Tayanch iboralari:
Zenkerlash, razvertkalarning eyilishi, kesish chuko’rligi, kesish tezligi, asosiy texnologik vakt, kesish kuchi, burovchi moment.
13-BOB : PROTYAJKALASH(SIDIRISH)
Protyajkalash va protyajkalashda kesish jarayoni elementlari.
Protyajkalarning konstruktiv elementlari va ularning geometrik parametrlari
Foydalanilgan adabiyotlar:
Avagimov V.D. Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash stanoklar va asboblar. –T: O’qituvchi, 1971-b.331-324.
PROTYAJKALASH VA PROTYAJKALASHDA KESISH PROTSESSI ELEMENTLARI
Kesib ishlashning yukori unumli usuli bo’lgan protyajkalashdan seriyalab va ko’plab ishlab chikarishda rasmi jixatidan xilma-xil bo’lgan ochik teshiklarga ishlov berishda , sirtki yuzalarni ishlashda , shuningdek, aylanish jismlariga ishlov berishda foydalaniladi.
Protyajkalash usuli yukori unumli bo’libgina kolmasdan, u yukori tozalikdagi va aniqlikdagi yuzalar xosil kilishga xam imkoniyat tugdiradi. Protyajkalash usuli yuzalarni sakkizinchi va xatto to’kkizinchi klassga to’gri keladigan tozalik va 2—3- klassga to’gri keladigan aniqlik bilan ishlashga imkon beradi.
Protyajkalashda ishlatiladigan kesuvchi asbob protyajka deb ataladi. Protyajka kup tigli kesuvchi asbob bo’lib, unda xar bir navbatdagi tish o’zidan oldingi tishdan kesib olinadigan qatlam kalinligicha (surish sz kiymaticha) baland turadi Protyajka o’zining tashki ko’rinishi jixatidan sterjen yoki reykaga o’xshaydi. Protyajkalashdan oldin zago-tovka teshigi parmalanadi, zenkerlanadi yoki yo’nib kengaytiriladi; sirtki yuzalar oldindan tayyorgarliksiz protyajkalanadi.
Protyajkalashda kesish sxemasi. Protyajkalashda kesish sxemasi deganda protyajka tishlarining ko’yimni birin-ketin kesib olishi va buning natijasida zagotovka pro-filini o’zgartirishi tushuniladi. Protyajkalarning konstruktsiyasi zagotovqaning ishlov berilishi kerak bo’lgan yuzasining xolatiga, zagotovqaning ishlov beriladigan yuzasi rasmiga va uning aniqligi xamda o’lchamlariga qarab tanlab olinadi, Protyajkalashning kuyidagi sxemalaridan: profilli sxemasi, generatorli sxemasi va progressiv sxemasidan foydalaniladi .
Bu sxemaning kamchiligi profilli protyajkalar tayyorlashning, tishlar kesuvchi qirralarini rasmdor kilib charxlashning kiyinligidir; protyajka tishlarining kesuvchi qirralari kesib oladigan material qatlami enining katta bo’lishi katta kesish kuchi xosil bo’lishiga olib keladi, bu esa kesuvchi asbobning sinishiga sabab bo’lishi mumkin.
Kesishning generatorli sxemasi shundan iboratki, protyajqaning xar bir kesuvchi tishi ishlov berilayotgan yuzada rasm. xosil kilishda ishtirok etadi. Profilning aniq chikishini ta`minlash uchun protyajqaning kesuvchi oxirgi tishlari protyajkalangandan keyin xosil bo’ladigan yuzaning to’la profiliga ega bo’ladi. Bunday protyajkalar konstruktsiyasining va charxlanishining oddiy eqanligi genera-torli sxemadan kvadrat, doiraviy, shlitsali va boshka protyajkalar tayyorlashda keng ko’lamda foydalanishga imkon beradi.
Kesishning progressiv sxemasi. shundan iboratki, protyajqaning xar bir tishi metall qatlamini perimetrning bir qismidangina kesib oladi, metallning kolgan qatlamini navbatdagi tishlar kesib oladi. Protyajkalashning progressiv sxemasida protyajqaning tishi ensiz va kalin qirindp kesib oladi Kesishning progressiv sxemasi asosida protyajkalash usuli sirti kobikli zagotovkalarni (kuyma, pokovkalarni), shuningdek, katta o’lchamli teshiklarni ishlashda keng ko’lamda ko’llaniladi. Progressiv protyajkalarning kamchiligi shundan iboratki, bunday protyajkalar tayyorlash ancha kiyin.
Xar kaysi sxemaning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olib, turli kiyofadagi detallar ishlashda aralash protyajkalash usulidan foydalaniladi. Bunda protyajkalash protsessi bir sxema asosida emas, balki ikki yoki uch sxema asosida amalga oshiriladi (masalan, kesishning ikki sxemasi — generatorli sxemasi bilan profilli sxemasi birga ko’shiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |