1-bob menejerlar va menejment


Menejerning ishi universalmi?



Download 1,01 Mb.
bet7/12
Sana24.03.2022
Hajmi1,01 Mb.
#508063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu maruza matni ozbek tilida

Menejerning ishi universalmi?
Hozirgacha biz menejerning ishini umumiy faoliyat kabi muhokama qildik. Ya'ni, menejer qayerda bo'lishidan qat'i nazar, menejer hisoblanadi. Agar menejment haqiqatan ham umumiy faoliyat bo'lsa, u holda menejerning qiladigan ishi, xoh u xo'jalik firmasida yoki davlat idorasida bo’lsin, xoh u yuqori darajadagi rahbar yoki birinchi darajali nazoratchi bo’lsin; xoh u yirik korporatsiya yoki kichik biznesda bo’lsin; xoh u Parij, Texas yoki Parij, Fransiyada joylashgan bo'lsin, bulardan qat'i nazar, bir xil bo'lishi kerak. Bu shundaymi? Keling, umumiylik masalasini batafsil ko'rib chiqaylik.
TASHKILOTDAGI DARAJA. Garchi Aetnadagi shikoyatlar bo'limining supervayzeri Aetna prezidenti bajaradigan ishlarni aynan bir xil qilmasligi mumkin bo'lsa-da, bu ularning ishlari tabiatan farq qiladi degani emas. Farqlar daraja va urg’u berilayotgan masalada, lekin faoliyatda emas.
Menejerlar tashkilotda yuqoriga ko'tarilganda, ular ko'proq rejalashtirish va boshqalarni kamroq nazorat qiladi. (1–6-rasmlarga qarang.) Barcha menejerlar, darajasidan qat'i nazar, qaror qabul qilishadi.
Ular faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, yo’naltirish (leading) va nazorat qilish bilan shug'ullanadilar, lekin ular har bir faoliyatga ajratadigan vaqt miqdori doimiy bo'lishi shart emas. Bundan tashqari, boshqaruv faoliyatining mazmuni menejer darajasiga qarab o'zgaradi. Masalan, biz 6-bobda ko'rsatib o'tadiganimizdek, top-menejerlar tashkilotning umumiy tuzilishini loyihalash bilan shug'ullanadilar, quyi bo'g'in menejerlari esa alohida shaxslar va ishchi guruhlarning ish joylarini loyihalashtirishga e'tibor qaratadilar.

TIJORAT VA NO TIJORAT TASHKILOTLARIDA MENEJERLAR FAOLIYATI BIR XIL BO’LADIMI? AQSh pochta xizmati, Memorial Sloan-Kettering saraton markazi yoki Qizil yarim oy jamiyatida ishlaydigan menejer Amazon yoki Symantec menejerlari qiladigan ishlarni qiladimi? Ya'ni, menejerning ishi tijorat va notijorat tashkilotlarida bir xilmi? Javob, ko'pincha, ha. Barcha menejerlar qarorlar qabul qiladilar, maqsadlar qo'yadilar, samarali tashkiliy tuzilmalarni yaratadilar, xodimlarni yollaydilar va rag'batlantiradilar, o'z tashkilotining mavjudligi uchun qonuniylikni ta'minlaydilar va dasturlarni amalga oshirish uchun ichki siyosiy qo’llab –quvvatlashni ishlab chiqadilar. Albatta, ikkalasi o'rtasidagi eng muhim farq - bu ishlashning qanday o'lchanishi. Foyda biznes tashkiloti samaradorligining (effectiveness) aniq ko'rsatkichidir. Notijorat tashkilotlarda bunday universal o'lchov mavjud emas, bu esa faoliyat samaradorligini o'lchashni qiyinlashtiradi. Ammo bu farqni ushbu tashkilotlardagi menejerlar o'z operatsiyalarining moliyaviy tomonini e'tiborsiz qoldirishlari mumkin degan ma'noni anglatmaydi. Hatto notijorat tashkilotlar ham faoliyatini davom ettirish uchun pul ishlashlari kerak. Shunchaki, notijorat tashkilotlarda "egalari" uchun "foyda olish" asosiy maqsad emas.
TASHKILOTNING KATTA-KICHIKLIGI. 12 kishi ishlaydigan mahalliy bosmaxona menejerining ishi Vashington Tayms uchun 1200 kishilik bosmaxonani boshqaradigan menejerning ishidan farq qiladi deb o’ylaysizmi? Bu savolga kichik biznesdagi menejerlarning ish joylarini ko'rib chiqish va ularni menejerlik rollari haqidagi oldingi muhokamamiz bilan solishtirish orqali eng yaxshi javob beriladi. Biroq, birinchi navbatda, kichik biznes nima ekanligini bilib olaylik.
Kichik biznesning umumiy kelishilgan ta'rifi mavjud emas, chunki kichik biznesni aniqlash uchun turli mezonlar qo'llaniladi. Masalan, xodimlar soni, yillik sotuvlar yoki umumiy aktivlar kabi mezonlardan foydalangan holda tashkilotni kichik biznes deb tasniflash mumkin. Bizning maqsadlarimiz uchun biz kichik biznesni 500 dan kam xodimga ega bo'lgan, har qanday yangi yoki innovatsion amaliyot bilan shug'ullanishi shart bo'lmagan va faoliyat yuritayotgan sanoatiga nisbatan kam ta'sir ko'rsatadigan mustaqil biznes sifatida ta'riflaymiz. Demak, kichik biznesni boshqarish katta biznesni boshqarishdan farq qiladimi? Ba'zi farqlar mavjud ko'rinadi. 1-7-rasmda ko'rsatilganidek, kichik biznes menejerining eng muhim roli tashqi muhitga o’z biznesi haqidagi ma’lumotlarni yetkazishga masulligidir. U mijozlar bilan uchrashish, bankirlar bilan moliyalashtirishni tashkil qilish, yangi imkoniyatlar izlash va o'zgarishlarga undash kabi tashqi ko'rinishga qaratilgan harakatlarni bajarish uchun ko'p vaqt sarflaydi. Bundan farqli o'laroq, katta tashkilotda menejerning eng muhim masuliyati ichki muhitga yo'naltirilgan - qaysi tashkiliy bo'linmalar mavjud resurslarni va ularning qancha qismini olishini hal qilish. Shunga ko'ra, tadbirkorlik roli - biznes imkoniyatlarini izlash va samaradorlikni oshirish bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish - yirik firmalar rahbarlari uchun, ayniqsa birinchi va o'rta bo'g'in menejerlari uchun unchalik muhim emas.
Katta tashkilotdagi menejer bilan solishtirganda, kichik biznes menejeri umumiy mutaxassis bo'lish ehtimoli ko'proq. Uning ishi yirik korporatsiyaning bosh direktori faoliyatini birinchi darajali rahbar tomonidan amalga oshiriladigan ko'plab kundalik faoliyat bilan birlashtiradi. Bundan tashqari, katta tashkilotdagi menejer ishini tavsiflovchi tuzilma va rasmiyatchilik kichik firmalarda norasmiylikka o'rnini bo’shatadi. Rejalashtirish ehtiyotkorlik bilan tashkil etilgan bo'lish ehtimoli kamroq. Tashkilotning dizayni unchalik murakkab tuzilmagan bo'ladi va kichik biznesda nazorat kompyuterlashtirilgan monitoring tizimlariga qaraganda ko'proq bevosita kuzatishga tayanadi. Shunga qaramay, tashkilot darajasida bo'lgani kabi, biz daraja va urg’u berilish masalasi farqlarni ko'ramiz, lekin menejerlar bajaradigan faoliyatda farq yo’q.
Kichik va yirik tashkilotlardagi menejerlar deyarli bir xil faoliyatni amalga oshiradilar, ammo bu faoliyatni qanday bajarishlari va ularning har biriga sarflagan vaqt nisbati har xil.

BOSHQARUV TUSHUNCHALARI VA MILLIY CHEGARLAR. Oxirgi umumiy masalalar boshqaruv kontseptsiyalarining milliy chegaralar uzra o'tkazilishi mumkinligi bilan bog'liq. Agar boshqaruv kontseptsiyalari butunlay umumiy bo'lganida edi, ular iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy yoki madaniy farqlardan qat'i nazar, dunyoning istalgan mamlakatida universal tarzda qo'llanilardi. Mamlakatlar o'rtasidagi boshqaruv amaliyotini taqqoslagan tadqiqotlar menejment tushunchalarining universalligini umuman qo'llab-quvvatlamadi. 3-bobda biz mamlakatlar o'rtasidagi ba'zi bir farqlarni ko'rib chiqamiz va ularning boshqaruvga ta'sirini tasvirlaymiz. Shu o‘rinda, keyingi boblarda muhokama qilingan tushunchalarning aksariyati birinchi navbatda Qo‘shma Shtatlar, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va boshqa ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarga tegishli ekanligini tushunishingiz muhim. Menejerlar Hindiston, Xitoy, Chili yoki iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy yoki madaniy muhiti erkin bozor demokratiyasi deb ataladigan davlatlarnikidan farq qiladigan boshqa mamlakatlarda qo'llamoqchi bo'lsalar, ushbu tushunchalarni o'zgartirishlari kerak bo'ladi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish