yukori aniqlikdagi razvyortkalar uchun

kovushok materiallar (pulat, sxemasi mis) uchun



Razvyortkalarning eyilishi. Razvyortkalar ketingi yuzasidan, kesuvchi qismining kalibrlovchi qismiga o’tish joylaridan, lentalarining burchaklaridan eyiladi. Razvyortqaning o’lchamlarning dopusklar chegarasidagi aniqligini va razvyortkalangan yuzalarning yukori darajada toza bo’lishini ta`minlashi kerakligi xisobga olinib, ketingi yuzasidan eyilish kriteriysi sifatida tezkesar po’latdan tayyorlangan raz-vyortkalar uchun hK = 0,6—0,8 mm, qattiq kotishmalar bilan ta`minlangan razvyortkalar uchun esa hK =0,4—0,7 mm kabo’l kilinadi.



ZENKERLASHDA VA RAZVYORTKALASHDA KESISH REJIMI ELEMENTLARI

Zenkerlashda va razvyortkalashda kesish rejimini belgilovchi asosiy elementlar kuyidagilardir:

Zenkerda xam, xuddi razvyortkadagy kabi, bir nechta kesuvchi tish bo’ladi, bunda xar bir kesuvchi tishga to’gri keladigan surish kiymati kuyidagi ifodadan topiladi:

bunda sz— bir kesuvchi tishga to’gri keladigan surish kiymati, mm/ayl xisobida; z — asbob kesuvchi qirralarining soni.

Kesik kalinligi. Zenker (razvyortka)ning xar bir kesuvchi qirrasi yo’nadigan kesikning kalinligi kuyidagicha aniqlanadi:

bu erda α — kesib olinadigan qirindining kalinligi, mm xisobida;

φ — zenker (razvyortka) kesuvchi qirrasining plandagi asosiy burchagi.

Kesish tezligi. Zenkerlashda (razvyortkalashda) kesish tezligi kesuvchi asbobning minutiga aylanishlar soni bilan kuyidagi munosabat orkali boglangan:



bunda D—zenkerning (razvyortqaning) diametri, mm xisobida;

n — kesuvchi asbobning minutiga aylanishlar soni.

Zenkerlashda (razvyortkalashda) asosiy texnologik vakt kuyidagi formuladan xisoblab topiladi:



bunda LXIS—zenker (razvyortka) o’tgan yo’lining xisoblash uzunligi, mm xisobida; L — zenkerlash (razvyortkalash) chuko’rligi, mm xisobida; Lo’k —zenker (razvyortka)ning o’tib ketish yo’li uzunligi, bu uzunlik 1 dan 3 mm gacha teng kilib olinadi; Lb — asbobning kesib qirish (botish) yo’li, mm xisobida; bu yo’l kuyidagicha aniqlanadi:



bunda φ — plandagi asosiy burchak.

Zenkerlashda va razvyortkalashda kesish kuchi va burovchi moment. Zenkerning yoki razvyortqaning asosiy kesuvchi qirrasiga ko’yilgan teng ta`sir etuvchini (kesishga ko’rsatiladigan karshilik kuchlarining teng ta`sir etuvchisini), xuddi parmalashda bo’lgani kabi, tashkil etuvchi Rz, Ru va Rx kuchlarga ajratish mumkin. Tangentsial Pz kuchlar burovchi moment M xosil kiladi, bu momentni stanokning asociy xarakat mexanizmi engadi. Radial Ru kuchlar o’zaro muvozanatlashadi. Zenker yoki razvyortqaning o’ki bo’ylab yo’nalgan Rx kuchlar yigindisi o’k bo’ylab yo’nalgan Ry. kuchni xosil kiladi.

Uglerodli asbobsozlik po’latidan tayyorlangan zenkerlar va razvyortkalar uchun koeffitsientlarning xamda daraja ko’rsatkichlarining kinmatlari - jadvalda keltirilgan.

Zenkerlar va razvyortkalar uchun o’zgarmas koeffitsientlarning va daraja ko’rsatkichlarining kiymatlari maxsus spravochniklarda va kesish rejimlari kormativlarida batafsil berilgan bo’ladi.

Nazorat savollari:


  1. Zenkerlash degani nima?

  2. Zenker elementlarini va qismlarini sxema orkali ifodalang

  3. Razvyortkalar nima uchun ishlatiladi?

  4. Razvyortka elementlarining va qismlarini sxema orkali ifodalang.

  5. Razvyortkalarning eyilish jarayonini tzoxlab bering.

  6. Zenkerlashda (razvyortkalashda) kesish chuko’rligi qanday xisoblanadi?

  7. Zenkerlashda (razvyortkalashda) kesish tezligi qanday xisoblanadi?

  8. Zenkerlashda (razvyortkalashda) asosiy texnologik vakt qanday xisoblanadi?

  9. Zenkerlashda (razvyortkalashda) kesish kuchi qanday xisoblanadi?

  10. Zenkerlashda (razvyortkalashda) burovchi moment qanday xisoblanadi?


Tayanch iboralari:

Zenkerlash, razvertkalarning eyilishi, kesish chuko’rligi, kesish tezligi, asosiy texnologik vakt, kesish kuchi, burovchi moment.


13-BOB : PROTYAJKALASH(SIDIRISH)

  1. Protyajkalash va protyajkalashda kesish jarayoni elementlari.

  2. Protyajkalarning konstruktiv elementlari va ularning geometrik parametrlari

Foydalanilgan adabiyotlar:

Avagimov V.D. Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash stanoklar va asboblar. –T: O’qituvchi, 1971-b.331-324.


PROTYAJKALASH VA PROTYAJKALASHDA KESISH PROTSESSI ELEMENTLARI

Kesib ishlashning yukori unumli usuli bo’lgan protyajkalashdan seriyalab va ko’plab ishlab chikarishda rasmi jixatidan xilma-xil bo’lgan ochik teshiklarga ishlov berishda , sirtki yuzalarni ishlashda , shuningdek, aylanish jismlariga ishlov berishda foydalaniladi.

Protyajkalash usuli yukori unumli bo’libgina kolmasdan, u yukori tozalikdagi va aniqlikdagi yuzalar xosil kilishga xam imkoniyat tugdiradi. Protyajkalash usuli yuzalarni sakkizinchi va xatto to’kkizinchi klassga to’gri keladigan tozalik va 2—3- klassga to’gri keladigan aniqlik bilan ishlashga imkon beradi.

Protyajkalashda ishlatiladigan kesuvchi asbob protyajka deb ataladi. Protyajka kup tigli kesuvchi asbob bo’lib, unda xar bir navbatdagi tish o’zidan oldingi tishdan kesib olinadigan qatlam kalinligicha (surish sz kiymaticha) baland turadi Protyajka o’zining tashki ko’rinishi jixatidan sterjen yoki reykaga o’xshaydi. Protyajkalashdan oldin zago-tovka teshigi parmalanadi, zenkerlanadi yoki yo’nib kengaytiriladi; sirtki yuzalar oldindan tayyorgarliksiz protyajkalanadi.



Protyajkalashda kesish sxemasi. Protyajkalashda kesish sxemasi deganda protyajka tishlarining ko’yimni birin-ketin kesib olishi va buning natijasida zagotovka pro-filini o’zgartirishi tushuniladi. Protyajkalarning konstruktsiyasi zagotovqaning ishlov berilishi kerak bo’lgan yuzasining xolatiga, zagotovqaning ishlov beriladigan yuzasi rasmiga va uning aniqligi xamda o’lchamlariga qarab tanlab olinadi, Protyajkalashning kuyidagi sxemalaridan: profilli sxemasi, generatorli sxemasi va progressiv sxemasidan foydalaniladi .

Bu sxemaning kamchiligi profilli protyajkalar tayyorlashning, tishlar kesuvchi qirralarini rasmdor kilib charxlashning kiyinligidir; protyajka tishlarining kesuvchi qirralari kesib oladigan material qatlami enining katta bo’lishi katta kesish kuchi xosil bo’lishiga olib keladi, bu esa kesuvchi asbobning sinishiga sabab bo’lishi mumkin.

Kesishning generatorli sxemasi shundan iboratki, protyajqaning xar bir kesuvchi tishi ishlov berilayotgan yuzada rasm. xosil kilishda ishtirok etadi. Profilning aniq chikishini ta`minlash uchun protyajqaning kesuvchi oxirgi tishlari protyajkalangandan keyin xosil bo’ladigan yuzaning to’la profiliga ega bo’ladi. Bunday protyajkalar konstruktsiyasining va charxlanishining oddiy eqanligi genera-torli sxemadan kvadrat, doiraviy, shlitsali va boshka protyajkalar tayyorlashda keng ko’lamda foydalanishga imkon beradi.

Kesishning progressiv sxemasi. shundan iboratki, protyajqaning xar bir tishi metall qatlamini perimetrning bir qismidangina kesib oladi, metallning kolgan qatlamini navbatdagi tishlar kesib oladi. Protyajkalashning progressiv sxemasida protyajqaning tishi ensiz va kalin qirindp kesib oladi Kesishning progressiv sxemasi asosida protyajkalash usuli sirti kobikli zagotovkalarni (kuyma, pokovkalarni), shuningdek, katta o’lchamli teshiklarni ishlashda keng ko’lamda ko’llaniladi. Progressiv protyajkalarning kamchiligi shundan iboratki, bunday protyajkalar tayyorlash ancha kiyin.

Xar kaysi sxemaning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olib, turli kiyofadagi detallar ishlashda aralash protyajkalash usulidan foydalaniladi. Bunda protyajkalash protsessi bir sxema asosida emas, balki ikki yoki uch sxema asosida amalga oshiriladi (masalan, kesishning ikki sxemasi — generatorli sxemasi bilan profilli sxemasi birga ko’shiladi).


Download 391,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish